Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
889 subscribers
8.14K photos
862 videos
49 files
1.84K links
Download Telegram
#psixologik_trening

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yuqori sinf o‘quvchi qizlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ruhiy tetik, maʼnaviy barkamol, kasbiy xususiyatlarini o‘rganish maqsadida maktab psixologi Muattar Akramova tomonidan "Kelajakni birga quramiz" mavzusida psixologik treninglar tashkil etildi.

🔷Treningda o‘quvchi qizlarnining kuchli jihatlarini yaxshiroq anglashga, oʻz-oʻzini hurmat qilishni rivojlantirishga, ishonchsizlik va qoʻrquvni yengishga yordam berish, shu bilan bir qatorda, faoliyat davomida oʻzining xatti-harakatlarini muvaffaqiyatli tarzda toʻliq anglashga koʻmaklashish turli o‘yinlar orqali tushuntirildi.

💥Shuningdek, yosh avlodni maʼnan barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularni zararli axborotlar va axborot xuruji taʼsirlaridan himoyalash eng dolzarb mavzu ekanligi aytib o‘tildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qizlar_olimpiadasi
#matematika

⚡️Ayni paytda Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarining 5-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida “Qizlar olimpiadasi”ning hududiy bosqichi o‘tkazilmoqda.

📚Olimpiada jarayonlari matematika fanidan test va yozma ish shaklida tashkil etilgan boʻlib, hududiy bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan (1-2-3-oʻrin) oʻquvchi qizlar olimpiadaning Agentlik bosqichiga yoʻllanmani qo‘lga kiritadilar.

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qizlar_olimpiadasi

QIZLAR OLIMPIADASINING HUDUDIY BOSQICHI

Joriy yilning 14-dekabr kuni Respublikamizning barcha hududida Agentlik tizimidagi maktablarning oʻquvchi qizlari o'rtasida matematika fani olimpiadasining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.


Jami 1 770 nafar qizlar ishtirok etgan mazkur olimpiada Agentlikning har bir hududga masʼul etib belgilangan vakillari tomonidan joyiga chiqqan holda kuzatib borildi.

Qolaversa, olimpiada jarayonlarini toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borish uchun ota-onalarga alohida sharoitlar yaratib berildi. Ular real vaqt rejimida test jarayonlarini kuzatib borishdi.

Olimpiada jarayonlaridan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda

Oʻzbekiston24|Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Millat bayrogʻi” shiori ostida maʼdaniy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi

Oʻzbekiston24|Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Inklyuziv taʼlim" loyihasi

Oʻzbekiston24|10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Oʻzbekiston24|"Raqamli avlod IT haftaligi-2024" gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi

Oʻzbekiston24|Yangicha taʼlim tizimi va yangicha yondashuvlar

Oʻzbekiston24|"Yangi O'zbekiston" universitetida amalga oshirilayotgan ishlar, natija va kelgusidagi rejalar

Oʻzbekiston24|Fizika fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening

Oʻzbekiston24|Ijod maktabi oʻquvchilarining ilk kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston24|Raqamli avlod IT haftaligi

“Yangi Oʻzbekiston”
|Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilarining Bosh Qomusimizni oʻrganayotgan jarayonlaridan fotolavhalar

Toshkent|Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni doirasida davra suhbati oʻtkazildi

Yoshlar|Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida "Jadidlar izidan" tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi oʻtkazildi

Yoshlar|Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida oʻtkazilgan "Jadidlar izidan" respublika ko'rik tanlovining Toshkent shahar bosqichidan lavhalar

Foreign Languages|Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabining oʻqituvchilari “Good morning, Uzbekistan” teledasturi ishtirokchisi

Foreign languages|Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli oʻquvchilari “Good morning, Uzbekistan” teledasturi ishtirokchisi

RenessansTV
|Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi

Sevimli
|“Yashil makon” loyihasi: kelajagimizga daxldor ezgu harakat

Mening yurtim|Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi mezbonligida "Jadidlar izidan" tanlovining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi

TaraqqiyotTV
|Andijon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bagʻishlangan davra suhbati

JaslarTV|Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil toʻldi

Kun.uz|“Boshida kimyoga umuman qiziqmaganman”

QaraqalpaqstanMTRK|Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘ldi

AndijonMTRK|Andijon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatiga nazar

AndijonMTRK|Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining ijodkor o‘quvchilari

AndijonMTRK|Andijon shahridagi Prezident maktabining iqtidorli o‘quvchilari erishayotgan yutuqlar

SurxondaryoMTRK
|Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli oʻquvchilari ustozlari bilan “Munavvar kun” teledasturi mehmoni

SurxondaryoMTRK|Termiz shahar 2- son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchisi Jahongir Avazov “Munavvar kun” musiqiy dam olish dasturi mehmoni

XorazmMTRK|Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatiga nazar

XorazmMTRK
|Ogahiy nomidagi ijod maktabining pedagog-ustozlari erishgan yutuqlar

XorazmMTRK
|Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagogi Hurmatbek Allayorov "Navozanda" koʻrsatuvi mehmoni

XorazmMTRK|Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Uch avlod uchrashuvi"

NavoiyMTRK|Oʻquvchilarning huquqiy bilimlari oshirilmoqda

QashqadaryoMTRK|Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bayram tadbiri

QashqadaryoMTRK|Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Aziza Karimova va Marjona Akmalova “Fayzli kun” dasturi mehmoni

SamarqandMTRK|Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi nishonlandi

NamanganMTRK|"Vatan va el siylar isteʼdod ahlin"shiori ostida adabiyot haftaligi

FargʻonaMTRK|“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida "Yosh ekologlar" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

FargʻonaMTRK|Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Sarhisob" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

JizzaxMTRK|Forish tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi

JizzaxMTRK
|Akademik va yoshlar uchrashuvi

SirdaryoMTRK|Ijod maktabida "Muqaddasdir Vatan bayrogʻi" shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘quvchilar_bekati

BOLALIK

Chang ko‘cha, bolalik so‘qmoqlarini,
Go‘yoki bo‘rondek uchirib ketding.
Onamning mehrli to‘qmoqlarini,
Qaysar shoxligimga oshino etding.

Tandirda quyoshdek qizargan nonlar,
Uzoq qish kechasin juda sog‘indim.
Qaytib kelarmikan biz kutgan onlar,
Bobom ertaklarin eslab ovundim.

Bo‘y cho‘zgan rayhonni chakkaga taqib,
Arg‘imchoq o‘ynash-chun uydan qochardik.
Pishmagan  o‘rikning g‘o‘rasin qoqib,
Qand to‘la sandiqning qulfin ochardik.

Lahzalar tez oqar daryodek go‘yo,
Yurakni kuydirib, g‘ashlab ketadi.
Bular umrimdagi eng laziz lahza,
Bolalik barchani tashlab ketadi.

Gulasal Davronbekova
Muhammad Yusuf nomidagi
ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ustozlar_ijodi

QISH ERTAGI

Oppoq, xarir edi borlig‘ing
Oydin eding-to‘lin oy eding.
Ko‘zlarimdan qochirganimda
Hayolimga sen kirib kelding.

Oppoq-oppoq orzularimga
Qiyo boqmay kulgan chechagim.
Sendan ayro tushgandan buyon,
Yulduzlarga aytgum ertagim.

Azob bilan oqarar tonglar,
Tunlar uzun-dilda qiynoqlar.
Men ham endi sevgisiz qoldim,
Anglab yetdim, sizni qiynoqlar.

Qish ham kirdi, ayoz kun bo‘yi
Hasratimday yog‘averdi qor.
Ushalmadi kurtaklar o‘yi
Yiroqlashib ketgandi bahor.

Chor atrof qor, go‘yo sen kelding,
O‘sha oydin ko‘ylakda yonib.
Tashqariga yugurib chiqdim,
Hayolimga o‘zim ishonib.

Yo‘q, sen yo‘qsan, umidvor kutdim,
Zulmat yana keldi so‘roqlab.
Yuragimga taskinlar aytdim
Kelayotgan azobga chog‘lab.

Yo‘q, negadir horg‘in ko‘zlarim
Yumilarkan asta ilg‘adim...
Derazaga boqqancha sahar
Bir to‘p gulni ko‘rib yig‘ladim...

Minhojiddin MIRZO

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Yog’averar qor [www.Bisyor.net]
Shuhrat Daryo
#retro

🎼Yog‘averar qor(Qish ertagi)
Minhojiddin MIRZO
🎙Shuhrat DARYO

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qish_tarovati

🌨Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida qish tarovati

☃️Oppoq qor bilan qoplangan zamin tarovati bugun o'zgacha. Havo sovuq bo'lsa-da, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchi yoshlarining ko'ngillarida iliqlik hukmron.

Bizni kuzatishda davom eting!
@ima_myim