Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
889 subscribers
8.14K photos
862 videos
49 files
1.84K links
Download Telegram
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktab
#ochiq_eshiklar_kuni

📣 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Ochiq eshiklar" kuni bo'lib o'tdi.

🔷O‘tkazilgan tadbirlarda viloyatimizning barcha tuman va shahrarlari bilan bir qatorda qo‘shni Farg‘ona va Namangan viloyatlatidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining hayoti bilan yaqindan tanishish bilan birga o‘tgan o‘quv yilida erishilgan natijalar, ta'lim tizimi va o'qitish metodikasi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yotoqxona va turli to‘garak mashg‘ulotlari haqida yetarlicha ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mahorat_darsi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʻzosi, shoira Xurshida Vahobjon qizi tomonidan belgilangan rejaga asosan mahorat darsi o'tildi.

"Badiiy asar asosida taassurot yozish" mavzusida o'tkazilgan mahorat darsida dastlab o'quchilarning 
o'zlari sevib o'qigan asarlari haqidagi taassurotlari tinglandi.

Oʻzbek hikoyachiligining yorqin namunalaridan bo'lgan, Qamchibek Kenja  qalamiga mansub "Baliq ovi" hikoyasi o'qildi va tahlil etildi. O'quvchilar asar borasidagi tassurotlarini  bayon etdilar. Ularga  fikr-mulohazalar bildirildi.

Darsda "Muhammad Yusuf izdoshlari" ijodiy to'garagi a'zolari ishtirok etdilar.
Dars davomida faol o'quvchilarga "Birinchi kitobim" loyihasida chop etilgan kitoblar sovg'a qilindi.
O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.


Darsda maktab direktori  Sh.Nurmatova ishtirok etdi
.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktab
#ochiq_eshiklar_kuni

📣 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Ochiq eshiklar" kuni bo'lib o'tdi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Botu ijodiy va ijtimoiy faoliyatiga chizgilar

O’zbek xalqining iste’dodli shoiri va jamoat arbobi Botu tavalludining 120 yilligini munosib nishonlash, hayoti va faoliyatini yaqindan o’rganish hamda keng targ’ib qilish maqsadida “Botu ijodiy va ijtimoiy faoliyatiga chizgilar” mavzusida Bobur nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda davra suhbat o’tkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan tarbiyachi - pedagog Xilolaxon Akramova shoirning ijodi haqida gapirib, xalqning sof vijdonli farzandlari xotirasini abadiylashtirish, ularning xalq va vatan manfaatlari yo’lida kechgan hayotlarini o’rganish, adabiy va ilmiy meroslarini xalqqa yetkazish barchamizning vazifamiz ekanligini uqtirdi. O’quvchilarga taniqli adib Naim Karimovning “Botu” kitobi o’qishga tavsiya etildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida pedagog-murabbiylar oʻrtasida "Zakovat" intellektual musobaqasi oʻtkazildi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Qashqadaryo viloyat Gidrometeorologiya boshqarmasi faoliyati bilan
tanishdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari ishtirokida uchrashuv
bo’lib o’tdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi pedagoglari Abdulhamid Cho‘lpon jamoat fondining "Abdulhamid Cho‘lpon" esdalik nishoni bilan
taqdirlandi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Asror Mo‘min tavalludining 70 yilligi munosabati bilan adabiy kecha
o‘tkazildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminariga
yoʻllanma oldi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yosh hamshiralar" koʻrik-tanlovi
oʻtkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti vakillari bilan uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

Qumqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Termiz muhandislik-texnologiya instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ota-onalar uchun "Zakovat" intellektual musobaqasi
tashkil etildi.

Qo‘qon shahridagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabiga Adliya vazirligi rahbariyati
tashrif buyurdi.

Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari "Sharda University" fan olimpiadasida
gʻolib boʻldi.

Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtidorli talabalari bilan muloqot
tashkil etildi.

Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Biz baxtli oilamiz" mavzusida rasmlar tanlovi
oʻtkazildi.

Parkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi xalqaro taʼlim grantini qoʻlga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM