Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.2K subscribers
10.4K photos
989 videos
54 files
2.16K links
Download Telegram
#Ijodiy_to‘garaklar

O‘quvchi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali ularning kasb-hunar sirlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish, ularning intellektual va jismoniy rivojlanishi, milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirilishini ta’minlash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish hamda kasbiy va ijodiy iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yo‘lga qo‘yilgan to‘garak rahbarlarining tanishtiruv darslari o‘tkazildi.

Ijodiy va kasbiy to‘garaklar:

- Ijod ustaxonasi adabiy to‘garagi,
- Badiiy tarjima adabiy to‘garagi,
- Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash to‘garagi,
- Musiqa va san'atshunoslik to‘garagi,
- Aktyorlik mahorati to‘garagi,
- Dizayn va chevarchilik to‘garagi,
- Veb dizayn va dasturlash to‘garagi,
- Kompyuter grafikasi va media savodxonlik to‘garagi,
- Tasviriy va raqamli san'at to‘garagi
- Pazandachilik.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
2👍2
#psixologik_mashgulot

🏢 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yangi qabul qilingan 7-D sinf o‘quvchilari uchun maktab psixologi Muattarxon Akramova tomonidan “Maktabda tanishuv” mavzusida psixologik trening mashg’ulotlari o’tkazildi.

🔥Treningdan maqsad esa o’quvchilarni fanlarga qiziqishlarini va dars jarayonidagi kayfiyatlarini oshirish hamda ularning intellektual salohiyatini takomillashtirishdan iborat.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
🔥21👍1🎉1
Ilmning sehrli olamiga sayohat

🔰Bobur nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi Andijon shahri markazidagi zamonaviy va ko‘p tarmoqli jamoat maskani hisoblanadi. Shu boisdan ham Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchilari bilan ushbu ziyo maskaniga sayohat uyushtirildi.

📚Ekskursiya davomida o‘quvchilarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarib, yana-da kamol toptirish uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklar yaratilganligiga guvoh bo‘liishdi.

🔷Xalqimiz azaldan ilm-maʼrifatga intilgan, kitob o‘qishga qattiq muhabbat qo‘ygan. Viloyat axborot kutubxona markaziga uyushtirilgan sayohatdan asosiy maqsad ham ana shu anʼanalarni yoshlarimizga yetkazish hamda ular orasida kitobxonlikni yana-da oshirish, sohaga oid yangidan yangi asarlar bilan tanishishlariga xizmat qiladi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
👍2😍1