Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
890 subscribers
8.14K photos
860 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
* * *
Quyoshga qarab oqqan suv,
Dardimni aytgan edim-ku,
Dodimga yetmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?..

Qanday yuzsiz do‘stimsan,
Ohlar to‘la ko‘ksimdan
Oh urib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?

Suvingga qo‘shib yoshimni,
Qiblaga qaratib boshimni
Yotqizib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?..

Men kimman? Bir yolg‘izman,
Suv bo‘yida bir yalpizman.
Oqizib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?

Quyoshga qarab oqqan suv,
Onamdek meni boqqan suv...

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

👉@piima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni

🎥 Agentlik tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tgan "Ochiq eshiklar kuni" O'zbekiston24 telekanalining "Yangiliklar24" informatsion dasturida yoritildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Янги_Ўзбекистон_университети

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarovaning "Yangi O'zbekiston" universiteti kelajak kasblari bo'yicha yetakchi oliy ta'lim muassasasi bo'ladi" nomli maqolasi "Янги Ўзбекистон" gazetasi hamda veb-saytida e'lon qilindi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Қабул-2021: Сўнгги янгиликлар

Қабул квоталари тасдиқланди.
Бакалавриатга 170 минг талаба қабул қилинади. Хорижий ва хусусий ОТМларда ҳам давлат гранти ўринлари пайдо бўлади.

Энди абитуриентлар ўзлари танлаган 5та йўналиш орасидан грантга кирганида ўқиш имкониятига эга.

Ўқишни кўчириш бўйича янги қоидалар ўрнатилмоқда. Ўқишни кўчиришда ҳам супер-контракт тўловлари пайдо бўлади.

Магистратурага қабул 2 босқичли бўлди. 1-босқичда мутахассислик фанларидан имтиҳон, иккинчи босқичда чет тилидан тест олинади.

“Фарзандингиз келажагини пора билан кўрманг” — олий таълим вазири ота-оналарга мурожаат қилди.

Мактаб битирувчилари ОТМга ҳужжат топшириш учун аттестатини олиши шартмас, ҳаммаси онлайн базада бор.

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
#Tabriknoma

Hurmatli jurnalistlar, sizlarni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz.

Xalqimizni xolis va haqqoniy axborot bilan ta'minlashdek mas'uliyatli ishlaringizda kuch-quvvat tilaymiz!

Har doim kasbingizdan qadr va sharaf topib yurish nasib etsin!

Hurmat bilan,
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi jamoasi
Ijod maktablarida ijodiy imtihonlar 1-iyul kuni boshlanadi

☎️Imtihon vaqti va manzili haqida talabgor tomonidan portal.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

Kirish imtihonlari necha bosqichdan iborat?
Ijod maktablariga saralash imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi. Yo‘nalishlar bo‘yicha saralash imtihonlari quyidagi bosqichlarda ballar taqsimotiga muvofiq amalga oshiriladi.

Ona tili yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy imtihon
2️⃣-bosqich: test sinovi - (ona tili va adabiyot fanidan test, chet tili fanidan test)

Xorijiy til yo‘nalishi bo'yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (Bu bosqich ikki turdan iborat: yozma ish; og'zaki suhbat )
2️⃣-bosqich: test sinov (chet tili fanidan test, ona tili va adabiyot
fanidan test).

Xorijiy til yo‘nalishida ijodiy imtihonlar xorijiy (ingliz) tilida o'tkaziladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Forum

Poytaxtimizdagi Botanika bog’ida 29-30 iyun kunlari O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumi bo‘lib o‘tmoqda.

🔹 Unda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari ham ishtirok etmoqda.

⚡️Mazkur forum doirasida Agentlik tizimidagi maktablar o‘quvchilari tomonidan turli loyihalar taqdimoti o‘tkazilmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON TOMONLARDA | O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir va jurnalist Abduhalil QORABOYEVning 80 yilligi oldidan.

https://t.iss.one/Andijon_TRK
#Қутлов

Республика маънавият-маърифат маркази Андижон вилоят бўлими бош мутахассиси Аҳмедова Иродахон Шоҳитбековна Ўзбекистон Республикаси Президенти қарорига асосан "Шуҳрат" медали билан тақдирланди.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси вилоят бўлими Иродахон Аҳмедовага келгуси ишларига муваффақият тилайди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot #Qabul_2021

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul 1️⃣-2️⃣0️⃣ iyul kunlari onlayn shaklda portal.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🔹Qanday hujjatlar talab etiladi?
- elektron ariza;
- tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi (yoki kinder pasport) elektron nusxasi;
- 3x4 o‘lchamdagi rasm (oxirgi 2 oy davomida tushirilgan);
- 2020-2021 o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan elektron nusxasi;
- ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (qonuniy vakillari) fuqarolik pasporti ma’lumotlari (qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi notarial hujjat); telefon raqamlari.

❗️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinfida o‘qish uchun hujjat topshiradigan nomzodlar maktab tabeli o‘rniga attestat nusxasini taqdim etishadi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Sardor Sirojiddin
🔰Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 2021-2022 o‘quv yillari uchun hujjat topshirgan o‘quvchilar uchun ijodiy imtixonlar o‘tkazilmoqda.

📚Ijod maktabida 2021-2022 o‘quv yili uchun 7- va 8- sinflar uchun jami 66 nafar o‘quchilarni qabul qiladi. Ushbu o‘quv yillar uchun 413 nafar nomzodlar o‘qish istagini bildirib, hujjat topshirganlar.
Lolaqizgaldoq
Ahad Qayumov
Гулим, яқинроқ кел,
Қара, не савдо,
Бу ажиб ишларни
Дил лавҳига ёз:
Кимга қаср етмас,
Кимга мол-дунё,
Менга эса ҳаво
Етмайди, холос.
Тириклар мудроқда,
Ўликлар уйғоқ,
Лола, лолажоним,
Лолақизғалдоқ!


📝 Lolaqizg'aldoq
Muhammad Yusuf
🎤 Ahad Qayum
Диққат танлов!!!

Ўзбекистон Журналистлари ижодий уюшмаси, Маданият вазирлиги, Ёзувчилар уюшмаси, Республика «Тасвирий ойна» ижодий уюшмаси, Миллий телерадиокомпания, Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги, Ўзбекистон Республикаси Кинематография агентлиги ҳамда Бадиий академия мамлакатимиз мустақиллигининг ўттиз йиллигига бағишланган «Энг улуғ, энг азиз» республика танловини эълон қилди.

Танловга «Янги Ўзбекистонда эркин ва фаровон яшайлик!» деган бош ғояни ўзида мужассам этган асарлар-материаллар қабул қилинади.

«Энг улуғ, энг азиз» танлови қуйидаги номинациялар бўйича ўтказилади:

- ёзувчи ва шоирларнинг бадиий асарлари;

- босма ОАВ ходимларининг журналистик ишлари;

- телевидение ва радио ижодкорларининг материаллари;

- интернет-журналистика;

- тасвирий санъат, фото асарлари ва дизайн ишлари;

- кино санъати асарлари.

Танловга тақдим этилган ижодий ишларга қуйидаги ҳужжатлар илова қилиниши лозим:

- муаллиф ва унинг профессионал фаолияти тўғрисида қисқача маълумот (объективка);
- муаллифнинг паспорт нусхаси;
- иш жойидан тавсиянома;
- муаллифнинг манзили ва боғланиш телефонлари.

Танловга 2020 йилнинг 1 августидан 2021 йилнинг 1 августигача бўлган даврда эълон қилинган материаллар – асарлар жорий йилнинг 1 августигача қабул қилинади.

Танлов ғолиблари Ватанимиз мустақиллигининг ўттиз йиллик байрами арафасида мукофотланадилар ва уларнинг рўйхати матбуотда эълон қилинади.

Ижодий ишлар «Энг улуғ, энг азиз» танловига деб кўрсатилган ҳолда ўз ижодий йўналишлари бўйича қуйидаги манзилга юборилиши лозим:

Ўзбекистон Журналистлари ижодий уюшмаси, 100011. Тошкент шаҳри, Навоий кўчаси, 30-уй. Тел.: 71- 244-64-61.

Ўзбекистон «Тасвирий оина» уюшмаси, 100011. Тошкент шаҳри, Навоий кўчаси, 30-уй. Тел.: 71- 244-11-64.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси, 100066, Тошкент шаҳри, Бунёдкор кўчаси, Адиблар хиёбони.тел. 71--231-83-49

Ўзбекистон Республикаси Кинематография агентлиги, 100115, Тошкент шаҳри,Чилонзор кўчаси 1 «А» уй. Тел. 71-277-81-49.