Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
888 subscribers
8.54K photos
882 videos
50 files
1.87K links
Download Telegram
#Ijod_maktablari

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mehmonlar Zahiriddin Muhammad Bobur hayotidan sahna ko‘rinishi, she'riy chiqishlar namoyish qilishdi. Mezbon maktab o‘quvchilari ham badiiy uchrashuvda she'rlar bilan ishtirok etishdi.

❗️Ta'kidlash joiz, ijod maktablari orasida o‘zaro hamkorlik, iliq munosabatlar shakllanishi o‘quvchilar orasida yakdil maqsadlarning birlashuviga zamin yaratadi.

⬇️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi
#Alisher_Navoiy_tavalludining_582_yilligi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan "Tarix qa'rida ikki yulduz" nomli bayram tadbiridan video-lavha.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekiston” universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha tashkil etilayotgan AI REWIND 2022 tadbirida qatnashish istagida bo‘lgan yoshlarga tadbir spikerlari video murojaatlar yo‘llashdi!

📌 Eslatib o‘tamiz, tadbir 18-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting.

Speakers of the event sent video messages to young people who want to participate in the AI REWIND 2022 organized on artificial intelligence at New Uzbekistan University!

📌 We remind you that the event will be held on February 18. Register to attend the event.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
#Ma'naviyat_soati

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova ishtirokida o‘quvchilarning zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
#To‘garak_mashg‘ulotlari

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun tashkil etilgan to‘garak mashg‘ulotlari faoliyatidan lavhalar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
19 февраль, якшанба куни соат 18:30 да “O‘zbekiston 24” телеканали ҳамда Президент матбуот хизматининг Facebook ва Youtube'даги расмий саҳифаларида "Цивилизациялар мероси: абадият карвонлари ортидан" ҳужжатли фильмини томоша қилинг.

Фильм Парижда бўлиб ўтаётган Ўзбекистоннинг бой маданий меросига бағишланган иккита йирик экспозиция ҳақида ҳикоя қилади. Улардан бири машҳур Луврда ташкил этилган. Мураккаб ва ноёб лойиҳа Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг шахсий ташаббуси ва қўллаб-қувватлаши туфайли амалга ошди.

Смотрите в воскресенье, 19 февраля в 22:30 часов документальный фильм "Наследие цивилизаций: за караваном вечности" на телеканале “O‘zbekiston 24” и официальных страницах пресс-службы Президента в Facebook и Youtube.

Картина рассказывает о проходящих в Париже двух крупных экспозициях, посвященных богатому культурному наследию Узбекистана. Одна из них организована в знаменитом Лувре. Реализация сложного и уникального проекта стала возможна благодаря личной инициативе и поддержке Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
5-son 2023 УзАС.pdf
1.1 MB
«O‘zbekiston adabiyoti va san'ati» газетасининг 2023 йил 10 февраль кунги 5-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Ушбу pdf файл таҳририят томонидан тақдим этилди.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/gazetalar_sharhi

👨‍⚕️ Salomatligingizga e'tiborli bo‘ling!
6-son 2023 УзАС.pdf
1.3 MB
«O‘zbekiston adabiyoti va san'ati» газетасининг 2023 йил 17 февраль кунги 6-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Ушбу pdf файл таҳририят томонидан тақдим этилди.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/gazetalar_sharhi

👨‍⚕️ Salomatligingizga e'tiborli bo‘ling!
#bobur_540

"ЯХШИЛИҒ"

✍️Заҳириддин Муҳаммад Бобур
🎤Маъмуржон Тўхтасинов


*  *  *

Ким кўрубдур, эй кўнгул, аҳли жаҳондин яхшилиғ?
Кимки, ондин яхши йўқ, кўз тутма ондин яхшилиғ!

Гар замонни нафй қилсам, айб қилма, эй рафиқ,
Кўрмадим ҳаргиз, нетойин, бу замондин яхшилиғ!

Дилраболардин ёмонлиқ келди маҳзун кўнглума
Келмади жонимға ҳеч ороми жондин яхшилиғ.

Эй кўнгул, чун яхшидин кўрдунг ямонлиқ асру кўп,
Эмди кўз тутмоқ не, яъни ҳар ямондин яхшилиғ?

Бори элга яхшлиғ қилғилки, мундин яхши йўқ –
Ким, дегайлар даҳр аро қолди фалондин яхшилиғ!

Яхшилиғ аҳли жаҳондин истама Бобур киби,
Ким кўрубдур, эй кўнгул, аҳли жаҳондин яхшилиғ?!

Заҳириддин Муҳаммад Бобур
JAYRON

Qon yig'latdi qaysi bag'ritosh,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?
Oyog'ingga qo'yib yotay bosh,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..

Yurak qoning to'kilgan so'qmoq,
Bag'ri alvon lolaqizg'aldoq.
Senga toshlar otdi qay gumroh,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..

Zor yig'lading buncha ham hayhot,
Menda ham bir sendagi sayyod...
Ey beozor, ey mo'min jonzot,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..

Bu dunyoning nokaslari bor,
Ezgulikni ko'rolmaydilar.
Meni ham qon qildilar ular,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..

Labim bilan yarang silayman,
Senga dardi shifo tilayman,
Kel, tug'ishgan og'ang bo'lay man,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?..

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot
YANGI O'ZBEKISTON UNIVERSITETINING TAQDIMOTI O'TKAZILDI

Bugun, Andijon shahridagi Prezident maktabida "Yangi O‘zbekiston" universiteti haqida taqdimot bo'lib o'tdi. Taqdimotda Andijon viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarning maslahatchilari, Prezident va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarining bitiruvchi o'quvchilari ishtirok etdi.

Taqdimot davomida "Yangi O'zbekiston" universitetida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, qabul jarayonlari va ta'lim tizimi haqida universitet rektori Baxtiyor Yuldashev tushunchalar berib o'tdi.

Taqdimot ishtirokchilari va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Tadbir yakunida bitiruvchi o‘quvchilarga universitetning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yangi kitob

QADAM

Nozik did bilan taqdim etilgan kitobda ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy publitsistik maqolalari orqali tanish bo‘lgan ijodkor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sardor Sirojiddinning Vatan, ota-ona, bolalik, muhabbat, tabiat haqidagi sheʼrlari jamlangan. Bu sheʼrlarni o‘qib, qachonlardir ko‘nglingizdan kechgan tanish tuyg‘ularni yodga olasiz. Xalqona ohanglarda bayon etilgan ushbu kitob sizga maqul keladi va ko‘nglingizdan joy oladi degan umiddamiz. Ijodida rang-baranglik, tabiiylik ustun bo‘lgan muallifning yangi “Qadam”i qutlug‘ bo‘lsin.

Nashriyot – Yosh avlod matbaa
Adadi – 1000 nusxa

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O`zbegim Zulfiyasi tanlovining axborot xati va nizomi.docx
65.6 KB
🏢Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi taniqli shoir Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “O‘zbegim Zulfiyasi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

📜1-yo‘nalish: nazm (Zulfiya ijod namunalariga nazira bog‘lash);

📄2-yo‘nalish: maqola (Zulfiya shaxsi va uning ijodiyotini yoritish);

🎥3-yo‘nalish: videorolik (Zulfiya qalamiga mansub she’rlaridan birini obrazli tarzda videoga olish. Video davomiyligi ikki daqiqadan, hajmi 200 mbdan oshmasligi kerak).

📖4-yo‘nalish: dars ishlanma. O‘qituvchilar uchun (Zulfiya hayoti va ijodini ochib beruvchi dars ishlanmasini tayyorlash)

Tanlovga ijodiy ishlar 27-fevral sanasiga qadar qabul qilinadi.

Ijodiy ishlaringizni @MamurovAkbar ga yuboring. Murojaat uchun:+99894 629 1171, +99899 550 0444, +99894 348 9865

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari