Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.12K subscribers
10.2K photos
976 videos
53 files
2.12K links
Download Telegram
Forwarded from ANDIJON_TRK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI | M YUSUF IJOD MAKTABI TADBIR 10.02.2022 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan "Bobur va she'riyat" mavzusida adabiy anjuman tashkil etildi.

O‘tkazilgan anjumanda boburshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, ijod maktabining ijodkor o‘quvchilari ishtirok etdi.

⚡️Tadbir davomida ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Хуршида Ваҳобжон қизи

ЎЛУМ УЙҚУСИ

(Бобур ғазалига мухаммас)

Йироқлаб борга-ю тан, дил фироқинг бирла озурда,
Фано даштин кезурман, Анда жоним қолди фархунда,
Муҳаббат шамси қалбимда, саодат васфи камбуда,
Ўлум уйқусиға бориб жаҳондин бўлдим осуда,
Мени истасангиз, эй дўстлар, кўргайсиз уйқуда.

Жаҳондин зор кетсам, қайтмагим тақиқ билгайсиз,
Ғазал гулзорида гул очса дил, тадбиқ билгайсиз,
Ўтинчим: кўк сари юзланмагим тадқиқ билгайсиз,
Неким тақдир бўлса, ул бўлур таҳқиқ, билгайсиз,
Эрур жангу жадал, ранжу риёзат барча беҳуда.

Садоқат гулларим эл илкида, роҳим тўсар ағёр,
Демангиз шоҳ, ғурбат мулкида ҳолим эрур абгор,
Агарким етса-ю, ҳар лаҳза ишқинг шавқидин озор,
Ўзунгни шод тутгил, ғам ема дунё учун зинҳор,
Ки бир дам ғам емакка арзимас дунёйи фарсуда.

Фалакдан сочилур кўз ёшларим, дарё, топилғайму,
Кетар бўлсам узуб кўнгулни чин дунё топилғайму,
Эрурман ишқ пайкони, манга бир ё топилғайму,
Замона аҳли ичра, эй кўнгул, оё топилғайму
Сенингдек дард паймоу, менингдек дард паймуда.

Фароғат нелигин билмам, аё, Аллоҳ ўзинг қодир,
Кўнгулга етмади э ваҳ, саодатлиғ даме зоҳир,
Жаҳон гавҳарлари ҳечдир, манга тупроқ эрур нодир,
Улусдин тинмадим умримда ҳаргиз лаҳзае Бобур,
Магар ўлсам бу олам аҳлидин бўлғаймен осуда.

2006 йил

Фархунда – бахтли, саодатли;
Камбуда – мавжуд эмаслик, камлик, йўқлик.
Тадқиқ – синаш;
Таҳқиқ – ҳақиқат;
Паймуда – йўл юрмоқлик;
Фарсуда – эскирган, ҳориган.
Зоҳир – ёруғ;
🔰Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi va Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari ishtirokida adabiy kecha tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi rahbari, shoira Xurshida Vahobjon qizi, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori, adiba Omina Tojiboyeva, Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, adabiyotshunos olim Zokirjon Mamajonov, O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Mahpura Artiqova va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

⚡️Tadbir davomida ijod maktabi va Prezident maktabi o‘quvchilari ishtirokida tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

👉@ptma_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Anda_jonim_qoldi_mening

🔰Prezident ta'lim muassasalari tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining "Aktyorlik mahorati" to'garagi o'quvchilari ishtirokida Andijon farzandi, shoh va shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag'ishlangan sahna ko'rinishi.

Telegram /Insragram / Facebook
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari uchun bolalar oromgohi tashkil etiladi

Oromgoh faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

✔️bolalarni sog‘lomlashtirish, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish;
✔️ yoshlarning IT, STEAM (ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at, matematika), biznes boshqaruvi, ijod sohalaridagi iqtidorini rivojlantirish;
✔️ yoshlarni tadbirkorlikka o‘rgatish, tashabbuslar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash;
✔️ imkoniyati cheklangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
✔️ iqtidorli yoshlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va ular bilan tizimli ishlash mexanizmlarini joriy etish...

Oromgoh yil davomida faoliyat yuritadi, unda iqtidorli bolalar dam oladi va o‘qitiladi.

👉
Batafsil saytimizda o’qing.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Эълон

❗️DIQQAT! DIQQAT!

Hurmatli ota-onalar va o'quvchilar!

⚡️Ertadan boshlab ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlarining o'tgan yilgi test namunalarini e'lon qilishni boshlaymiz.

Test namunalaridan foydalanib, keyingi o'quv yili uchun imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Test_namunalari_1_qism
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o'tgan yilgi qabul imtihonlari test namunalarini e'lon qilishni boshladik.

⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga qabul imtihonlarining 5-sinf MATEMATIKA fanidan test namunalari bilan rasmiy sahifamizda tanishib boring 👉https://t.iss.one/piimauz