Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.04K subscribers
10.1K photos
966 videos
53 files
2.08K links
Download Telegram
#yangi_kitob
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

"Onamdan xat"

Muharrir: Shahlo Hamidova
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Nashriyot: Yosh avlod matbaa
Adadi: 500 nusxa

Gulchiroy Davronbekova 2005 yilda Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida tavallud topgan. 2018 yilda "Qo‘limdan tutadi oppoq orzular" nomli ilk she'riy kitobi nashr qilingan.
"Ulug‘imsan Vatanim", "Ijod bog‘idan guldasta", "Yoshlik bayozi", "Umid g‘unchalari" kabi she'riy almanaxlarda va davriy matbuotlarda ijod namunalari kiritilgan.
Hozirda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi
Forwarded from Hilola Umarova
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilinayotgan maktab o‘qituvchisi va o‘quvchi o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyat hamda uning oqibatlari shu soha rahbari sifatida meni chuqur o‘yga soldi.

Xavotirim shuki, biz bugun farzandlarimizning nafaqat bilim olishi, balki tarbiyasini ham butunlay maktabga yuklab qo‘yganmiz. Baʼzi ota-onalarning o‘z farzandlari tarbiyasi va xulqi yuksalishidagi o‘rni kundan kun kamayib borayotgandek.

Taniqli jadid olimi Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan chaqirig‘i bilan bizni tarbiya masalalariga katta eʼtibor berishimiz zarurligidan o‘sha davrdayoq ogoh etgan.

Bugungi zamonaviy dunyoda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar erkin olib borilishi ularning o‘zaro majburiyat va masʼuliyatlaridan ozod qilmasligi zarur. O‘qituvchi bilim berish asnosida o‘z shogirdlariga do‘st, o‘quvchilar ham ustoziga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari lozim. Buyuk mutafakkir Imom G‘azzoliy “Bolaning qalbi har qanday naqshu tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi” deya ushbu nozik jarayonning ahamiyatini ochib bergan.

O‘qituvchilarimiz ham unutmasliklari kerakki, ular o‘zi taʼlim berayotgan o‘quvchilarning dunyoqarashi va shaxsiyati shakllanishidagi eng katta taʼsir ko‘rsatuvchi insonlardir. Ustozning har bir so‘zi, har bir harakati shogirdning xotirasida muhrlanadi va uning kelajak yo‘lini yoritishda xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish borasidagi katta tashabbuslar ortida ham o‘qituvchiga bo‘lgan katta eʼzoz mujassamdir. Ayni vaqtda loyihasi tayyorlanayotgan “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonunda ham o‘qituvchi huquqini himoya qilish, ularning ijtimoiy himoyasini yana-da oshirish kabi muhim hayotiy zaruratlar belgilanmoqda.

Maqsad katta va ezgu. Ustozlarimiz ham davlatimizning ushbu eʼtiborini yurakdan his qilgan holda, o‘quvchilarga nafaqat bilim berish, balki ularning yuksak tarbiyali va go‘zal xulqli insonlar bo‘lib yetishishlarida g‘amxo‘rlik qilishlari maqsadga muvofiqdir. Bunda shaxsiy namuna eng taʼsirchan choralardan biridir.

Hurmatli ota-onalarimiz ham farzandlarining maʼnaviy yetuk bo‘lib kamol topishlarida o‘z burchlarini unutmasliklarini, ko‘z qorachig‘imizdek asrab kelayotgan bolalarimiz kelajagi uchun o‘qituvchilar bilan doimiy hamkorlik qilib borishlarini istaymiz.

Zero, bolaga bugun berilgan bir hikmat yoki tarbiya ertaga kelajak binosiga ming g‘isht bo‘lib qo‘yiladi.
Ватан ҳимояси ва эл-юртимиз тинчлиги йўлида ҳалок бўлган ҳарбий хизматчилар ва ходимлар оила аъзоларини ижтимоий қўллаб-қувватлашни кучайтириш чора-тадбирлари тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони

📍https://uza.uz/posts/462036

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
#Xotin_qizlarni_e'zozlash

🔰 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda "Ayolga ehtirom ko‘rsatish-halqimizga xos oliy qadriyat" degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan davra suhbati tashkil etildi.

✳️ Anjumanda Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri, "Mo‘tabar ayol" mukofoti sovrindori Nasibaxon To‘ychiyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari, taniqli shoira Xurshida Vahobjon qizi, ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova va o‘quvchi qizlar ishtirok etdi.

♻️ Tadbirda jamiyat rivojida ayollarning oʻrnini koʻrsatib berish, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan qonunlar ijrosini taʼminlash hamda fidoyi, yuksak salohiyatli, izlanuvchan, bilimdon, oʻz kasb-korining ustasi boʻlgan xotin-qizlarning jamiyat ijtimoiy hayotidagi faolligini oshirish, xotin-qizlarning huquqiy, ijtimoiy, madaniy manfaatlarini muhofaza qilish, ularning faoliyatiga halaqit berayotgan toʻsiqlarni bartaraf etishning chora-tadbirlarini koʻrish masalalari boʻyicha fikr yuritish, mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash haqida so‘z yuritildi.

💢 Qizg‘in savol-javob tarzida tashkil etilgan uchrashuvda o‘quvchi qizlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. O‘zlarining ijod namunalaridan o‘qib berishdi.
Forwarded from Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi (Sardor Sirojiddin)
uz.pdf
359.5 KB
⚡️"Ўзбекистон Конституциясига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида"ги қонун лойиҳасининг тўлиқ матни эълон қилинди

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар
https://uza.uz/uz/posts/faol-va-tashabbuskor-xotin-qizlar-safi-kengayadi_463131
Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!

❇️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muasasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Nafosat oyligi" munosabati bilan 5 muhin tashabbus doirasida "Balli qizlar" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.

❇️ "Balli qizlar" ko'rik-tanlovida ijod maktabining 8-9 sinf o'quvchi-qizlari 5 ta shart bo'yicha o'zaro bellashdilar.

❇️ Ko'rik-tanlovda o'quvchi-qizlar she'riyat, "Musiqa sehri", "Pazandachilik sirlari"," Mohir qo‘llar" to'garaklarida olingan bilim va ko'nikmalarni amalda bajardilar.

👉https://t.iss.one/ima_myim