Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
867 subscribers
8.29K photos
866 videos
50 files
1.86K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ball koʻrsatkichi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshdi

Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga koʻra, maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ballari soʻnggi besh yilda 69,8 baldan 78 ballga oshganligini koʻrishimiz mumkin (2020-yilda 69,8 ball, 2021-yilda 74,9 ball,2022-yilda 75,8 ball, 2023-yilda 76,1 ball, 2024 yilda 78 ball).

Ahamiyatli jihati, 2024-yilgi abituriyentlarga tegishli oʻrtacha ball 70,8 ni tashkil etgani holda, joriy yil maktab bitiruvchilarining oʻrtacha bali umumiy koʻrsatkichdan 7,2 ball yuqori.

Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75 + ball) egallagan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari yoki 80 foizi aynan joriy yildagi maktab bitiruvchilaridir.

Albatta, bizga bundan ham yuqori ko‘rsatkichlar kerak. Muhimi, raqamlarda ijobiy siljish bor. Hurmatli ustozlar va ota-onalar, kelgusi yillarda natijalar bundan-da yaxshi bo‘lishi uchun farzandlarimiz ta’limiga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz zarur.
#Minhojiddin_Mirzo_59_yoshda!

ONAM EKKAN RAYHONLAR

Hovlimizga jannat boʻyin taratgan,
Sabolarga ifor tutgan, yayratgan,
Koʻkdan oyu oftobni ham qaratgan,
Borligʻida malaklarmi nihonlar,
Rizvon ekan onam ekkan rayhonlar.

Kapalaklar arimasdi qoshidan,
Bolarilar ketolmasdi boshidan,
Unganmidi onamning bardoshidan,
Oh kaftdagi jannat, derdi giryonlar,
Ehson ekan onam ekkan rayhonlar.

Garchi gul koʻp bu olamda iforli,
Qoʻl choʻzsang gar ozorligu, tikonli,
Tarovatli, muslim kabi iymonli,
Uni arshdan tushirmishmi posbonlar,
Jahon ekan onam ekkan rayhonlar.

Har tong turib siypardi gul yuzlarin,
Erkalagan ona kabi qizlarin,
Sirdosh bilib aytganmi dard, soʻzlarin
Oʻsha chogʻlar neni qilmish bayonlar,
Doston ekan onam ekkan rayhonlar.

Boshim qoʻysam men koʻksiga onamni,
Rayhon isi chulgʻar edi tanamni,
Oh, u jannat tark etdimi olamni,
Yaprogʻiga yigʻlab taqdim marjonlar,
Figʻon ekan onam ekkan rayhonlar.

Ona desam zor titraydi bu jonim,
Ketdimi-ya bor davlatim, jahonim,
Mehribon yoʻk, kayda u mehribonim,
Dardim endi kanday tutay pinhonlar
Darmon ekan onam ekkan rayhonlar.

Sogʻinchimga bu dunyoda yoʻq chora,
Gʻarib bogʻman, bogʻbonsiz qalb ming pora,
Onamsiz men kim boʻldim, bir bechora
Tatirmidi menga bu shirin onlar,
Davron ekan onam ekkan rayhonlar.

Bir kun men ham bu dunyodan oʻtarman,
Balkim, qoʻlda rayhon bilan ketarman,
Shunday onam diydoriga yetarman,
Darkor emas bundan oʻzga unvonlar,
Imkon ekan onam ekkan rayhonlar…

✍️ Minhojiddin Mirzo
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👇@ima_myim
#ishga_taklif

📣Agentlik tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi quyidagi fanlar bo‘yicha o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif qiladi:

🔹Ingliz tili
🔹Tarix
🔹Matematika
🔹Ikkinchi xorijiy til (nemis, koreys, turk)
🔹San'at (tasviriy san'at, chizmachilik, musiqa)

👩‍🏫Talabgor o‘qituvchilar

Oliy ma’lumotli;
Pedagogika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
eng kamida birinchi yoki oliy toifaga ega bo‘lishi,
milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi,
O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi muhim.

♻️ Imkoniyatlar:

Ahil va professional jamoa;
Doimiy malakaviy o‘sish;
Iqtidorli o‘quvchilar;
Xalqaro konferensiya va treninglar.

📌Oylik maoshi: Pedagog toifasi va til bilish darajasiga bog‘liq

❗️Hujjatlarni shu yilning 10-avgust kuniga qadar quyidagi manzilga yoki telefon raqamlariga yuborishingiz mumkin:  

📞914821015

📍Manzil: Andijon shahar, Amur Temur ko‘chasi, 26-uy
#New_Uzbekistan_university

⚡️IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

📝 Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirib, 6-iyul kungi saralash imtihonida ishtirok etgan abituriyentlarning imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalari “Cambridge University Press and Assessment” tashkilotining veb sahifasi orqali e'lon qilindi.

💫 Shuningdek, shaxsiy kabinetingiz orqali (https://admission.newuu.uz) o'qishga grant yoki to'lov-kontrakti asosida qabul qilinganligingizni bilib, shartli ofertani yuklab olishingiz va o'z joyingizni band qilishingiz mumkin.

❗️Shartli ofertani yuklab olmagan talabgorlar o'qishga qabul qilinmaydi va kutish rejimida turgan talabgorlarga almashtiriladi.

💫 Oʻqishga qabul qilingan barcha abituriyentlarni talaba boʻlganliklari bilan muborakbot etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jadidlar

ASHURALI ZOHIRIY

⚫️Ashurali Zohiriy 1885-yilda Qo‘qon shahri yaqinidagi Oyim qishlog‘ida tug‘ilgan.
⚫️U Cho‘lpon bilan birgalikda 1926-yilda “Adabiyot parchalari” darsligini tuzib nashr ettirdi.

Batafsil: jadid-media.uz
O'shal damlar | #TheRadius
Yahyobek Mo'minov
#Retro

🎼“O‘shal damlar”
Farid Usmon
🎙Yahyobek Mo‘minov

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
#transfer_piima_uz

📣OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🔎 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2023/2024-o‘quv yilida sinfdan-sinfga ko'chirilgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi orqali amalga oshirish mumkinligini eslatib o‘tamiz.

🗺 Arizalarni joriy yilning 2-avgust sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali arizalaringizni Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
Arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
O‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi.

❗️ESLAB QOLING!
⚠️ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

📌 Eslatma: Yangi 2024/2025-o‘quv yili uchun imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar tegishliligi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilar safiga qabul qilinganidan keyin ko‘chirilishi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️ O‘tgan o‘quv yilidan unutilmas voqealar

“Yangi O‘zbekiston” universitetida 2023/2024-o‘quv yili davomida eng esda qolarli jarayonlardan videolavha.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hikoya

Ota


Hov naridagi ko‘prik ustida qiy-chuv qilib o‘ynayotgan bolalarning ovozi xayolini bo‘ldi. Daryo uzra yo‘l solgan bu ko‘prik uning bolalik paytlarida hali qurilmagandi, odamlar-u ot-ulovlar kechuvdan o‘tishardi. Yillarning shitobini qarangki, qirq yilning nari-berisida qurilgan mana shu ko‘prik ham go‘yo azaldan bor bo‘lganday tuyuladi.

👉davomi...
#oʻquv_yiliga_tayyorgarlik

YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida tizimdagi maktablarda 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari yuzasidan ZOOM platformasi orqali onlayn yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Agentlik rahbariyati, mas’ul xodimlar, tizimdagi maktab direktorlari ishtirok etdi.

Bugungi kunda Agentlik direktori A.Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan tizimdagi ta’lim muassasalari faoliyati, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda. Yig‘ilishda o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchilik va muammolar tahlil qilindi. Agentlik tizimida faoliyat olib borayotgan, lekin lavozim majburiyatlariga sovuqqonlik bilan yondashayotgan rahbar xodimlar qat’iy ogohlantirildi.

Xususan, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini yuqori sifatda va jadal sur’atda davom ettirish lozimligi qat’iy ta’kidlanib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube