Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
882 subscribers
8.5K photos
873 videos
50 files
1.87K links
Download Telegram
Forwarded from Yozuvchilar Uyushmasi Andijon Bo‘limi
Qoraqalpoq xalqiga

Og'ritadi sochlarimning tolasin ham,
Zarra tikon kirar bo'lsa tovonimga.
Axir qanday jon kuydirib, yonmay xalqim
Yovlar ko'zin tiksa Qoraqalpog'imga...

Aldovlarga, ig'volarga uchmas bu el,
So'zi qasam, yolg'on qasam ichmas bu el.
Buguni zo'r, kelajagi porloq bo'lgay,
O'zbegidan, o'zligidan kechmas bu el.

Sen daxolar yetishtirgan qutlug' zamin,
O'zim olay yelkangdagi tashvish g'aming.
Senga berar ko'ksim to'la muhabbat bor,
Quchog'ingda his qilaman mehr ta'min.

Og'ritadi sochlarimning tolasin ham,
Zarra tikon kirar bo'lsa tovonimga.
Axir qanday jon kuydirib, yonmay xalqim
Yovlar ko'zin tiksa Qoraqalpog'imga...

Sadoqat Suyarova
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.
📣📣DIQQAT,E'LON!

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari asosida ixtisoslik fanlaridan darslik majmualarini yaratish ishlari davom etmoqda.

Аgentlik quyidagi ixtisoslik fanlaridan darslik majmualarini yaratish bo‘yicha mualliflar tarkibi tanlovini eʼlon qiladi:

▶️ Matematika (6-sinf)
▶️ Matematika (7-sinf)
▶️ Kimyo (7-sinf)
▶️Kimyo (8-sinf)

Qanday hujjatlar talab etiladi?

ishtirok etish uchun ariza;
qatnashchilarning maʼlumotnoma-obyektivkasi;
darslik majmuasining konseptsiyasi (0,5 bosma taboqqacha);
darslikning rejasi (bo‘limlar va mavzular mazmunining tezisli bayoni, 1 bosma taboqqacha);
bitta bob bo‘yicha ishlab chiqilgan namuna matni.

❗️Takliflar joriy yilning 1-avgustiga qadar asl nusxada va elektron shakli [email protected] elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

👉Tanlov shartlari haqida batafsil saytimizda o'qing.
#Сўраган_эдингиз
#Imtihon_2022

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga kechikib kelgan yoki hujjatida kamchilik aniqlanganligi uchun imtihonga kiritilmagan talabgorlarga imtihon topshirish uchun yana bir imkoniyat beriladimi?

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan bunday talabgorlarga 8-IYUL kuni qayta imtihon tashkil etiladi. Bugungi kunda imtihonga kechikib kelganlar va hujjatida kamchilik aniqlanganlarning ro'yxati shakllantirilmoqda.

Qayta imtihon kuni haqida ro'yxatdagi talabgor-o'quvchilarning telefon raqamiga sms-xabarnoma yuboriladi.

📞Call-markaz raqami: 1206

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Statistika_qabul
#Qabul_2022

🔰Agentlik tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul yuzasidan ariza.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 5-iyul soat 11:00 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Mutaxassis_javob_beradi
#Pedagog_kadrlar

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga o'qituvchilarni saralab olish tanlovining suhbat bosqichi natijalari qachon e'lon qilinadi?

Suhbat jarayonlari joriy yilning 1-iyuliga qadar davom etadi. Jarayonlar yakunlangandan so'ng, tanlov natijalari haqida joriy yilning IYUL oyida nomzodlarning job.piima.uz saytidan ro'yxatdan o'tgan telefon raqamiga sms-xabarnoma yuboriladi.

Tanlovning suhbat bosqichida nomzodning test jarayonlarida to'plagan bali ham inobatga olinadimi?

Test pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovining 2-bosqichi bo'lib, mazkur bosqichda to'plangan ball nomzodning 3-bosqichga o'tishini belgilaydi. Tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlarga yakuniy natijalar haqida sms-xabarnoma yuboriladi.

❗️Suhbat bosqichi natijalari teng bo'lib qolgan nomzodlarning test ballari inobatga olinadi.
ТАВАЛЛО

Оқ йўргакка ўрагансан ўзинг бизни,
Оқ ювиб, оқ тарагансан ўзинг бизни.
Бешигимиз узра бедор она бўлиб,
Кунимизга ярагансан ўзинг бизни.
Фидойинг бўлгаймиз сени Ўзбекистон,
Ҳеч кимга бермаймиз сени, Ўзбекистон!

Қалқонинг бор, ким қасд қилса гар жонингга,
Алпомишлар руҳи ёр ҳар ўғлонингга.
Асрагаймиз гиёҳинг ҳам гулдай ўпиб,
Ёвлар яқин йўлолмагай қўрғонингга.
Адойинг бўлгаймиз сени, Ўзбекистон,
Ҳеч кимга бермаймиз сени, Ўзбекистон!

Тузинг тотиб, унутганлар хор бўлади,
Кўзларига икки дунё тор бўлади.
Шодон даминг кўролмаган юртфурушлар
Бир кун бир кафт тупроғингга зор бўлади.
Ёнингда тургаймиз сени, Ўзбекистон,
Ҳеч кимга бермаймиз сени, Ўзбекистон!..

Гул кўринган даштингдаги гиёҳ-хасдир,
Соддадилу улуғворлик сенга хосдир.
Севамизки, чўлларинг ҳам бизга жаннат,
Тупроғинг ҳам Макка мисол муқаддасдир.
Онадек кўргаймиз сени, Ўзбекистон,
Ҳеч кимга бермаймиз сени, Ўзбекистон!

Муҳаммад Юсуф
Ўзбекистон халқ шоири
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mutaxassis_javob_beradi

"IMTIHONLAR JAVOBI QACHON CHIQADI?"

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va yangi tashkil etilgan maktablarga kirish imtihonlari javobi qachon e'lon qilinadi?

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
«O‘ZBEKISTON ADABIYOTI VA SAN’ATI» газетасининг 2022 йил 8 июль кунги 23-сони мутолаа учун ҳавола этилмоқда.

НАШРНИНГ БУГУНГИ СОНИДА:
ВАТАНИМНИНГ ҚЎШ ҚАНОТИ;
ОТАШИН ШОИР СИЙМОСИ САҲНАДА;
МАҚСУД ШАЙХЗОДА АДАБИЙ
МЕРОСИ ОЗАРБАЙЖОНДА;
ЖАЙҲУН ШАМОЛЛАРИ (Ўзбекистон Қаҳрамони Ибройим Юсуповга)
Сирожиддин САЙЙИД Ўзбекистон халқ шоири;
ҚОВУН ТИЛИМИ; (ҳикоя)
ТАРЖИМАДАГИ “КЕМТИК”ЛАР;
ШОИРНИНГ ҚАЛБ НАВОЛАРИ;
ТОНГ ВА ШОМ АРО
Бир ҳикоя талқини;
ИСЛОҲ НЕ ДЕМАКДУР?;
МАҚОМНИ КЎРИШ ВА АНГЛАШ КЕРАК;
САХОВАТ ВА МУРУВВАТ БАЙРАМИ;
МЎЙНОҚ МАНЗАРАЛАРИ;
АКА; (қатра)

каби долзарб ва қизиқарли мақолаларни ўқишингиз мумкин.
23-son 2022 УзАС.pdf
5.7 MB
"Ўзбекистон адабиёти ва санъати" газетасининг 23-сони
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Tabriknoma

Hurmatli vatandoshlar!

Prezident taʼlim muassasalari agentligi jamoasi barchangizni Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklaydi.

Ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt, farovonlik, omad, sihat-salomatlik, shaxsiy faoliyatingizda rivoj tilaymiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Муҳаммад Юсуф номидаги ижод мактабида уч авлод учрашуви ташкил этилди
#8july #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#Qabul_2022

📣📣DIQQAT, E'LON!

⚡️PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA QABUL E’LON QILINADI!

Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug'bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYULdan-20-IYULga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

⚡️Qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

⚡️Mazkur maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
❗️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga 5-sinfga;
❗️Mirzo Ulug'bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 7-sinfga qabul bo'ladi.

👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:

☎️Call-markaz raqami: 1206
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
Президент ижтимоий-иқтисодий ислоҳотларнинг ҳудудлардаги натижадорлиги бўйича йиғилиш ўтказди.
Йиғилишда туман ва шаҳарларда ислоҳотларнинг самарадорлиги, аҳоли ва тадбиркорлар кўтарган долзарб масалалар атрофлича таҳлил қилиниб, таклифлар билдирилди.
Давлатимиз раҳбари барча ислоҳотларни пастдаги бўғинларга боғлаб, уларни авваламбор аҳоли фаровонлигини оширишга қаратиш лозимлигини алоҳида таъкидлади.

Президент провел совещание по результативности социально-экономических реформ в регионах.
На совещании всесторонне проанализирована эффективность реформ в районах и городах, актуальные вопросы, поднятые населением и предпринимателями, высказаны предложения.
Глава государства особо отметил необходимость доведения всех реформ до низового уровня, нацелив их в первую очередь на повышение благосостояния населения.

#Mirziyoyev #yigilish #islohotlar #natijadorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⚡️⚡️⚡️Xalqaro press-klubning "Qabul 2022/2023: ochiq, shaffof va korrupsiyadan xoli" mavzusida navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tmoqda.

📍Sessiyada Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov, Davlat test markazi rahbari Majid Karimov va boshqa mutasaddilar ishtirok etmoqda.

🎥 Sessiyani jonli efirda kuzating.

Jonli efirni “O‘zbekiston 24”, “UzReport” va “Renessans” telekanallari orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.

❗️O‘tkazib yubormang!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube