Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
887 subscribers
8.5K photos
875 videos
50 files
1.87K links
Download Telegram
🔰 Baliqchi tumanidagi "Shabboda" bolalar dam olish oromgohida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tomonidan "O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodi va faoliyatiga bir nazar" mavzuida mushoira tadbiri o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘istondan kelgan 200 nafar o‘quvchi yoshlar uchun ijod maktabining ijodkor o‘qituvchilari va o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

❇️Mushoira tadbirida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hamda qoraqolpoq shoiri Ibrohim Yusupov ijodidan namunalar o‘qildi.

@ptma_myim
📣📣DIQQAT!!!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovi yakunlari yuzasidan tashkil etiladigan onlayn ochiq muloqotni XALQ TA’LIMI VAZIRLIGIning FACEBOOK rasmiy sahifasi orqali ham kuzatishingiz mumkin.

👉Ulanish uchun: https://www.facebook.com/uzedu

👉Ochiq muloqotga ulanish havolasi: https://www.facebook.com/events/1235366143888077/

❗️Pedagoglar savollarini quyidagi manzilga yo'llashlari mumkin: https://t.iss.one/pmm_ustozbot
#Xushxabar
#A_level

⚡️14 TA PREZIDENT MAKTABINING BARCHASI XALQARO CAMBRIDGE IMTIHONLARINI O'TKAZUVCHI RASMIY MARKAZGA AYLANDI!

Xabar berganimizdek, xorijiy OTMlarga o‘qishga kirish uchun talab etiladigan A-level imtihonlarini o‘tkazish huquqi Prezident ta'lim muassasalari agentligiga berildi.

Hozirga qadar 4 ta - Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari A-level imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olingan edi.

❗️Endilikda qolgan 10 ta Prezident maktabi ham Cambridge Assessment International Education akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi va A/AS, IGCSE imtihonlarini o'tkazuvchi rasmiy markaz maqomiga ega bo'ldi.

4 ta Prezident maktabi tomonidan A-level imtihonlari may-iyun oyida o'tkazilgan bo'lib, natijalar avgust oyining 3-haftasida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

📌Ma'lumot uchun, A-level imtihonlari butun dunyodagi 1700dan ortiq universitetlar tomonidan tan olingan.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
#Imtihon_2022

📣📣Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 2-avgust kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

❗️Test jarayonlari 2-avgust kuni soat 18:00 da boshlanadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va yangilangan ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🏆Yangi o‘quvchidan ilk mukofot

🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 7-sinfiga qabul qilingan o‘quvchi Ro‘zimannopova Rohilaxon "Kamalak yulduzlari" respublika tanlovining sheriyat yo‘nalishi (F) bo‘yicha viloyat bosqichida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

❇️Rohilaxonning kelgusi o‘qish va ijodiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz

👉@ptma_myim
#Prezident_maktablari
#Imtihon_2022

📣📣Оta-onalar va o‘quvchilar diqqatiga!

Prezident maktablari imtihonlarining 2- bosqichi ochiq havoda o‘tkazilayotgani va yog‘ingarchilik ehtimoli borligi sababli imtihon vaqti 1 soat oldinga surildi

❗️Test jarayonlari 2-avgust kuni soat 17:00 da boshlanishini ma’lum qilamiz.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз бир йиллик байрамига тайёргарлик кўриш ва уни юқори савияда ўтказиш тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

📍https://uza.uz/posts/395178

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube‌‌
Forwarded from Yozuvchilar Uyushmasi Andijon Bo‘limi
📣 ДИҚҚАТ, ТАНЛОВ!

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси, Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги, Кинематография агентлиги, Бадиий академия, Ўзбекистон Миллий телерадиокомпанияси, Республика "Тасвирий ойна" ижодий уюшмаси ҳамда Журналистлар уюшмаси мамлакатимиз мустақиллигининг ўттиз бир йиллигига бағишланган "Энг улуғ, энг азиз" анъанавий республика кўрик- танловини эълон қилди.

Танловга "Янги Ўзбекистонда эл азиз, инсон азиз" деган бош ғояни ўзида мужассам этган асарлар-материаллар қабул қилинади.

✍️🎤📺📻 "Энг улуғ, энг азиз" танлови қуйидаги номинациялар бўйича ўтказилади:

🗞 босма ОАВ ходимларининг журналистик ишлари;
📺📻 телевидение ва радио ижодкорларининг материаллари;
💻 интернет-журналистика;
✍️ журналистлар томонидан нашр этилган публицистик мавзудаги китоблар;
📚 ёзувчи ва шоирларнинг бадиий асарлари;
🏞 тасвирий санъат, фото асарлари ва дизайн ишлари;
📽 кино санъати асарлари.

📍Эслатма: ҳужжатлар электрон тартибда ҳам қабул қилинади.

🔖 Танловга тақдим этилган ижодий ишларга қуйидаги ҳужжатлар илова қилиниши лозим:

▶️ муаллиф ва унинг профессионал фаолияти тўғрисида қисқача маълумот;
▶️ муаллифнинг паспорт нусхаси;
▶️ муаллифнинг манзили ва боғланиш телефонлари.

❗️Танловга 2021 йилнинг 1 августидан 2022 йилнинг 1 августигача бўлган даврда эълон қилинган материаллар – асарлар жорий йилнинг 22 августигача қабул қилинади.

Танлов ғолиблари Ватанимиз мустақиллигининг ўттиз бир йиллик байрами арафасида мукофотланадилар ва уларнинг рўйхати матбуотда эълон қилинади.

Ижодий ишлар "Энг улуғ, энг азиз" танловига деб кўрсатилган ҳолда ўз ижодий йўналишлари бўйича қуйидаги манзилга юборилиши лозим:

Ўзбекистон Журналистлари ижодий уюшмаси, 100011. Тошкент шаҳри, Навоий кўчаси, 30-уй. Тел.: 71 244-64-62

Ўзбекистон "Тасвирий оина" уюшмаси, 100011. Тошкент шаҳри, Навоий кўчаси, 30-уй. Тел.: 71- 244-11-64.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси, 100066, Тошкент шаҳри, Бунёдкор кўчаси, Адиблар хиёбони.тел. 71--231-83-49

Ўзбекистон Республикаси Кинематография агентлиги, 100115, Тошкент шаҳри,Чилонзор кўчаси 1 "А" уй. Тел. 71-277-81-49.
#Qutlov

⚡️Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori Nurmatova Shohistaxon Muhammadjonovna tavallud topgan sana.

🎉Shohistaxon Muhammadjonovna 1970 yil 5 avgust kuni Andijon viloyati Baliqchi tumanida tavallud topgan. Andijon davlat tillar pedagogik institutini tamomlagan.
Uzoq yillar ta'lim sohasida samarali faoliyat yuritgan. Xalq ta'limi a'lochisi. 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan "Sog‘lom turmush" medali bilan taqdirlangan.

🎊Ustozni tavallud kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etib, sihat-salomatlik, uzoq umr hamda oilaviy baxt tilagan holda, kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz

👉@ptma_myim
#Qutlov

⚡️Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Umarova Hilola O‘ktamovna tavallud topgan sana.

❇️Umarova Hilola O‘ktamovna 1988-yil 9 avgustda Olmoniyaning Vaymer shahrida tugʻilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - tashqi iqtisodiy faoliyat.
O'zbekiston Respublikas Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi.

📚Hilola O‘ktamovna dastlabki mehnat faoliyatini 2019 yilda Toshkent shahridagi INHA universitetining bosh menejeri lavozimidan boshlagan. 2019-2020 yillar Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktab direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2020 yildan Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori.

🏢Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi Hilola O‘ktamovnaning tavallud kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi. Sihat-salomatlik, uzoq umr hamda oilaviy baxt tilagan holda, kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaydi.

👉@ptma_myim
Muhammad Yusuf ijod maktabiga yangi qabul qilingan oʻquvchilar tilidan

Ey, Ijod maktabi bagʻringni ochgil,
Kelmoqdamiz koʻzlab yuksak marrani.
Biz nurli kelajak bunyod etamiz,
Bizni kutmoqdadur ijod gulshani.

Boshlanar shu maktab ostonasidan,
Adabiyot sahnasi uchun ilk qadam.
Ustozlar bilimi va mehri bilan,
Ertaga quyoshday porlayman men ham.

Ulugʻ maqsad sari yetaklab bugun,
Shahd bilan uradi yurak millari.
Shu maqsad yoʻlida yoʻlboshchi boʻling,
Ijod maktabining muallimlari.

Rohilaxon Roʻzimannopova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi
Forwarded from Hilola Umarova
❗️O‘zbekiston 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining chempioni bo‘ldi

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etgan yoshlarimiz tarixiy g‘alabani qo'lga kiritishdi.

Ushbu g'alaba bilan barchani chin dildan tabriklaymiz!

Sizlar bilan faxrlanamiz!
Андижон вилояти: ҳам зиёрат, ҳам саёҳат

Андижон вилоятида туризмни, айниқса, ички ва зиёрат туризмини ривожлантириш бўйича кенг кўламли ишлар олиб борилмоқда.

📍 https://uza.uz/posts/397090

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз Шавкат Мирзиёев Ҳиндистоннинг Ченнай шаҳрида бўлиб ўтган 44-Бутунжаҳон шахмат олимпиадасида чемпионликни қўлга киритган жамоамиз билан телефон орқали мулоқот қилиб, уларни ушбу буюк ғалаба билан қизғин табриклади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter