Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
868 subscribers
8.24K photos
864 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
#Seminar_trening

JAMOATCHILIKKA MAS'UL XODIMLAR UCHUN TRENING O'TKAZILDI

🔴Ayni paytda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi maktablar va "Yangi O'zbekiston" universitetining OAV va jamoatchilikka mas'ul xodimlari uchun o'quv-treninglari bo'lib o'tmoqda.

❗️Seminar-treninglar “Axborot xizmatini samarali tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlangan.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- Biz axborot asrida yashayapmiz va shu jihatdan sodir bo'layotgan yangiliklarni tezkor hamda xolis yoritish juda muhimdir. Bugungi seminar-treninglarimiz ham bu borada mahoratingizni oshirishga qaratilgan. Umid qilamizki, bu yerda egallagan ko'nikmalaringiz kelgusi faoliyatingizda ham foydali bo'ladi.

📍O'quv-treningda, shuningdek AOKA Davlat boshqaruv organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i Sadoqat Aslanova ham ishtirok etib, maruza qildi.

👉
Treninglar haqida saytimizda batafsil o'qing.
#Seminar_trening

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarida yangi baholash tizimiga o'tayotganligi munosabati bilan kriterial baholash tizimi mezonlarini ishlab chiqish yuzasidan seminar-treninglar bo'lib o'tdi.

Unda ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining pedagog-o'qituvchilari ishtirok etishdi.

📆Seminar-treninglar 2 kun davom etadi.

📌Ma'lumot o'rnida, Agentlik tomonidan ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun yangi-summativ baholash tizimi ishlab chiqilgan bo'lib, unda baholash jarayonlarida inson omilini minimallashtirishga ustuvorlik berilgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening

🔴Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi maktablarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari va psixologlari uchun seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda.

🔰Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimining samaradorligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Zero, yosh avlodni vatanga sadoqat va ma'nan yetuk qilib tarbiyalash bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Mazkur
seminar-treninglardan ko'zlangan maqsad ham bu borada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda maktab mas'ullariga metodik yordam ko'rsatishdan iborat.

O'ylaymanki, bugungi seminarda o'rgangan bilimlaringiz kelgusi faoliyatingizda ham asqotadi.

👉Batafsil saytimizda o'qing.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari uchun bo‘lib o‘tgan “Zamonaviy taʼlim tizimida boshqaruv sanʼati” mavzusida seminar-treningdan lavhalar.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube