Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
889 subscribers
8.13K photos
860 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

QIZIL OLMA

Baland shoxda qizil olma
Pishgan ekan.
Uzib olib qarasam, qurt
Tushgan ekan.

Men olmani irg‘itvorsam,
U dod soldi:
Tashlab ketar ekan meni
Nega oldi?!

Qizil olma, qizil olma,
Men yengildim.
Dunyoi-dun deganlarin
Endi bildim...

Yuragim-ey, seni ne o‘y
O‘rtamoqda?
Sevgiga yo‘l bo‘lsin bizga
Bu chorbog‘da.

Baland shoxda qizil olma
Pishgan ekan...
Bizning boshga shunday savdo
Tushgan ekan.

👉@piima_myim
#Survey #Сўровнома

Prezident maktablariga qabul boshlandi, hujjatlar kelib tushmoqda, murojaatlar bo'lmoqda. Biz qabul jarayonining qanday kechayotganini aniqlash maqsadida so'rovnoma o'tkazmoqdamiz.

❗️Hurmatli ota-onalar, ushbu so'rovnomada qatnashing. Bu sizning faqat 20 soniya vaqtingizni oladi, xolos.
Sizning fikringiz biz uchun muhim
:👇

👉https://forms.gle/X22irA9otHNvY3f36

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Shavkat Rahmon
O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan madaniyat hodimi

*

Nodirajon, Shoirajon,
Tanam qimir etmaydi,
olis-olis vohalardan
tog‘larimni chaqiring —
osmon to‘la havolar
faqat menga yetmaydi.

Nodirajon, Shoirajon,
Tanam qimir etmaydi,
ko‘zimda bir tomchi yosh,
soylar yuvsa ketmaydi.

Nodirajon, Shoirajon,
Tanam qimir etmaydi,
Peshonamning sho‘ridan
Bino bo‘lgay bu daryo...
Osmon to‘la havolar
Faqat menga yetmaydi.

Nodirajon, Shoirajon,
Tanam qimir etmaydi,
Boring, qorli tog‘larga:
Bir shoir yotibdi deng
Xudoning hovlisida...
Osmon to‘la havolar
Faqat menga yetmaydi...
#Qaror_ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yoshlar ovozi” festivalining respublika bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tmoqda.

🔰Bo‘zatov FESTning yakuniy bosqich ishtirokchilari, iqtidor egalari hamda mehmonlari tantanali ravishda kutib olindi.

🔹Agentlik vakillari ham ishtirok etayotgan ushbu festivalda Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining o‘quvchi yoshlari qatnashib, "Mening ilk kitobim" loyihasida tashabbuskorlik ko‘rsatishdi.

🔸Festival davom etadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari

Eski o‘zbek yozuvi, notiqlik san’ati hamda QR kodlardan foydalanish: Ijod maktablarida yangi darsliklar...

🔹Ijod maktablarining eski o‘zbek yozuvi, notiqlik san’ati kabi yangi darsliklari haqida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarova O'zbekiston Axborot Agentligiga ma`lumot berdi.

Maqolani batafsil o'qish uchun👇 uza.uz
DIQQAT, TANLOV!

«BIZ BILMAGAN HIKOYALAR»


Siz o‘z hikoyangiz biz tomonimizdan o‘qib eshittirilishi va ommaga taqdim etilishini istaysizmi?
U holda, ushbu tanlov aynan Siz uchun!

Tanlov muddati: 2021 yilning 30 iyunigacha
Tanlovning umumiy mukofoti jamg‘armasi: 15 mln so‘m
Tanlov mavzusi: Biz bilmagan hikoyalar

TANLOVDA KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?
Ushbu tanlovda yosh va jinsidan qat’i nazar, barcha professional va havaskor ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.

TANLOV SHARTLARI QUYIDAGICHA:
• tanlov uchun yuborilgan hikoya hayotda sodir bo‘lgan voqealar va real shaxs-qahramonlarga asoslanishi (tamoman badiiy to‘qima mahsuli bo‘lmasligi);
avval hech bir ommaviy axborot vositasida e’lon qilinmagan bo‘lishi;
«Bu hikoyaga ishonish qiyin... Ammo haqiqat!» degan fikrni aks ettirishi;
• hikoya A4 formatdagi qog‘oz satrida, 1,5 qator oralig‘ida, Times New Roman 12 shrift kattaligida yozilgan bo‘lishi va 5 sahifadan oshib ketmasligi;
• hikoya matni tahrirtalab bo‘lmasligi, imloviy va uslubiy xatolardan holi bo‘lishi;
• hikoyani o‘z ichiga olgan Word faylining nomi muallifning ism-familiyasi bilan atalgan bo‘lishi;
• hikoyaning so‘nggi sahifasida muallifning ismi-familiyasi, manzili, telefon raqami hamda o‘zi haqida qisqacha ma’lumot keltirilgan bo‘lishi lozim.

Hikoyalar 2021 yil 30 iyun kech soat 12:00ga qadar [email protected] elektron pochta manziliga jo‘natilishi lozim.

Eslatma: Yuqorida ko‘rsatilgan shartlarga javob bermaydigan hikoyalar tanlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Bir muallif birdan ortiq hikoya bilan ishtirok etishi mumkin.

TANLOV G‘OLIBLARI QANDAY ANIQLANADI?
Tanlovda ishtirok etish uchun yuborilgan hikoyalar taniqli yozuvchi, shoir va adabiyotshunos olimlardan tashkil topgan hay’at tomonidan aniqlanadi.

TANLOV NATIJALARI QAYERDA E’LON QILINADI?
Tanlov natijalari Abdukarim Mirzayevning rasmiy telegram sahifasi hamda YouTube ijtimoiy sahifalarida e’lon qilinadi.

TANLOV G‘OLIBLARI QANDAY TAQDIRLANADI:

1-o‘rin – 5 mln so‘m (1 nafar g‘olib)
2-o‘rin – 3 mln so‘m (1 nafar g‘olib)
3-o‘rin – 2 mln so‘m (1 nafar g‘olib)

Shuningdek, efir uchun loyiq deb topilgan har bir hikoya uchun 300 ming so‘m miqdorida qalam haqi (gonarar) to‘lanadi.

«TOMOSHABINLAR E’TIROFI» NOMINATSIYASI
Yuqoridagi uch o‘rindan tashqari, hikoyasi efirda o‘qib eshittirilgan muddatdan e’tiboran, bir oy davomida eng ko‘p tomosha qilingan videomahsulot uchun asos bo‘lgan hikoya muallifi «Tomoshabinlar e’tirofi» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topiladi va 5 mln so‘m pul mukofot bilan tadrilanadi.

Aziz do‘stlar!
O‘zingiz guvohiga aylangan yoki o‘tmishda ro‘y bergan, millat o‘laroq bilishimiz, tanishimiz, o‘rnak olishimiz lozim bo‘lgan qahramonlar hayotiga oid hikoyalarni Sizdan kutib qolamiz!


#BizBilmaganHikoyalar
O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi va Respublika yosh ijodkorlar kengashi yosh iste'dod egalarini chorlaydi.
"Duel" Respublika ijodiy tanlovida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tishga shoshiling.

–Nazm;
–Nasr;
–Badiiy tarjima;
–Tasviriy san'at

yo'nalishlarida iqtidoringizni namayon eting.

Endi "Duel" barcha viloyatlarda o'tkaziladi. Respublika final bosqichi g'oliblari Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida aniqlanadi.

Mukofot jamg'armasi – 100 000 000 (yuz million) so'm.

Siz kutgan maydon sizni kutmoqda.

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi bot orqali murojaat qiling:
📲 @dueluzb_bot

Telefon: +998994663433

Batafsil ma'lumot:
@yoshlaragentligi
@ijodkorlarkengashi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Duel-Andijon
#Tashrif #Qabul_2021

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida 2021-2022-o‘quv yillari uchun Andijon viloyatidagi Prezident va ijod maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish jarayonini tekshirish bilan birga, ijod maktabida 5 ta muhim tashabbus doirasida yo‘lga qo‘yilgan zargarlik to‘garagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, Namangan viloyatidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga ham tashrif buyurib, u yerdagi o'quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda qabul jarayoniga tayyorgarlik holatini ko'zdan kechirdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
📣📣📣Diqqat e'lon

👨‍👩‍👦 Sizning farzandingiz, sizning o‘quvchingiz badiiy adabiyot va boshqa ijod sohalariga qiziqishi bormi. Ularning iste'dodini yanada rivojlantirishni hohlaysizmi, jahondagi tengdoshlari bilan sog‘lom raqobatlasha olishni shakllantirishni istaysizmi?

🏢 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 2021-2022 o‘quv yililar uchun 7-sinf o‘quvchilarini tanlov asosida o‘qishga qabul qiladi.

Ijod maktabida:
📓ona tili va adabiyot sohasining sir-asrorlarini o‘rganish bilan birga ularning dunyo tillarini chuqur o‘rganishni ta'minlash, bu bilan kelajakda o‘zbek adabiyoti, o‘zbek jurnalistikasi orqali o‘zbek adabiyoti va san'ati, fan yutuqlarini jahonga keng ommalashtirish;
📔 ajdodlarga munosib boʼlish, ularda ona xalqimiz tarixi, madaniyati, milliy qadriyatlarga nisbatan hurmat tuygʼularini shakllantirish va rivojlantirish;
📕 oʼquvchilarda yon-atrofda va jahonda roʼy berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga toʼgʼri munosabat bildirish koʼnikmasini, mafkuraviy immunitetni shakllantirish va dunyoni maʼrifat, ilm-zakovat, qalam bilan olish mumkinligi haqidagi gʼoyani ular qalbiga singdirish;
📗 oʼquvchilarga xalq ogʼzaki ijodi, boy va oʼlmas yozma adabiyotlarni chuqur oʼrgatish va uning mazmun-mohiyatini tahlil qilish, nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo xalqlari uchun sevib oʼqiladigan asarlar yaratish, jahon adabiyoti durdonalaridan tarjimalarni amalga oshirish koʼnikmalarini shakllantirish;
📘 oʼquvchilarga chet tillarni chuqur oʼrgatish, aniq va tabiiy fanlarni davlat standartlari talablaridan yuqori darajada oʼrgatish orqali ularda badiiy va ilmiy adabiyotni xorijiy tillarga professional tarjima qilish malakasini shakllantirish;
ustoz ijodkorlar bilan hamkorlikdagi ustoz-shogird anʼanasi asosida tashkil etiladigan mashgʼulotlar orqali yosh ijodkorlarni yuqori saviyada tarbiyalashdan iborat.

🗓 Hujjatlar onlayn rejimda joriy yilning 5-iyundan 25-iyungacha qabul qilinadi.

📋 Zarur hujjatlar ro’yxati:
- Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma;
- 3x4 hajmdagi fotosurat;
- Baholar tabelining nusxasi (maktab direktori tomonidan tasdiqlangan 2020-2021 o’quv yili natijasiga ko’ra).

📝Imtihon jarayonlari ikki bosqichda1-20 iyul kunlari o'tkaziladi:

🗣Ijodiy imtihon (yozma, og‘zaki);
-Test sinovi (ona tili va adabiyot, ingliz tili)

📞Murojaat uchun telefonlar: +998994907600,
+998914821015,
+998979916244
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_maktabi #Bosqichma_bosqich

Ijod maktablariga onlayn ariza topshirish bo‘yicha savollaringiz bormi?

❗️Unda ushbu bosqichma-bosqich yo‘l ko‘rsatuvchi video-yo‘riqnoma siz uchun!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

*
Kuzda ketgan turna qaytgandek bahor,
Bir kun huzuringga qaytishlarim bor,
Uzrimni o‘zingga aytishlarim bor,
Ey, mening yuragim yo‘qlagan diyor!..

Qaytarman, ammo qay ahvolda bilmam,
Balki, unda meni bukkan bo‘lar g‘am.
Balki, qaytmoq nasib etmas menga ham,
Cho‘lponi yodidan chiqmagan diyor.

Garchi bo‘lmasam ham yoningda yo‘ldosh,
Dardingga dildoshman, joningga jondosh,
Hattoki, qalandar Mashrabi talosh,
Boburi bag‘riga sig‘magan diyor.

Olloh-ku Anjonda qormish loyini,
Nodirang na qilsin xon saroyini?..
Qo‘qonga uzatib Mohlaroyini,
Bog‘ishamol bo‘lib yig‘lagan diyor.

Jannatlardan go‘zal, ko‘hligim mening,
Bag‘ring qon qildimi sho‘xligim mening,
Balki, bilinmas ham yo‘qligim mening,
Balki, meni ham goh yo‘qlagan diyor...

Kuzda ketgan turna qaytgandek bahor,
Bir kun huzuringga qaytmoqlarim bor,
Uzrimni o‘zingga aytmoqlarim bor,
Ey, yomon ko‘zlardan asragan diyor.

@piima_myim
Vatan

Men dunyoga boqsam jilmayib,
Go‘zal husning bo‘lar namoyon.
Ta’rifingni maqtab, olqishlab,
Seni jondan sevganim ayon.

Durdek tomgan kiprikdagi yosh,
Chehramdagi tabassum – Vatan.
Ko‘zlarimda porlagan quyosh,
Senga qilgum ming ta’zim, Vatan.

Otash qalbni yondirgan olov,
Bilgin, sira o‘chmaydi mangu.
Vatan, qancha izlamay hatto,
Men nomini topmagan tuyg‘u.

Erta tongda derazam chertib,
Mehr bilan qaraysan, Vatan.
Aslida men bag‘ringda emas,
Sen qalbimda yashaysan,Vata

Nodirabegim Sobirova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi

👉@piima_myim