Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
906 subscribers
8.88K photos
916 videos
50 files
1.93K links
Download Telegram
#Zakovat_turniri
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

♻️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Zakovat" intellektual oʻyinining direktor kubogi uchun saralash bosqichlari o'tkazilmoqda.

❇️ O'tkazilgan saralashda ijod maktabi o‘quvchilaridan iborat "Utopia", "Magic brain" va "Tafakkur" jamoalari final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

🏆 Final bosqichida qatnashuvchi jamoalar:
"Tafakkur"
"Magic brain"
"Utopia"
"Hasta La Vista"
"Renessans"
"Ijodkorlar"
"Invicta"
"Ko'hna moziy"

https://t.iss.one/ima_myim
#xushxabar

❇️O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorlikda o‘tkazilgan "Kamalak yulduzlari" Respublika bolalar ijodiyot festivalining Andijon viloyati bosqichi o‘tkazildi.

♻️O‘tkazilgan festivalda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Rohila Ro‘zimannopova nazm yo‘nalishi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni, 7-sinf o‘quvchisi Abdumajid Qurbonov nasr yo‘nalishi bo‘yicha faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔱Festival nizomiga muvofiq har ikkala o‘quvchimiz festivalning Respublika laureati bo‘ldilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting
Fanlar majmuasi – 2024-2025-o‘quv yili uchun.pdf
782.1 KB
⚡️2024-2025-o‘quv yili uchun fanlar majmuasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi oʻtkaziladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

2024-2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fanlar majmuasi qo‘shimcha tasdiqlanadi.

❗️Taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

☝️ Yuqoridagi pdf faylda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tartiblangan holda joylashtirilgan bo‘lib, fanlar majmuasi bilan birga mos ta’lim yo‘nalishlari bilan ham tanishish mumkin.
#Choraklik_summativ_baholash_imtihonlari
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida
2-chorak yakuni yuzasidan ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo'lib o'tmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting

https://t.iss.one/ima_myim
#Asar_tahlili
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

♻️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida kitobxonlik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugungi mutolaa soatida ijod maktabining 7 sinf o‘quvchilari taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asarini o‘rgandilar.

🔰Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asari samimiyligi bilan kitobxonni o'ziga tortadi. Uslub ham o‘ziga xos. Bolaning o‘y-fikrlari shunchalik hissiyotga boy tarzda tasvirlanadiki, beixtiyor o‘zimizni o‘sha vaziyatga tushib qolganday his qilamiz.

👇Bizni kuzatishda davom eting

👉https://t.iss.one/ima_myim
Audio
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Qahrim qattiq bo’ldi,
Mehrim qattiq bo’ldi.
Nasihatni esa olmadim.
Harifim suyundi,
Do’stim kuyundi…
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Osoyish botmadi biror bir kunim,
Talashib-tortishib tolmadim.
“Og’irroq bo’l, inim,
Siporoq bo’l, inim …”
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Tengimni bilmasdan bir qizni suydim,
Suydim sira kulmay omadim.
“Shohona yasharmiz so’zimga kirsang…”
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Quvroq bo’l, deyishdi. Yolg’on ham kerak,
Jindak xushomad ham, quloq solmadim.
Oqni oppoq ko’rdim, qorani qora –
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Ko’nglim sezar endi buyog’i ayon,
Do’stlarim, do’stlarim, baxtli bolaman!
Yo Toshkentda eng zo’r shoir bo’laman,
Yo qishloqqa qaytib ariq bo’yida
Yalpizga suyanib, o’lib qolaman.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri