Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
865 subscribers
8.32K photos
868 videos
50 files
1.86K links
Download Telegram
#ustozlar_ijodidan

VATAN DESAM

Bu diyorning ayvonlari nurga talosh,
Bu diyorning kayvonisi oyu quyosh.
Vatan desam ko‘zimda yosh, yuzimda yosh
Ko‘zga surtay nonlarini, nonlarini.

Tiriklikning zahmatlari, taqdirlari,
Hayotining bor hikmat ham tadbirlari,
Ey, onamning tuproqqina tandirlari,
Isitgansiz jonlarini, jonlarini.

Kim Vatanni zar to‘niga yeng etmishdir,
Kim bag‘rini osmonlarday keng etmishdir.
Yaratganning o‘zi bugun teng etmishdir
Asrlarga onlarini, onlarini.

Bir suvoriy kelmoqdadir — Boburmi yo?
Hirotmi yo, Hindistonmi yoki Ko‘nyo,
Ko‘rib keldi, bundan so‘ng ham ko‘rsin dunyo
Sultonlari, xonlarini, xonlarini.

Bu diyorning ayvonlari nurga talosh,
Bu diyorning kayvonisi oyu quyosh,
Vatan desam ko‘zimda yosh, yuzimda yosh,
Ko‘zga surtay nonlarini, nonlarini.

Nechun o‘tmoq hasad ekib umrlarga,
Dilni o‘rab g‘araz, riyo ko‘mirlarga?
Havas qilib yashang ulug‘ Temurlarga,
El bilgaydir shonlarini, shonlarini.

Sirojiddin Sayyid
O‘zbekiston xalq shoiri


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
📆7-MAY – TOʻLEPBERGEN QAYIPBERGENOV TUG‘ILGAN KUN

Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekiston Qahramoni Toʻlepbergen Qayipbergenov 1929-yil 7-mayda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Kegeyli tumanida tavallud topgan.

Dastlabki qissasi “Sekretar” nomi bilan chop etilgan bo‘lib, undan so‘ng “Rahmat, muallim”, “Sovuq tomchi”, “Uyqusiz tunlar” qissalari, “Qoraqalpoq dostoni” trilogiyasini tashkil etgan “Mamanbiy afsonasi”, “Qoraqalpoqnoma” roman-essesi, “U dunyoga bobomga xatlar” kabi asarlari chop etilgan. “Qoraqalpoqman – tavakkalchiman” asari, shuningdek, “Familiya” pyesasi, “Berdaq” (“Sahro bulbuli”), “Oydoʻst bobo” dramatik asarlari oʻzbek, qozoq, rus va qoraqalpoq tillarida sahnalashtirilgan. Asarlari qoraqalpoq xalqining XVII—XVIII asrlardagi tarixi, Orol fojiasi, mintaqadagi ekologik vaziyat, turkiy tilli xalqlarning oʻzaro qardoshligi haqida yozilgan.
📣 Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan maktablar rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi joriy etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi.

Unga koʻra:

2023-2024-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan respublikadagi 500 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining har biriga 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi kengaytiriladi;

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama berish tartibi joriy etiladi;

👉 Ustamalar baholash oʻtkazilgan oʻquv yilidan keyin keladigan oʻquv yilidan (1-sentabrdan) boshlab bir kalendar yil davomida toʻlanadi.


Qarorning to‘liq matni

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sizga qaysi biri qiziq!

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yo‘lga qo‘yilgan ijodiy to‘garaklarning qaysi biri sizga ko‘proq yoqadi.
Anonymous Poll
34%
Ijod ustaxonasi (she'riyat)
22%
Badiiy tarjima
46%
Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash
31%
Aktyorlik mahorati
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktab
#ochiq_eshiklar_kuni

📣 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 2024 yil 15 may kuni "Ochiq eshiklar" kuni bo'lib o'tadi.

🔹 Unda siz ijod maktabining hayoti bilan yaqindan tanishishingiz mumkin. Shu bilan birga:
O‘tgan o‘quv yilida erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan xisobot yig‘ilishi
Ijod maktabidagi ta'lim tizimi va o'qitish metodikasi
O'quvchilar uchun ta'lim muassasasida va o‘quvchilar yotoqxonasida yaratilgan shart-sharoitlar
O‘quvchilar tomonidan turli to‘garak mashg‘ulotlarida yaratgan ijodiy ishlar ko'rgazmasi
Maktab bo'ylab ekskursiya qilishingiz ko‘zda tutilgan.

🗓 15-may
10:00 dan 15:00 gacha
📍 Manzil: Andijon shahar, Amur Temur ko'chasi 26-uy

Mo‘ljal: Temiryo‘lchilar shifoxonasi

Murojaat uchun telefonlar:
+998902108202
+998990010058
+998905272868
+998979916244

@ima_myim
#9_MAY
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

🔥9-may – Xotira va qadrlash kuni.

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ikkinchi jahon urushida yurt tinchligi va ozodligi, avlodlarning porloq istiqboli uchun jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan "Jasorat - millat g‘ururi va iftixori" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Sizga qaysi biri qiziq!

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklarning qaysi biri sizga ko‘proq yoqadi.
Anonymous Poll
23%
Veb dizayn
25%
Kompyuter grafikasi
27%
Tasviriy va raqamli san'at
26%
Robototexnika
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat-e’tibor hamisha diqqat markazimizdadir.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biri sanaladi. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha jonajon xalqimizning ardog‘idadir.

Xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-u saodat arimasin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Sizga qaysi biri qiziq!

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib yo‘lga qo‘yilgan qo‘shimcha to‘garaklarning qaysi biri sizga ko‘proq yoqadi.
Anonymous Poll
15%
Yosh kitobxon
43%
Aql charxi (shahmat)
29%
Zakovat
13%
Fan to‘garaklari
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktab
#ochiq_eshiklar_kuni

📣 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 2024 yil 15 may kuni "Ochiq eshiklar" kuni bo'lib o'tadi.

🔹 Unda siz ijod maktabining hayoti bilan yaqindan tanishishingiz mumkin. Shu bilan birga:
O‘tgan o‘quv yilida erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan xisobot yig‘ilishi
Ijod maktabidagi ta'lim tizimi va o'qitish metodikasi
O'quvchilar uchun ta'lim muassasasida va o‘quvchilar yotoqxonasida yaratilgan shart-sharoitlar
O‘quvchilar tomonidan turli to‘garak mashg‘ulotlarida yaratgan ijodiy ishlar ko'rgazmasi
Maktab bo'ylab ekskursiya qilishingiz ko‘zda tutilgan.

🗓 15-may
10:00 dan 15:00 gacha
📍 Manzil: Andijon shahar, Amur Temur ko'chasi 26-uy

Mo‘ljal: Temiryo‘lchilar shifoxonasi

Murojaat uchun telefonlar:
+998902108202
+998990010058
+998905272868
+998979916244

@ima_myim