Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
881 subscribers
8.03K photos
857 videos
49 files
1.82K links
Download Telegram
IJOD MAKTABIDA PAZANDACHILIK

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Shunday to‘garaklardan biri "Pazandachilik" to‘garagi o‘quvchi qizlarimizning eng sevimli mashg‘ulotlaridan hisoblanadi. Bunda o’quvchi qizlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli shirinliklar, mazzali taomlar va yoqimli salatlatlar tayyorlash orqali o‘zlarini mohoratlarini namoyon qilishib kelishmoqda.

Navbatdagi mashg‘ulot davomida ijod maktabining 7-sinf o‘quvchilari turli shirinliklar tayyorlashni o‘rgandi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
♻️Bilimingizni sinab ko‘ring!

Birinchi o‘zbek dramasini kim yozgan?
Anonymous Quiz
24%
Pirimqul Qodirov
52%
Mahmudxo‘ja Behbudiy
11%
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek
13%
Abdulla Qodiriy
DIQQAT, TANLOV!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi yangi adabiy tanlov eʼlon qilmoqda.
“Ibratli umr” deb nomlanuvchi adabiy tanlov bolalar va o‘smirlarni hayot mashaqqatlaridan cho‘chimaslikka o‘rgatish, ularni yuksak maqsadlarga intiluvchan, harakatchan, hayotda o‘z o‘rnini topish, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida yorqin iz qoldirgan siymolardan ibrat olishga chaqirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Tanlovga asarlar 2024-yil 2-dekabrgacha qabul qilinadi. G‘olib deb topilgan asarlar 2025-yil davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan kitob holida chop etiladi va albatta, qalam haqi to‘lanadi.
Tanlovga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi eʼlon qilgan ro‘yxatda ko‘rsatilgan, mamlakatimiz ilm-fani va adabiyotida yorqin iz qoldirgan shaxslarning bolalik va yoshlik yillari haqida hikoya qiluvchi badiiy-publitsistik asarlar (esse) qabul qilinadi.
Tanlovga qatnashish uchun ishtirokchilarning yoshi, tajribasi va nufuzi ahamiyatga ega emas.

TANLOV QOIDALARI:

Bir muallifdan faqat bitta asar qabul qilinadi. Muqaddam OAVda eʼlon qilingan, kitob holida chop etilgan yoki boshqa tanlovlarda ishtirok etgan asarlar qabul qilinmaydi.
Asar hajmi word shaklida 80 betdan kam bo‘lmasligi, lekin 100 betdan oshmasligi kerak. Tanlovga jo‘natiluvchi asarlar “.doc” formatida, Times New Roman shriftida, 14 kegelda yozilgan bo‘lishi kerak.
Tanlovga kelgan asarlarga taqrizlar berilmaydi, qo‘lyozmalar egalariga qaytarilmaydi.
Tanlovga quyidagi kishilar haqida yozilgan asarlar qabul qilinadi:

1. Alisher Navoiyning yoshlik yillari.
2. Boburning bolalik va o‘smirlik yillari.
3. Fitratning yoshlik yillari.
4. Abdulla Qodiriyning yoshlik yillari.
5. Akademik Tesha Zohidovning yoshlik yillari.
6. Akademik shoir G‘afur G‘ulomning bolalik yillari.
7. Akademik Xadicha Sulaymonovaning yoshlik yillari.
8. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning bolalik va o‘smirlik yillari.
9. Akademik Saʼdi Sirojiddinovning yoshlik yillari.
10. Akademik Habib Abdullayevning hayoti va faoliyati.
11. O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning bolalik va o‘smirlik yillari.
12. O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning bolalik va o‘smirlik yillari.
13. O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Hamid Sulaymonovning bolalik va o‘smirlik yillari.
14. Akademik Aziz Qayumovning yoshlik yillari.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilganini eʼlon qiladi.

Davlat dasturi loyihasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 5 ta yo‘nalishi bo‘yicha 2024-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatlari belgilanmoqda.

Hujjat loyihasida yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiya, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2024 yilga mo‘ljallangan islohotlar nazarda tutilmoqda.

2024-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar o‘z takliflarini Markazning maxsus uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishlari mumkin.

Muhokamalar joriy yilning 9-fevral kuniga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bitiruvchi_2024

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida bitiruvchilar bilan oliy ta'lim muassasalariga kirish oldidan belgilangan tartib asosida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Bugungi o‘tkazilgan navbatdagi test mashg‘ulotlari ham ijod maktabi bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtiga kirish imtihoniga tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim