Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob
#aktyorli_mahorati
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchilari uchun yo‘lga qo‘yilgan Aktyorlik mahorati to‘garagi a'zolari tomonidan o‘tgan davr mobaynida yuzlab asarlar sahnalashtirildi.
Ijodiy to‘garak a'zolari tomonidan o‘quvchilar o‘zlarining ijod namunalari hamda ustoz ijodkorlarning sara asarlari asosida sahnalashtirilgan chiqishlar namoyish etildi.
E'tiboringiz uchun to‘garak a'zolarining eng sara asarlari hisoblangan "Maktabda yolg‘iz" nomli hajviy asarini havola etamiz. Ushbu sahnalashtirilgan asar AQSh kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan "Uyda yolg‘iz" kinosi asosida yaratildi.
👇Bizni kuzatishda davom eting
👉https://t.iss.one/ima_myim

Yangi yil orzulari
Umrimning kitobidan
Bir varaq ochib bu dam,
Soqiydan sõrayman gap
Benavbat, betakalluf.
Yangi yil sharobidan
Bir qultum ichgan odam,
Bõlar ekan, vo ajab
Daf'atanda faylasuf.
Mayli axir qadah ham
Dilkusho dõstlar aro
Yurakni ochmoq uchun
Sabab-u bahonadir.
To bor ekan bu olam
Biz bor ekan dahr aro
Yangi yil bor, may gulgun
Sukunat begonadir.
Dõstlar, biz shu mamlakat
Safdagi õğlonlari
Biz qilgan tilaklarda
Uning nomi muddao.
Yurtning tashvish-u zahmat,
Sevinch, hayajonlari
Bizning ham yuraklarda
Sado berar doimo.
Ortga bir tashlang nigoh
Bir yilda yurt pahlavon
Necha yilga barobar
Yillarni yurgani rost.
Yana vijdonlar ogoh,
Dovon ortida dovon,
Murakkab muammolar
Oldinda turgani rost.
Agar yangi õn yilning
Qutluğ ostonasida
Olam rejalar uchun
Belimizni boģlaymiz-
Demakki, uchinchi ming-
Yillik koshonasida
Yashamoqqa biz bugun
Õzimizni choğlaymiz.
Dilga beraylik savol,
Yõlga boqaylik bir dam,
Bir butun hayot oldda,
Ortda butun bir hayot.
Yashay oldikmi halol,
Bõla oldikmi odam,
Ketsak bizdan hayotda
Ne qolgusi xotirot.
Qolmasin yurakda zang
Dilda zarracha ģubor.
Kõngillar kõzgusini
Toza qilib yuvaylik.
Kelajakka biz bilan
Kirib bormasin zinhor,
Manmanlik tuyğusini
Kõngillardan quvaylik.
Yotgan bõlsa mabodo
Dilning qay burchagida
Riyo, tama, kin, hasad,
Bir-bir termoq choğidir.
Zar ishqi ham bir savdo
Odamzod yuragida,
Uni abadul abad
Õtga betmoq choğidir.
Yukladik futuvvatga
Mõjiziy raqamlarni
Bor ekan ğayrat, istak,
Ado eturmiz biroq-
Eng oliy baloğatga
Boshlamoq odamlarni,
Yuraklarni pok etmak
Anchayin murakkabroq...
Yangi yil davrasida
Faqat õzimi emas,
Õrtada bizlar uchun
Jon berganlar ruhi bor.
Dasturxon tegrasida
Ular bilan xamnafas
Suhbat qurmoqning bukun
Õzgacha shukuhi bor.
Ruhlar sokin xobidan
Turib keldilar bu dam.
Ular hisobot talab
Beda'vo, betaassuf...
Yangi yil sharobidan
Bir qultum ichgan odam,
Bõlar ekan vo ajab
Daf'atanda faylasuf.
Mayli axir qadax ham
Ishongan dõstlar aro
Yurakni ochmoq uchun
Sabab-u bahonadir.
To bor ekan bu olam,
Biz bor ekan dahr aro
Yangi yil bor, may gulgun
Sukunat begonadir.
✍Erkin Vohidov
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
👉https://t.iss.one/ima_myim
Umrimning kitobidan
Bir varaq ochib bu dam,
Soqiydan sõrayman gap
Benavbat, betakalluf.
Yangi yil sharobidan
Bir qultum ichgan odam,
Bõlar ekan, vo ajab
Daf'atanda faylasuf.
Mayli axir qadah ham
Dilkusho dõstlar aro
Yurakni ochmoq uchun
Sabab-u bahonadir.
To bor ekan bu olam
Biz bor ekan dahr aro
Yangi yil bor, may gulgun
Sukunat begonadir.
Dõstlar, biz shu mamlakat
Safdagi õğlonlari
Biz qilgan tilaklarda
Uning nomi muddao.
Yurtning tashvish-u zahmat,
Sevinch, hayajonlari
Bizning ham yuraklarda
Sado berar doimo.
Ortga bir tashlang nigoh
Bir yilda yurt pahlavon
Necha yilga barobar
Yillarni yurgani rost.
Yana vijdonlar ogoh,
Dovon ortida dovon,
Murakkab muammolar
Oldinda turgani rost.
Agar yangi õn yilning
Qutluğ ostonasida
Olam rejalar uchun
Belimizni boģlaymiz-
Demakki, uchinchi ming-
Yillik koshonasida
Yashamoqqa biz bugun
Õzimizni choğlaymiz.
Dilga beraylik savol,
Yõlga boqaylik bir dam,
Bir butun hayot oldda,
Ortda butun bir hayot.
Yashay oldikmi halol,
Bõla oldikmi odam,
Ketsak bizdan hayotda
Ne qolgusi xotirot.
Qolmasin yurakda zang
Dilda zarracha ģubor.
Kõngillar kõzgusini
Toza qilib yuvaylik.
Kelajakka biz bilan
Kirib bormasin zinhor,
Manmanlik tuyğusini
Kõngillardan quvaylik.
Yotgan bõlsa mabodo
Dilning qay burchagida
Riyo, tama, kin, hasad,
Bir-bir termoq choğidir.
Zar ishqi ham bir savdo
Odamzod yuragida,
Uni abadul abad
Õtga betmoq choğidir.
Yukladik futuvvatga
Mõjiziy raqamlarni
Bor ekan ğayrat, istak,
Ado eturmiz biroq-
Eng oliy baloğatga
Boshlamoq odamlarni,
Yuraklarni pok etmak
Anchayin murakkabroq...
Yangi yil davrasida
Faqat õzimi emas,
Õrtada bizlar uchun
Jon berganlar ruhi bor.
Dasturxon tegrasida
Ular bilan xamnafas
Suhbat qurmoqning bukun
Õzgacha shukuhi bor.
Ruhlar sokin xobidan
Turib keldilar bu dam.
Ular hisobot talab
Beda'vo, betaassuf...
Yangi yil sharobidan
Bir qultum ichgan odam,
Bõlar ekan vo ajab
Daf'atanda faylasuf.
Mayli axir qadax ham
Ishongan dõstlar aro
Yurakni ochmoq uchun
Sabab-u bahonadir.
To bor ekan bu olam,
Biz bor ekan dahr aro
Yangi yil bor, may gulgun
Sukunat begonadir.
✍Erkin Vohidov
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
👉https://t.iss.one/ima_myim
Telegram
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
Veb-sayt: https://ijodmaktabi.uz/
Facebook: https://www.facebook.com/muhammadyusuf.ijodmaktabi
Instagram:
https://instagram.com/m_yusuf_ijod_maktabi
Telegram: @ima_myim
Murojaatlar uchun @sardor_sirojiddin
Facebook: https://www.facebook.com/muhammadyusuf.ijodmaktabi
Instagram:
https://instagram.com/m_yusuf_ijod_maktabi
Telegram: @ima_myim
Murojaatlar uchun @sardor_sirojiddin
Xayrlashuv
Bu yil kimning gulzoriga yoʻlim tushdi,
Kimdir meni koʻrib bexos hushi uchdi,
Gohi alam, gohi shodlik kelib quchdi,
Ne boʻlsa-da sen umrimning naqshi yilim,
Xush kelganding, xushnud ketgin, Yaxshi yilim!
Ba'zan Oyning shu' lasi ham Quyosh boʻldi,
Ba'zan doʻstim qolib gʻanim sirdosh boʻldi.
Darslaringdan topganim zoʻr bardosh boʻldi,
Xaritasiz yoʻllarimning naqshi yilim,
Xush kelganding, xushnud ketgin,Yaxshi yilim!
Sen Robbimdan inoyatli imkon boʻlding,
Qancha isming Savob yana Ehson boʻlding.
Uch yuz oltmish beshta asl marjon boʻlding,
Oʻn ikki oy tegrasining naqshi yilim,
Xush kelganding, xushnud ketgin, Yaxshi yilim!
Netay, navbat dunyosiga fidodirman,
Gar "hoʻp" desang, Yangi yilga sadodirman...
Sen ilingan bitiklarga rizodirman,
Qirq oltinchi koshonamning naqshi yilim,
Xush kelganding, xushnud ketgin, Yaxshi yilim!
✍Shahlo Hamidova
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi.
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Tabrik
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan muborakbod etadi!
Yangi yilda yangi zafarlar, yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!
Yangi yil barchaga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt va saodat olib kelsin!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YANGI YIL KECHASI
Ko‘ngil mayus tortdi yilning so‘ngida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko‘zim o‘ngida,
Yana bir yoshimni o‘g‘irlading, qor.
Qirqinchi qasrimga o‘taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?..
Bahorim yetgudek qo‘lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g‘alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig‘lab kuzatsam…
Dardim jim ichimga yutaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
So‘rsang, sevinchimdan o‘kinchim ko‘proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko‘zda tabassum-u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Yangi yil,
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo‘qlab kelganingni o‘zi bir bayram.
Qulog‘ingga bir gap aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi…
✍ Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!
Barchangizni kirib kelayotgan yangi — 2025-yil bilan samimiy tabriklayman va o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.
Yakunlanib borayotgan yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga doir qator muhim o‘zgarishlarga birgalikda guvoh bo‘ldik. Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasi mamlakatimizning har bir hududida kechayotgan o‘zgarishlarda, har bir pedagog faoliyatida o‘z aksini topmoqda, desam adashmagan bo‘laman.
Joriy yilda birgina O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar - hamkasblarimiz uchun katta yangilik bo‘ldi. Unda pedagoglar nufuzini, sha’ni va qadr qimmatini yanada yuksaltirish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustahkam qonuniy asoslar belgilandi.
Hurmatli ustozlar!
Men ishonaman, kirib kelayotgan 2025-yil ham barcha yurtdoshlarimiz qatorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun ham unutilmas, xayrli voqealarga, xushxabarlarga boy bo‘ladi.
Bizning maqsadimiz aniq: ertamiz egalarini barkamol tarbiyalash uchun sidqidildan ishlash, ta’lim sifatini oshirish, soha rivojiga munosib hissamizni qo‘shish. Ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘lda barchangizga katta kuch-g‘ayrat tilab qolaman.
Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin!
Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

#yangi_yil_tabrigi
Assalomu alaykum,
Muhtaram ustozlar!
Aziz o‘quvchi yoshlar!
Bugungi quvonchli kunlarda siz azizlarni, yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, mana shu unutilmas, shukuhli damlarda sizlarni va siz orqali oila a’zolaringizni qutlug‘ qadamlar bilan yurtimizga kirib kelayotgan yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklab, samimiy tilaklarimni izhor etishni o‘zim uchun katta baxt, deb hisoblayman.
Tugab borayotgan 2024 yil bizning ijod maktabimizda barakali yil bo‘ldi. Ustozlarimiz, o‘quvchi yoshlarimiz tomonidan misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishildi.
Aziz o‘quvchi yoshlar!
Oldingizga qoʻygan ulkan maqsadlarga erishishingizda sizga doimo kuch-gʻayrat, omad va zafarlar tilaymiz. Yuqori natijalarni qayd etishingizda ijod maktabi rahbariyati, mehnatkash oʻqituvchilari oʻzlarining bor bilim va salohiyatini safarbar etadi.
Hurmatli oʻqituvchilar, pedagog tarbiyachilar!
Ijod maktabimizda tahsil olayotgan yoshlarimizni yetuk kadrlar boʻlib yetishishida, o‘z bilimi, o‘z ijodi bilan jonajon vatanimizning ravnaqiga oʻzining beminnat hissasini qoʻshishida sizning oʻrningiz katta. Bu yoʻlda sizga doimo kuch-gʻayrat tilayman!
Yangi yilda barchamizning Yaratganimizdan ezgu orzu-maqsadlarimizning ro‘yobga chiqishini, xonadonlarimizning qut-barakasi, fayzini berishini chin qalbimizdan so‘raymiz. Kirib kelayotgan yangi yilimiz yurtimizga, barcha-barcha oilalarga baxtu saodat va omad keltirsin! Vatanimiz tinch, xalqimiz omon, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!
✍Shohistaxon Nurmatova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori
@ima_myim

Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Aziz oʻquvchilar!
Barchangizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin qalbimdan samimiy qutlayman!
Ortda qolayotgan 2024-yilda bir jamoa, bir oila boʻlib, Davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida ulkan marralarga erishdik.
Boshlanajak yangi yilda yangi marralar, yangi yutuqlar, yangi muvaffaqiyatlar kutib turgani shubhasiz.
Farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasi, kelajagi yoʻlidagi sharafli va oʻta masʼuliyatli vazifamizdan bir zum ham ogʻishmay oʻquvchilarimizning sifatli taʼlim olishi uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.
Ishonamanki, sizdek masʼuliyatli jamoa bilan hamjihatlikda yelkama-yelka turib, g‘ayrat-shijoat koʻrsatib, 2025-yil yakunlari boʻyicha ham jonajon xalqimiz va hurmatli Prezidentimiz oldida yuzimiz yorugʻ boʻladi.
Siz azizlarni yangi yil bilan yana bir bor tabriklab, hamma istak va tilaklaringiz, orzu va umidlaringiz amalga oshsin, kutganingizdan ortigʻi, oʻylaganingizdan aʼlosi, istaganingizdan ziyodasi nasib qilsin deyman.
Yangi yil xonadoningizga fayz-u baraka, sihat-salomatlik, baxt va saodat, ulkan yutuqlar va yuksak zafarlar olib kelsin!
Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги
—
Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#xushxabar
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Robiya Mahmudovaning "Mushuk" nomli hikoyasi ingliz tiliga tarjima qilinib, Germaniya davlatida chop etiladigan ''Raven Cage" nomli davriy jurnalida chop etildi
Ijodkor o‘quvchimizni ushbu yutuq bilan muborakbod etib, kelgusi o‘qish va ijodiga muvaffaqiyat tilaymiz.

#o‘quvchilar_ijodidan
Ustoz
Goʻzallikning koni qayda,
Yaxshilikni kim boqqan.
Sadoqatning xomiysi kim,
Nega hammaga yoqqan?
Ishonch bilan matonatning
Obroʻsi hamon baland.
Shirinsoʻzlik ta'min bilsam
Goʻyo asal bilan qand.
Ishtiyoqning oʻrni osmon
Saodatga omad yor.
Oʻylab qoldim bu soʻzlarga
Qay manbada ta'rif bor?
Xomushligim koʻrib ustoz
Soʻrab asta sababin.
Bunday oʻychan holatimning
Bilmoq boʻldi daragin.
Savolimni berdim bir- bir
Yechib asta tugunni.
Ustoz, menga yoʻl koʻrsating
Yengillating yukimni.
Bolajonim, oʻylanma hech
Savoling hech yukmas-da.
Gar aytganim bajara olsang
Gʻaming ketar birpasta.
Bu soʻzlarning magʻzin senga
Chaqib berar bir oftob.
Senga asil yordamchidir
Kutubxona va kitob!
Rahmat aytib ustozimga
Parishonlikni yopdim.
Yaxshiyamki ustozim bor
Bariga yechim topdim!
✍Mubina Sharipova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Туркистон жадидлик ҳаракатининг асосчиси, атоқли адиб ва жамоат арбоби, ношир ва педагог Маҳмудхўжа Беҳбудий таваллудининг 150 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида"ги қарори
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О широком праздновании 150-летия со дня рождения основателя джадидского движения в Туркестане, выдающегося писателя, общественного деятеля, издателя и педагога Махмудходжи Бехбуди"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О широком праздновании 150-летия со дня рождения основателя джадидского движения в Туркестане, выдающегося писателя, общественного деятеля, издателя и педагога Махмудходжи Бехбуди"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#xushxabar
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Rohila Ro‘zimannopovaning bir qator ijod namunalari turli davlatlar bilan hamkorlikda nashr qilingan jamoaa to‘plamlarda chop etildi.