Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
881 subscribers
8.06K photos
858 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
#Seminar_treninglar
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar

Andijon shahridagi Prezident maktabida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar o'qituvchilari uchun seminar trening jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

⚡️Tadbir avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova videomurojaat orqali ishtirokchilarni tabrikladi va ularga omad tiladi.

📝Seminar trening jarayonlarida o'qituvchilar uchun dars o'tish metodikasi, o'quv jarayonini tashkil etilishi, yangi baholash tizimi, elektron jurnalni yuritish kabi mavzularda taqdimotlar amalga oshirilmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook |Telegram|YouTube
Буюк мутафаккир ва қомусий олим Абу Райҳон Беруний таваллудининг 1050 йиллигини халқаро миқёсда кенг нишонлаш тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

📍 https://uza.uz/posts/402049

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube‌‌
QIZ QOʻSHIGʻI

Har oʻtganga moʻltirab,
Sogʻinadi onalar,
Sogʻinganda yoʻl qarab,
Ogʻrinadi onalar.
Sizga ilhaq olisda
Qadrdon ostonalar,
Sogʻintirmang onangiz,
Ey munis dugonalar!..

Yoshlik oʻtar, bu uyni
Bir kun tark ham etarsiz,
Yor-yor aytib yangalar,
Kelin boʻlib ketarsiz.
Ota uyning qadriga
Balki shunda yetarsiz...
Koʻzingizdan tomchilar
Munchoq-munchoq donalar.

Garchi Sizdan suluv yoʻq,
Qizlar qalamqoshisiz.
Umr kunda bayrammas,
Oʻtmaydi koʻz yoshisiz.
Malika boʻlsangiz ham
Palaxmonning toshisiz,
Boʻy yetgandan keyin hech
Ketmaydi bahonalar!..

Toʻydan keyin ham sizni
Sogʻinadi onalar,
Yoʻqlab bormas boʻlsangiz
Ogʻrinadi onalar.
Sizga ilhaq olisda
Qadrdon ostonalar,
Sogʻintirmang onangiz,
Ey munis dugonalar.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

👉@ptma_myim
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘qituvchilari Masturaxon Latipjonovaning "Iste'dodlar maskani" va Muhayyoxon Ashurovaning "O‘quvchining erkin va mustaqil fikrlashida adabiyotning o‘rni" mavzusidagi maqolalari "Iqbol" gazetasining 20 avgust kungi sonida nashr qilindi.

👉@ptma_myim
#Yangi_darsliklar
#Ijod_maktablari

YANGI ADABIYOT DARSLIKLARI - TA'LIM TIZIMIGA YANGICHA YONDASHUV!

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari uchun yangi yondashuvdagi 8- va 9-sinf Adabiyot darsliklari ishlab chiqildi.

Ushbu darslik:
▶️o‘quvchilarning ijodkorlik,
▶️yaratuvchanlik,
▶️kreativ fikrlash,
▶️didaktik tahlil va asar matni ustida mushohada yuritish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

❗️Bundan tashqari, birinchi marta adabiyot darsligiga “Adabiy laboratoriya” kiritildi.

🔰Mazkur adabiyot darsliklarida o'quvchilar nafaqat mutolaa qilish, balki audio matnlarni ham tinglash imkoniyatiga ega bo'lishadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Raqamli_avlod
#Fotoreportaj

Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Zamin" Xalqaro jamoat fondi va "Digital Generation Uzbekistan" NNT bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Raqamli avlod-2022" IT oromgohining 2-kunidan fotoreportaj.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI |ADABIY ANJUMAN 26.08.2022 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK