Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
881 subscribers
8.03K photos
857 videos
49 files
1.82K links
Download Telegram
​​ Tanlovga Vatanimizning betakror tabiati, purviqor tog‘lari, o‘rmonlari, daryolari, noyob tabiat bog‘lari, o‘simlik va hayvonot dunyosi, yer va yer osti boyliklari yuksak darajada tarannum etilgan she’rlar qabul qilinadi.

💬 Mualliflar ijodiy ishlarni joriy yil 20 aprelgacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining [email protected] elektron pochtasiga yuborishlari mumkin.

💬 Tanlovda saralab olingan eng yaxshi she’rga musiqa bastalanib, Tabiat madhiyasi yaratiladi. Tabiat madhiyasi atrof muhit muhofazasiga bag‘ishlangan barcha tadbirlar, ekologik aksiyalar hasharlarda ijro etiladi.

💬 Gʻolib va sovrindorlar quyidagi miqdorda pul mukofotlari, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi:
🏆1-o‘rin (1 ta) – 15 million so‘m;
rag‘batlantiruvchi mukofotlar (5 ta) – 5 million so‘mdan.

💬 Tanlov shartlari haqida batafsil quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin: https://telegra.ph/Ona-tabiat-mad%D2%B3i-izhodij-ishlar-tanlovi-04-04

💬 Tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi 5 iyun – Butunjahon atrof muhit kuni arafasida o‘tkaziladi.

📝 Tanlovga taqdim etilgan she’rlar saralanib, Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi bayrami arafasida kitob holida nashr etiladi.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Tabiat resurslari vazirligi: (71) 207 07 70 (1055)
📞 O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi: (71) 231 83 67
Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabini borib ko‘rdi. Shu bilan davlatimiz rahbarining Sirdaryo viloyatiga tashrifi yakuniga yetdi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил школу творчества имени Халимы Худойбердиевой в городе Гулистане. На этом поездка главы государства в Сырдарьинскую область завершилась.

#Mirziyoyev #safar #Sirdaryo #maktab

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘quvchilar ijodidan


Vatan

Qayga bormay qalbda g‘urur, yurakda nur,
Yurak emas, vujudimsan o‘zing butkul.
Kuysan, nayning navosiday ajib, yolqin,
Ulug‘vorsan, yuraklarga shuncha yaqin.

Onamdirsan, malhami jon yuraklarga,
Mukofotsan, oliy ezgu tilaklarga,
Shahdim ila maqsad etib bilaklarga,
Poylaringga tuproq bo‘lay jonim, vatan.

O‘xshatolmas ojiz qalam tenging topmay,
Shoirlar lol sen haqingda she’r yozolmay.
Bolanga deb ilinasan qovun totmay,
Vatan, bitta yuragimda-bitta o‘zing.

Shiyponlarda bog‘bonimsan o‘zing zahmat,
Yomg‘ir bo‘lding tuproqlaring etsa himmat,
Xalqim, Vatan, senga rahmat,
Senga rahmat!
Otam bo‘lding soyabonim oftoblarda.....

Chinor yanglig‘ sug‘orilding ziyolardan,
So‘rasak “Baxt” seni derlar fidolardan,
Tushmagaysan, Tinchlik, sira duolardan,
Vatan, bitta yuragimda – bitta o‘zing.

Dunyo ko‘zi bizda, ko‘zing ochgin, xalqim,
“Tinchlik” tog‘in bag‘riga yurt bitgin, xalqim.
O‘zing menga xolis imkon, beminnatim,
Yuragimning yaprog‘ida shabnam, Vatan...

Qalamimda, qarog‘imda asragayman,
Yozsam bitmas dostonlarim senga, Vatan.
Menga etgan umidingni oqlagayman,
Fido etsam, kamdir, shuncha jonim, Vatan.

Bir “Shoirman” demoqlikka o‘rtanar dil,
Gar sen haqda bitta hamki, she’r bitmasam.
Farzandingman, demoqlikka hijolat til,
Yuragingga o‘zim bitta jon etmasam.

Humo bo‘lay, qushday uchib osmoningda,
Navo etay, tinchlikni kuy bo‘stoningda,
Qo‘shay hissa “Rivoj” degan dostoningda,
Taraqqiyot tulporida mag‘rur, xalqim,
Robiyaning qalamida baytim, xalqim!.....

Robiya Mahmudova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi
АВЛОДЛАР ҚЎШИҒИ

Тиниқ бир шишага ўхшайди кўнгил,
Тузатиб бўлмагай синса дарзларин.
Куч – адолатдадур, буни англаю
Қунт билан ўргангин ҳаёт дарсларин.
Ҳаёт асли тарих, илму урфондир,
Бобом Амир Темур Соҳибқирондир.

Жонингдан азиздир муқаддас шу эл,
Иймон кўзларга нур, дилларга чирой.
Оламга жаҳонгир берган бу юртдан
Не-не ҳикоялар сўйлар Оқсарой.
Шунданми, ғурурим, орим осмондир,
Бобом Амир Темур Соҳибқирондир.

Боғи Дилкушою боғи Чинорлар,
Насими қалбларга ҳаволар берур.
Масжиду мадраса – обод манзиллар
Ҳар ғишти Ҳақ деган садолар берур,
Самарқанд ҳам қадим, ҳам навқирондир,
Бобом Амир Темур Соҳибқирондир.

Фалак сирларини айлади у ҳал,
Ҳам султон, ҳам устод Мирзо Улуғбек.
Ҳазрат Навоийнинг сўзлари ҳақдир,
“Ки олам кўрмади султон анингдек”.
Бу ҳам ҳар ўзбекка шавкатдир, шондир,
Бобом Амир Темур Соҳибқирондир.

Ҳалолу покликда ҳикмат кўп азал,
Буни тушунгайдир қалби нодирлар,
“Тузуклар”дан сабоқ олгани учун,
Оламни лол этди Мирзо Бобурлар.
Ўйласам, ҳар бири битта достондир,
Бобом Амир Темур Соҳибқирондир.

Дерлар кўкларга бўй чўзгайдир дарахт,
Агар омон бўлса илдиз мукаррам.
Шууру онгимда янграр бир хитоб,
Миллатнинг дардига дармон бўл, болам.
Билдим: ҳар киши – бир Ўзбекистондир,
Бобом Амир Темур Соҳибқирондир.

Муаззам дарёлар оққайлар тўлиб,
Шамси талъат эрур орзу дегани.
Элу Ватан деган зотлар бордир-ки,
Умри қуёш янлиғ мангу дегани.
Англадим: бу ҳикмат жонимга жондир,
Бобом Амир Темур Соҳибқирондир.

Ғайрат МАЖИД
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, шоир
10-aprel Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun!

Kumush

Marg‘ilonda Kumushni ko‘rdim, 
Ko‘ziga yosh to‘lib turibdi, 
Sochlarini maydalab o‘rib, 
Otabegin izlab yuribdi. 

Tongda turib qalam qoshiga 
O‘sma qo‘ygan ekan — quribdi. 
Ko‘zdan oqqan achchiq yoshiga, 
O‘smasini yuvib turibdi... 

Meni bir o‘y qiynadi yomon, 
Yana yurak o‘ynadi yomon. 
Qo‘yvor zamin, qo‘yvor osmon 
Men uyimga yetaman qachon? 

Uchib keldim uyimga omon, 
Beshyog‘ochda gullabdi o‘rik... 
Toshkentga qiz berma, Marg‘ilon 
Qodiriy yo'q, Zaynablar tirik. 

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
#Tarixiy_sana
#Abdulla_Qodiriy_129

10 aprel – yozuvchi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.

Abdulla Qodiriy 1894 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi. 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar (roman).pdf
1.5 MB
Mutolaa vaqti

📓O‘tkan kunlar

Abdulla Qodiriy
ABDULLA QODIRIYNING
SO
NGGI SABOGI

Biringiz Otabek, biringiz Kumush,
Doim yashnab tursin sevgingiz bogi.
Haqiqiy muhabbat bilmasin so
lish,
Ustoz Qodiriyning bu ilk sabogi.

Adib yuragida alamlar qat-qat,
Lekin bittasi bor, o
chmasdir dogi:
Jonni tik ozodlik yo
lida faqat,
Bu esa ustozning songgi sabogi.

Abdulla Oripov
O`zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
#diqqat_tanlov

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan tanlov e'lon qiladi.
Tanlovda tizimdagi 7-11 sinf o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.