Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#imtihon_natijalari_2024
#ijod_maktablari
🔔 IJOD MAKTABLARIGA O’TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!
✅ Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:
🤖 @Ijod_natija_2024_bot
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#ijod_maktablari
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
#ishga_taklif
📣Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi quyidagi fanlar bo‘yicha o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif qiladi:
🔹Ingliz tili
🔹Tarix
🔹Matematika
🔹Ikkinchi xorijiy til (nemis, koreys, turk)
👩🏫Talabgor o‘qituvchilar
➖Oliy ma’lumotli;
➖Pedagogika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
➖eng kamida birinchi yoki oliy toifaga ega bo‘lishi,
➖milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi,
➖O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
➖Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi muhim.
♻️ Imkoniyatlar:
➖Ahil va professional jamoa;
➖Doimiy malakaviy o‘sish;
➖Iqtidorli o‘quvchilar;
➖Xalqaro konferensiya va treninglar.
📌Oylik maoshi: Pedagog toifasi va til bilish darajasiga bog‘liq
❗️Hujjatlarni shu yilning 10-avgust kuniga qadar quyidagi manzilga yoki telefon raqamlariga yuborishingiz mumkin:
📞914821015
📍Manzil: Andijon shahar, Amur Temur ko‘chasi, 26-uy
👉@ima_myim

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤️🔥 “Jadid” gazetasining 2024-yil 26-iyuldagi 31-soni bilan tanishing:
📱Elektron gazeta
⚫️Oqil SALIMOV:
“Inson va Vatan hurriyati”;
⚫️Sharifa SALIMOVA:
“Qabohat saltanati”;
⚫️Ro‘zimboy HASAN:
“Ajrimlar ajri barchamizning yelkamizga tushmoqda”;
⚫️Ilhom G‘ANIYEV:
“Inson to‘qnashuvlarda kashf etiladi”;
⚫️Bahrom IRZAYEV:
“Jadidlar. Turkistonga maktublar” mutimedia ko‘rgazmasi ish boshladi”;
⚫️Kamol HAKIMOV:
“Umummillat fuqarosi”;
⚫️Mamatqul HAZRATQULOV:
“Izlanish iste’dodni charxlaydi”;
⚫️Muxtor XUDOYQULOV:
“Chayon” va “Cho‘l chayoni”ning nishtari”;
⚫️GUMNOM:
“Qarzxoh ila qarzdor”, “Orzu yoki xayol”, “Xushim kelmaydur”
Nodira EGAMQULOVA nashrga tayyorladi;
⚫️Abduvohid HAYIT:
“Partu”;
⚫️Shahnoza SOATOVA:
“San’atda etika masalasi”;
⚫️Mulla XUNOB:
“Darvozabon”.
🔴Ushbu son bo‘yicha 2-avgust kuni soat 21:00 da bo‘lib o‘tadigan “Yutuqli mutolaa” tanlovida ishtirok eting!

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024
📝 Yangi saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON XALQIGA ХALQLAR DO‘STLIGI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI
“Aziz yurtdoshlar!
Fursatdan foydalanib, sizlarni, butun xalqimizni Xalqlar do‘stligi kuni bilan yana bir bor chin ko‘ngildan muborakbod etaman.
Jonajon Vatanimizda doimo tinchlik-osoyishtalik va farovonlik hukm sursin, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqiga hamisha baxtu saodat yor bo‘lsin!”
Batafsil: jadid-media.uz
“Aziz yurtdoshlar!
Fursatdan foydalanib, sizlarni, butun xalqimizni Xalqlar do‘stligi kuni bilan yana bir bor chin ko‘ngildan muborakbod etaman.
Jonajon Vatanimizda doimo tinchlik-osoyishtalik va farovonlik hukm sursin, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqiga hamisha baxtu saodat yor bo‘lsin!”
Batafsil: jadid-media.uz
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#imtihon_natijalari_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
📣 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!
❗️Joriy yilning 9-10-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.
📌 Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:
🤖 @Piimaa_tayanch_natija_2024_bot
❗️ DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
📣 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!
❗️Joriy yilning 9-10-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.
📌 Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jadidlar
SAIDAHMAD HASANXOʻJA OʻGʻLI SIDDIQIY
⚫️Saidahmad Hasanxoʻja oʻgʻli Siddiqiy – Ajziy 1864-yili Samarqand viloyatining Jomboy tumani Halvoyi qishlogʻida hunarmand oilasida tavallud topgan.
⚫️1908–1910-yillari L.Tolstoy hikoyalarini, Krilov masallarini, Gogolning “Shinel” povestini oʻzbek va tojik tillariga tarjima qilgan.
Batafsil: jadid-media.uz
SAIDAHMAD HASANXOʻJA OʻGʻLI SIDDIQIY
⚫️Saidahmad Hasanxoʻja oʻgʻli Siddiqiy – Ajziy 1864-yili Samarqand viloyatining Jomboy tumani Halvoyi qishlogʻida hunarmand oilasida tavallud topgan.
⚫️1908–1910-yillari L.Tolstoy hikoyalarini, Krilov masallarini, Gogolning “Shinel” povestini oʻzbek va tojik tillariga tarjima qilgan.
Batafsil: jadid-media.uz
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#apellatsiya_2024
📝 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 30-31-IYUL, 1-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI
➖Ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
➖Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.
➖ Apellatsiya bo'yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.
🌐 Arizalarni maktablar kesimida quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin.
⚪️ Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
⚪️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
⚪️ Ijod maktablari uchun
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
➖Ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
➖Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.
➖ Apellatsiya bo'yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz
RENESSANS OROMGOHIDA KUCHAYTIRILGAN O‘QUV-MASHG‘ULOTLARI DAVOM ETMOQDA
Ayni vaqtda oromgohda iqtidorli o‘quvchilarning navbatdagi guruhi – Agentlik tomonidan o‘tkazilgan olimpiadalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 130 nafar o‘g‘il-qiz mazmunli hordiq chiqarmoqda. Yoshlarga 20 dan ziyod malakali pedagog va murabbiylar bosh-qosh.
Dam olish maskanida STEM fanlari bo‘yicha kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari bilan bir qatorda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Xususan, "Zakovat" intellektual tanlovi yoshlarga o‘z bilimlarini namoyish etish va rivojlantirish imkoniyatini berayotgan bo‘lsa, jurnalistika yo‘nalishida o‘tkazilayotgan seminarlarda o‘quvchilarga maqola yozish, intervyu olish va reportaj tayyorlash usullari o‘rgatilmoqda. Shu bilan birga psixologik, jamoaviy ishlash bo‘yicha treninglar ham o‘tkazilmoqda.
Oromgohda "Mohir qo‘llar", "Zakovat", rus tili, robototexnika, drama, suzish to‘garaklari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda o‘quvchilarning o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Shuningdek, kiber sport, mini futbol, basketbol, voleybol, "Foord Renessans", "Quvnoqlar va zukkolar" musobaqalari ham o‘tkazilmoqda.

Forwarded from Hilola Umarova
Maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ball koʻrsatkichi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshdi
Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga koʻra, maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ballari soʻnggi besh yilda 69,8 baldan 78 ballga oshganligini koʻrishimiz mumkin (2020-yilda 69,8 ball, 2021-yilda 74,9 ball,2022-yilda 75,8 ball, 2023-yilda 76,1 ball, 2024 yilda 78 ball).
Ahamiyatli jihati, 2024-yilgi abituriyentlarga tegishli oʻrtacha ball 70,8 ni tashkil etgani holda, joriy yil maktab bitiruvchilarining oʻrtacha bali umumiy koʻrsatkichdan 7,2 ball yuqori.
Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75 + ball) egallagan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari yoki 80 foizi aynan joriy yildagi maktab bitiruvchilaridir.
Albatta, bizga bundan ham yuqori ko‘rsatkichlar kerak. Muhimi, raqamlarda ijobiy siljish bor. Hurmatli ustozlar va ota-onalar, kelgusi yillarda natijalar bundan-da yaxshi bo‘lishi uchun farzandlarimiz ta’limiga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz zarur.

#Minhojiddin_Mirzo_59_yoshda!
ONAM EKKAN RAYHONLAR
Hovlimizga jannat boʻyin taratgan,
Sabolarga ifor tutgan, yayratgan,
Koʻkdan oyu oftobni ham qaratgan,
Borligʻida malaklarmi nihonlar,
Rizvon ekan onam ekkan rayhonlar.
Kapalaklar arimasdi qoshidan,
Bolarilar ketolmasdi boshidan,
Unganmidi onamning bardoshidan,
Oh kaftdagi jannat, derdi giryonlar,
Ehson ekan onam ekkan rayhonlar.
Garchi gul koʻp bu olamda iforli,
Qoʻl choʻzsang gar ozorligu, tikonli,
Tarovatli, muslim kabi iymonli,
Uni arshdan tushirmishmi posbonlar,
Jahon ekan onam ekkan rayhonlar.
Har tong turib siypardi gul yuzlarin,
Erkalagan ona kabi qizlarin,
Sirdosh bilib aytganmi dard, soʻzlarin
Oʻsha chogʻlar neni qilmish bayonlar,
Doston ekan onam ekkan rayhonlar.
Boshim qoʻysam men koʻksiga onamni,
Rayhon isi chulgʻar edi tanamni,
Oh, u jannat tark etdimi olamni,
Yaprogʻiga yigʻlab taqdim marjonlar,
Figʻon ekan onam ekkan rayhonlar.
Ona desam zor titraydi bu jonim,
Ketdimi-ya bor davlatim, jahonim,
Mehribon yoʻk, kayda u mehribonim,
Dardim endi kanday tutay pinhonlar
Darmon ekan onam ekkan rayhonlar.
Sogʻinchimga bu dunyoda yoʻq chora,
Gʻarib bogʻman, bogʻbonsiz qalb ming pora,
Onamsiz men kim boʻldim, bir bechora
Tatirmidi menga bu shirin onlar,
Davron ekan onam ekkan rayhonlar.
Bir kun men ham bu dunyodan oʻtarman,
Balkim, qoʻlda rayhon bilan ketarman,
Shunday onam diydoriga yetarman,
Darkor emas bundan oʻzga unvonlar,
Imkon ekan onam ekkan rayhonlar…
✍️ Minhojiddin Mirzo
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👇@ima_myim