Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
887 subscribers
8.54K photos
881 videos
50 files
1.87K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Sizga qaysi biri qiziq!

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklarning qaysi biri sizga ko‘proq yoqadi.
Anonymous Poll
23%
Veb dizayn
25%
Kompyuter grafikasi
27%
Tasviriy va raqamli san'at
26%
Robototexnika
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat-e’tibor hamisha diqqat markazimizdadir.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biri sanaladi. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha jonajon xalqimizning ardog‘idadir.

Xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-u saodat arimasin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Sizga qaysi biri qiziq!

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib yo‘lga qo‘yilgan qo‘shimcha to‘garaklarning qaysi biri sizga ko‘proq yoqadi.
Anonymous Poll
15%
Yosh kitobxon
43%
Aql charxi (shahmat)
29%
Zakovat
13%
Fan to‘garaklari
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktab
#ochiq_eshiklar_kuni

📣 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 2024 yil 15 may kuni "Ochiq eshiklar" kuni bo'lib o'tadi.

🔹 Unda siz ijod maktabining hayoti bilan yaqindan tanishishingiz mumkin. Shu bilan birga:
O‘tgan o‘quv yilida erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan xisobot yig‘ilishi
Ijod maktabidagi ta'lim tizimi va o'qitish metodikasi
O'quvchilar uchun ta'lim muassasasida va o‘quvchilar yotoqxonasida yaratilgan shart-sharoitlar
O‘quvchilar tomonidan turli to‘garak mashg‘ulotlarida yaratgan ijodiy ishlar ko'rgazmasi
Maktab bo'ylab ekskursiya qilishingiz ko‘zda tutilgan.

🗓 15-may
10:00 dan 15:00 gacha
📍 Manzil: Andijon shahar, Amur Temur ko'chasi 26-uy

Mo‘ljal: Temiryo‘lchilar shifoxonasi

Murojaat uchun telefonlar:
+998902108202
+998990010058
+998905272868
+998979916244

@ima_myim
📢10-may, juma kuni AOKAda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar:

Brifing

⚫️Mavzu: Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli
⚫️Vaqti: 16:00
⚫️Ishtirok etadi: Jo‘rabek Jangirov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muasasalari agentligi axborot xizmati rahbari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10-may - O‘zbekiston xalq shoiri G‘afur G‘ulom tavallud topgan kun

G‘afur G‘ulom 1903-yil 10-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1963-yilda O‘zbekiston xalq shoiri bo‘lgan.

Adib “Dinamo”, “Yigit”, «Egalari egallaganda», «Xitoydan lavhalar», «Tirik qo‘shiqlar», “Ko‘kan”, “Sizga”, “Chashma”, «Yangi sheʼrlar», “Sheʼrlar”, «O‘zbek elining g‘ururi», «Sharaf qo‘lyozmasi», «Tanlangan asarlar» sheʼriy to‘plam va dostonlari, “Jo‘rabo‘za” hikoyalar to‘plami, «Muxbir sudi» pyesa hamda “Netay”, «Tirilgan murda», “Yodgor”, «Shum bola» kabi qissalar muallifidir.

Asarlari asosida spektakllar va kinofilmlar yaratilgan. “Otello”, «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga tarjima kilgan. U 1966-yil 10-iyulda Toshkentda vafot etgan.

Vafotidan so‘ng, 2000-yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
10 may andijonlik adiba Tursunoy Sodiqova tavallud topgan sana

U 1944 yili 10 mayda Andijonda tavallud topdi.

Shoiraning “Kuy” nomli birinchi kitobi 1976 yilda chop etildi. Uning “Gul fasli” (1981), “Iqbol” (1984), “Dil gavhari” (1985), “Izlay-izlay topganim” (1988), “Girya” (1994), “Andisha” (1988), “Mehrigiyo” (1989), “Baxt nima?” (1994), “Baxtli boʻling” (1989), “Hazrati ayol” (1999), “Yoningdagi baxt” (2000), “Oʻgʻlim, senga aytaman” (2002), “Bolam derman” (2001), “Qaynonalik ilmi” (2002), “Kelin boʻlish ilmi” (2002), “Kuyov boʻlish ilmi” (2003), “Murabbiylik ilmi” (2003), “Yashash tilsimi” (2004), “Rizolik izlab” (2006), “Atirgul isi” (2007), “Ayolga qasida” (2010), “Soʻz sehri”, “Dildagi nur” (2011), “Men kimni sevdim”, “Baxt qayerda?”, “Umr bittadir”, “Bugungi erkak” (2012), “Saylanma” asarlari eʼlon qilindi.

U "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi" faxriy unvoni hamda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

2017 yilda 73 yoshida Andijonda vafot etdi.

👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#9_may
#Xotira_va_qadrlash_kuni

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari 9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan Buloqboshi tumani Uch tepa qishlog‘ida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi jaxon urushi qatnashchisi, 100 yoshli Abdug‘ani ota G‘opporov va Maqsudaxon G‘oppotovalar xonadonida bo‘lishdi.

Abdug‘ani G‘opporov 1924 yil 5 yanvarda Buloqboshi tumanida tug‘ilgan. Turmush o‘rtog‘i Maxsudaxon G‘opporova 1929 yilda tavallud topgan. Har ikkalasi ham hayot. Ularning shu kunga qadar 8 nafar farzandi, 35 nafar nabirasi, 92 nafar chevarasi hamda 15 nafar evarasi bor.

👉Bizni kuzatishda davom eting!
👇@ima_myim