Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
882 subscribers
8.06K photos
858 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#Forum_mehmonlari_bilan_tanishtiramiz

Agentligimiz tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro ta'lim forumiga o’z yo'nalishi bo’yicha dunyoda
1-o’rinni egallab turgan Massachucets texnologiya instituti, Xalqaro Oliy ta'lim muassasalari reytingini baholovchi Times Higher Education tashkiloti, Myunxen Texnika Universiteti, Cambridge Assessment, TUM International tashkiloti va Nottingem universitetlari ishtiroki kutilmoqda.

Xalqaro ta'lim forumi 24-25-noyabr kunlari bo’lib o’tadi.

Forum yangiliklari:
https://eduforum.uz/
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

⚡️"YANGI O‘ZBEKISTON" UNIVERSITETI DUNYONING BOSHQA HUDUDLARI UCHUN HAM O‘ZIGA XOS MODELGA AYLANA OLADI

Vijay MS Kumar,
Massachusest Texnologiya Instituti (MIT) J-WEL direktori

- O'zbekistonga kelganimga atigi bir kun bo‘ldi, ammo allaqachon bir olam tassurotga egaman;.

- Bizning tashkilotimiz butun dunyoda ta'limni ijobiy tomonga o‘zgartirish va shakllantirishda ishtirok etadi. Bunda xalqaro hamkorlar bilan ishlaymiz, shulardan biri "Yangi O‘zbekiston" universitetidir.

- "Yangi O‘zbekiston" universiteti nafaqat O'zbekistonda, balki dunyoning boshqa hududlari uchun ham o‘ziga xos modelga aylana oladi. Tabiiyki, bu vaqt talab etadigan jarayondir.

- Biz mazkur universitet bilan o'quv dasturlarini ishlab chiqishda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bunda o'zimizning eng yaxshi tajribalarimizni 'Yangi O‘zbekiston" bilan bo'lishamiz.

Forum yangiliklari: https://eduforum.uz/
Одил Абдураҳмон 1944 йилда Андижон вилоятининг Қўрғонтепа туманидаги Маъмуробод қишлоғида туғилган. Андижон давлат педагогика институтининг филология факултетини тамомлаган. Вилоят, республика телерадиокампанияларида хизмат қилган. „Олтин водий“ газетасида бош муҳаррир бўлиб ишлаган.
Шоирнинг „Қувноқ болалар“, „Салом, қуёш“, „Ойга ремонт тушармиш», „Илдиз нима дейди?“, „Азим кичик армиясининг хазинаси», „Қуёшни юмалатиб“, „Болалик қолган жойлар“, ,,Ўзбеклар юрти“, „Милтиқ отилмади“, „Чандиқли киши“, „Жалолобод томонларда“, "Бойчечак" сингари йигирмадан ортиқ китоблари чоп этилган.
Одил Абдураҳмон Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасининг аъзоси.
Одил Абдураҳмон
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасининг аъзоси.

ТАРОҚ

Ишларига ярадим,
Сочларини тарадим.
Билиб қилсам ишимни,
Синдирдилар тишимни.

ЖЎХОРИ

Жўхориман,
Жўхориман.
Сиздан бўйдор
Юқориман.
Қўлтиқлаган
Болаларим,
Еб қўйишди
Холаларим.

ЛОЛА

Одамлардан
Қочдим мен.
Тоғда кўзим
Очдим мен.
Топиб олиб
Кулишди,
Чиройли деб
Юлишди.

ЖАҒ-ЖАҒ

Мен жағ-жағман.
Жағ-жағман.
Баҳор билан
Чоғ-чоғман.
Одамлар
Суйиб туриб,
Бошимдан
Туйиб туриб,
Барг-баданим
Чопдилар.
Сомса қилиб
Ёпдилар.

ҚУЁШНИ ЮМАЛАТИБ

Дон орқалаб қумурсқа,
Мажол қолмай юрмакка —
Тўхтаб қолди дуч келиб,
Кўз ёшидай кўлмакка.
Қумурсқа дер: — Қандай кои,
Бу ёиларда йўқ тартиб.
Қуритмоққа келсамми,
Қуёшни юмалатиб.

НОН

Буғдой нонман,
Оппоқ кўпган.
Пешанамдан
Деҳқон ўпган.
Териб егин,
Тушса ушоқ.
Мен ГEРБда,
Олтин бошоқ.

ЎЗБEК ЭЛИМ

Ўзбек элим,
Бек элим.
Сенга насиб
Эрк элим.
Пешанангга
Нур тегиб,
Камол топгин
Бахт эмиб.
Ўзингнинг ўз
Туғинг бор,
Мустақиллик
Чўғинг бор.
Бобом Темур
Суйган халқ,
Дунё узра
Яйраб балқ.
Ўзбек элим,
Бек элим,
Сенга насиб
Эрк элим.
Назира ас-Салом
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси

Шоиргинам

Ёлғон дунё ёлғонидан тониб кетган
шоиргинам,
Юрагининг тафтларидан ёниб кетган шоиргинам,
Элликка ҳам кириб-кирмай,бу оламдан қадр сўрмай,
Худойимнинг қисматига кўниб кетган шоиргинам.

Ҳазин кузга қолдирди у юрагининг
дардларини,
Бош устига қўйиб қўйди ўзбегининг мардларини,
Кўзларига суриб кетди ўз юртининг гардларини,
Юрт меҳрини сутдай эмиб,қониб кетган шоиргинам.

Қизларига меҳр эмас,юрагини қўйган бериб,
Ўғиллардан аълоларим менинг,деган кўкрак кериб,
Бир кун кўрмай қолса,Шому Ироқлардан келган юриб,
Дилбандларин ётларга ишониб кетган шоиргинам.

Хаслар сиққан жойга сиғмай кетган улуғ тоғим менинг,
Етти кўкдан сўратсамда, ортга қайтмас чоғим менинг,
Назмлари юракларни ёритган чироғим менинг,
Зиёлари уволгина бўлиб кетган шоиргинам,
Бизни суйиб,ҳурлар билан қолиб кетган шоиргинам!
#Forum_mehmonlari_bilan_tanishtiramiz

🔰 Jemal Yildiz - Turkiya Respublikasi Milliy ta’lim vazirligining Oliy va xorijiy ta’lim bo‘yicha bosh direktori, professor.

📍Mehnat faoliyatini 1989-yili Otaturk nomidagi Marmara universiteti Pedagogika fakultetida ilmiy xodim sifatida boshlab:

📅 1998, 2001, 2003, 2007 va 2011 yillarda qisqa muddatlarda
Rur
Duisburg
Koblenz
Frankfurt
Berlin
Vayngarten
pedagogika universitetlarida tilshunoslik, chet tili va ona tilini o‘qitish bo‘yicha tadqiqot olib borgan.

👉https://eduforum.uz/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

Julia Reynolds-Cuellar,
Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) J-WEL Oliy ta'lim bo'yicha direktor yordamchisi

-Yurtingizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich ishlar, mazkur maktablar va ayniqsa o'quvchilar menda chuqur taassurot qoldi. J-WEL va "Yangi O'zbekiston" o'rtasida hamkorlik aloqalarining yo'lga qo'yilayotganimizdan xursandmiz.

- Hozirda "Yangi O'zbekiston" universiteti va J-WEL o'rtasida hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Biz kelajakdagi ishlar hamda hamkorlikdagi loyihalar ustida ishlayapmiz.

- Tashkilotimizda boshlang'ich va o'rta maktab ta'limi bilan shug'ullanuvchi bo'lim mavjud. Bu borada ko'plab yangi loyihalar ustida ishlashimiz mumkin.Umid qilamanki, ta'lim sohasida olib boriladigan hamkorligimiz har ikki tomon uchun ham manfaatli bo'ladi

👉https://eduforum.uz/
Хуршида Ваҳобжон қизи,
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, шоира

МУҚАДДАС ВАТАН

Буюк ва муқаддас Ўзбекистонда
Ҳумо қушнинг баланд учмоғи азиз!
Мозий қатларидан асрий орзулар
Юксалиб, самони қучмоғи азиз.

Ватан дея урган ҳар бир юракнинг
Оҳидан яралган титроғи азиз.
Шонли Мустақиллик солномасида
Озод йиллар тизган саноғи азиз.

Ватаннинг дардию чеккан заҳмати,
Бағрида ҳар сиқим тупроғи азиз.
Азиз, барчасидан оби раҳмати,
Истиқлоли азиз, байроғи азиз.

Ҳурлик карвонида одимлар шаҳдам,
Танлаган нурафшон ўз роҳи азиз.
Халқ ила Ватаннинг чин ишонч билан
Сизу бизга тиккан нигоҳи азиз.
Назира ас-Салом
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси

Ўғлим Шерзодга

Хаёлимни оларсан бот-бот,
Хаёлингни ололмасам ҳам.
Орзуимга сен ҳам бир қанот,
Сенга она бўлолмасам ҳам.

Туташмади жонимга жонинг,
Аммо қисмат боғлади бизни-
Фарзандимга қўшилди қонинг,
Суйиб қолдим сен қора кўзни.

Ёв эмасман сенга, азизим,
Гарчи ўсдинг мендан ётсираб.
Ўйлар сурдим сен ҳақда узун,
Яратгандан омонлик сўраб.

Сенга элтар йўлларим оғир,
Тўшалгандир янтоқлардан чим.
Ғийбатларни ғафлатда қолдир-
Кел, бағримни тўлдиргин, ўғлим.
🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan aktyorlik to‘garagi a'zolari viloyat musiqali drama teatri binosida navbatdagi mashg‘ulotini olib bordi.

⚡️Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar teatr jamoasining yangi spektakli tayyorgarligi jarayonida ishtirok etdi.

👉@ptma_myim
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" nomli uch bosqichli ko‘rik-tanlov o‘tkazilmoqda

🔰Mazkur tanlovning Andijon viloyat bosqichida adabiyot va publitsistika yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Akmaljon Abdurahmonov, birinchi o‘rinni esa ijod maktabining sobiq bitiruvchisi Iroda Orifjonova qo‘lga kiritdi.

👉@ptma_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

Lachin Italmazova,
Times Higher Education tashkiloti mintaqaviy direktori

- Biz Times Higher Education tashkiloti sifatida jahon universitetlari xalqaro reytingini baholashda 13 turdagi me'zonlarga tayanamiz. Xususan, OTMlarning ilmiy tadqiqotlar olib borishi, mazkur ilmiy izlanishlarning sifatiga alohida e'tibor qaratiladi.

- Aytish mumkinki,"Yangi O'zbekiston" dunyoning yetakchi universitetlaridan biri bo'lish uchun ulkan salohiyatga ega. Tabiiy, bu vaqt talab etadigan jarayondir. Bunda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish muhim ahamiyat kasb etadi.

-Top universitetlar reytingiga kirish nafaqat jahon miqyosida tan olinish, balki eng yaxshi iqtidor egalarini jalb etish va jahon OTMlari hamda tashkilotlar bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish demakdir
.

👉Forum yangiliklari: https://eduforum.uz/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum

📣📣Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan 24-25-noyabr kunlari “Yangi O‘zbekiston ta'limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” mavzusida xalqaro forum tashkil etilmoqda!

Mazkur forumdan ko‘zlangan maqsad:
🔸xorijiy davlatlar vakillarini O‘zbekistondagi ta'lim islohotlari bilan tanishtirish;
🔸zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirishning xorij tajribasini joriy etish;
🔸nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan tajriba almashishdan iborat.

⚡️Forumga Yevropa, Amerika, Osiyo qit'alaridan ta'lim sohasining 100 dan ortiq yetuk mutaxassislari, o‘z yo‘nalishida jahonning eng nufuzli ta'lim dargohlari rahbarlari va jahon OTMlari reytingini baholovchi Times Higher Education tashkiloti ishtirok etishi kutilmoqda.

Forum ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Savollaringizni @eduforumuz_bot orqali yo’llang!
#Xalqaro_forum

⚡️“Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro ta’lim forumi boshlandi!


Bugun 2021-yil 24-noyabr kuni Toshkent shahri Xalqaro anjumanlar saroyida ta’lim sohasidagi eng dolzarb masalalarni hal qilishni maqsad qilgan “Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” deb nomlangan xalqaro ta’lim forumi o‘z ishini boshladi.

Anjumanlar saroyining ko‘rgazmalar zalida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident,ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tomonidan tashkil etilgan loyiha va taqdimotlar namoyishi o‘tkazildi.

👉Bizni jonli efirda kuzating.