Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Andijon shahridagi shoir nomi bilan ataluvchi hiyobonda adabiy-ma'rifiy, badiiy anjuman tashkil etildi.
Qator davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, taniqli shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati a'zosi, Andijon viloyati hokimi Shuxratbek Abdurahmonov ishtirok etib, shoir hayoti va ijodi haqida so‘z yuritdi.
👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim

Forwarded from Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON FARZANDI MUHAMMAD YUSUF TAVALLUDINING 70 YILLIGI MUNOSABATI BILAN RESPUBLIKA IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI ANDIJON BOʻYLAB SAYOHATDA BOʻLMOQDALAR...
Andijon viloyat MMTB matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Web sayt
Andijon viloyat MMTB matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Web sayt
26 aprel – xalqimizning atoqli va ardoqli shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun
SHE’RIYAT – SHIRIN AZOB
She’riyatning qat’iy talab-qoidalari borligi ayon. Qo‘liga qalam olgan odam bularga rioya etishi shart. Biroq... Hamma gap ana shu “biroq”da. Tuyg‘u rost, samimiy bo‘lmasa, izhor ko‘ngildan chiqmasa, har qancha qoidali yozilgan bo‘lmasin, bunday bitik ko‘ngillarga yetib bormaydi. Bunday she’rning uzoq yashashi amrimahol. O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf she’riyatining bugun ham o‘quvchilar qalb-u shuurida aks-sado berayotgani sababi aynan rostgo‘ylik va samimiyat ekanini ta’kidlash kerak.
Shoir ta’biricha, she’riyat – bu ¬qadim buyuk so‘qmoq. Shunday so‘qmoqki, undan yurmoq har kimning ham haddi emas. Shu bois u kiyik so‘qmoqqa mengzaydi. Xo‘sh, she’riyatni yana qanday ta’riflamoq mumkin?
Shirin azob ekan, jonni
Yoqmoq ekan.
Bir qo‘lda gul, bir qo‘lingda
chaqmoq ekan.
She’riyat bu obrazli tafakkur demakdir. Chinakam shoir obrazni shu darajada aniq-tiniq tasvirlaydiki, bu obraz o‘quvchi ko‘z o‘ngida yorqin manzara hosil qiladi; uning tuyg‘ularini, shuurini o‘ziga rom etib qo‘yadi. Muhammad Yusuf she’riyatida ana shunday misralar talaygina. Yuqoridagi she’rning mana bu poetik xulosasi ham fikrimizni tasdiqlaydi:
Davomi...
Nurboy Jabborov

MARSIYА
Muhammad Yusuf…
Muhammad Yusuf…
Labimda qoldi
Taronam mening.
Havoda qoldi
Qo‘lim gul uzib.
Endi kerakmas
Bahonam mening.
Bunchalar qalin
Dunyoning po‘sti.
Bug‘doyday hoksor
Bir shoir o‘sdi.
Nogoh bir xabar
Tongimni to‘sdi.
Titradi olam,
Yig‘ladi onam:
— Bolamning do‘sti…
— Bolamning do‘sti…
Senmi, she’riyat,
Senmi jon qadar.
Dildagi so‘ngi
Tomchi qon qadar.
Tuproqday aziz
Ham osmon qadar.
Ko‘kni o‘sha kun
Qaldirg‘och bosdi
Xorazmdan to
Andijon qadar.
Hayot – goh bir baxt,
Bir omadgacha.
Yo mingta nomard
Yo bir mardgacha.
Toshkentdan toki
Marhamatgacha,
Keta ketguncha,
Qiyomatgacha –
Teraklar, tollar
Qoldi bo‘y cho‘zib,
Muhammad Yusuf…
Muhammad Yusuf…
Kuylari qoldi
Tog‘u toshida,
O‘ylari qoldi
Oy – quyoshida,
Buloq boshida,
Xirmon boshida,
O‘zbekning qora
Ko‘zu qoshida.
Bir shoir ketdi,
Bir shoir o‘tdi
Bobur yoshida,
Bobur yoshida.
Ey bulbullarga
Kuy-g‘azal, Vatan.
Sen – abad Vatan,
Sen – azal Vatan.
Kim sendan yuldi,
Kim – o‘sal, Vatan.
Gul, asal Vatan,
Sen yuksal, Vatan,
Sen yuksal, Vatan,
O‘yladi bolang,
Kuyladi bolang,
Ey, go‘zal Vatan!
Ey, go‘zal Vatan!
Biz uni – yoshu –
Tuproqqa qo‘ydik.
Tuproqni qoshu
Qaboqqa qo‘ydik.
Tushmi, deb avval
Ro‘yoga yo‘ydik.
O‘zi suygan shu
Tuproqqa qo‘ydik
So‘ngi sabr bu,
So‘ngi safar bu –
Ko‘proqqa qo‘ydik,
Ko‘proqqa qo‘ydik.
Chirqirab qo‘nmay
Makonlariga –
Otadin yodgor
Ayvonlariga
Singillari ham
Rayhonlariga.
Armonlariga,
Hijronlariga –
Qo‘shib jo‘natdi
Ruh, jonlariga.
Olib ketdilar
Qaldirg‘ochlari
Osmonlariga,
Osmonlariga.
Aylanar charxning
Charxpalaklari
Almashib rangu
Kamalaklari.
Qoldi ona uy
Sumalaklari,
Majnuntollarning
Jamalaklari.
Nozima qoldi,
Madina qoldi –
Kapalaklari,
Handalaklari.
Do‘stu yor yo‘li
Doim yirog‘dir.
Gohi diydoru
Gohi firog‘dir.
Dilbandlariga
Vatan qarog‘dir.
Chin farzandlar ham
O‘chmas chirog‘dir.
Hozir ham balki
Jim o‘ylayotir.
Yurtiga sha’nu
Shavkatlar yog‘dir,
Yo, qodir Olloh,
Tuproqlariga
Rahmatlar yog‘dir,
Rahmatlar yog‘dir.
Muhammad Yusuf…
Muhammad Yusuf…
✍️Sirojiddin Sayyid,
2001-yil avgust.
Muhammad Yusuf…
Muhammad Yusuf…
Labimda qoldi
Taronam mening.
Havoda qoldi
Qo‘lim gul uzib.
Endi kerakmas
Bahonam mening.
Bunchalar qalin
Dunyoning po‘sti.
Bug‘doyday hoksor
Bir shoir o‘sdi.
Nogoh bir xabar
Tongimni to‘sdi.
Titradi olam,
Yig‘ladi onam:
— Bolamning do‘sti…
— Bolamning do‘sti…
Senmi, she’riyat,
Senmi jon qadar.
Dildagi so‘ngi
Tomchi qon qadar.
Tuproqday aziz
Ham osmon qadar.
Ko‘kni o‘sha kun
Qaldirg‘och bosdi
Xorazmdan to
Andijon qadar.
Hayot – goh bir baxt,
Bir omadgacha.
Yo mingta nomard
Yo bir mardgacha.
Toshkentdan toki
Marhamatgacha,
Keta ketguncha,
Qiyomatgacha –
Teraklar, tollar
Qoldi bo‘y cho‘zib,
Muhammad Yusuf…
Muhammad Yusuf…
Kuylari qoldi
Tog‘u toshida,
O‘ylari qoldi
Oy – quyoshida,
Buloq boshida,
Xirmon boshida,
O‘zbekning qora
Ko‘zu qoshida.
Bir shoir ketdi,
Bir shoir o‘tdi
Bobur yoshida,
Bobur yoshida.
Ey bulbullarga
Kuy-g‘azal, Vatan.
Sen – abad Vatan,
Sen – azal Vatan.
Kim sendan yuldi,
Kim – o‘sal, Vatan.
Gul, asal Vatan,
Sen yuksal, Vatan,
Sen yuksal, Vatan,
O‘yladi bolang,
Kuyladi bolang,
Ey, go‘zal Vatan!
Ey, go‘zal Vatan!
Biz uni – yoshu –
Tuproqqa qo‘ydik.
Tuproqni qoshu
Qaboqqa qo‘ydik.
Tushmi, deb avval
Ro‘yoga yo‘ydik.
O‘zi suygan shu
Tuproqqa qo‘ydik
So‘ngi sabr bu,
So‘ngi safar bu –
Ko‘proqqa qo‘ydik,
Ko‘proqqa qo‘ydik.
Chirqirab qo‘nmay
Makonlariga –
Otadin yodgor
Ayvonlariga
Singillari ham
Rayhonlariga.
Armonlariga,
Hijronlariga –
Qo‘shib jo‘natdi
Ruh, jonlariga.
Olib ketdilar
Qaldirg‘ochlari
Osmonlariga,
Osmonlariga.
Aylanar charxning
Charxpalaklari
Almashib rangu
Kamalaklari.
Qoldi ona uy
Sumalaklari,
Majnuntollarning
Jamalaklari.
Nozima qoldi,
Madina qoldi –
Kapalaklari,
Handalaklari.
Do‘stu yor yo‘li
Doim yirog‘dir.
Gohi diydoru
Gohi firog‘dir.
Dilbandlariga
Vatan qarog‘dir.
Chin farzandlar ham
O‘chmas chirog‘dir.
Hozir ham balki
Jim o‘ylayotir.
Yurtiga sha’nu
Shavkatlar yog‘dir,
Yo, qodir Olloh,
Tuproqlariga
Rahmatlar yog‘dir,
Rahmatlar yog‘dir.
Muhammad Yusuf…
Muhammad Yusuf…
✍️Sirojiddin Sayyid,
2001-yil avgust.
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Andijon shahridagi shoir nomi bilan ataluvchi hiyobonda adabiy-ma'rifiy, badiiy anjumandan lavhalar.
👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Andijon shahridagi shoir nomi bilan ataluvchi hiyobonda adabiy-ma'rifiy, badiiy anjumandan lavhalar.
👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Botir Zokirovga
Qadim O‘zbekmomo kuyi yodimda,
Yodimda chechaklar kulgan Chambili.
Har gal konsertiga kirgan chog‘imda,
Yaltiroq choponli Yalla ansamblin,
Botir Zokirovni o‘ylayveraman.
Qizlar karsak chalar — taʼsir shunaqa,
Qizlar hushtak chalar – asr shunaqa.
Yalla zalga sochib sumalak isin
Kuylar boychechagim — boylandisini,
Botir Zokirovni o‘ylayveraman.
Goh chikib ketaman, sezmaydi birov,
Bu joylarda meni kim ham taniydi.
Ogaynilar, men ham dunyoda bir kun
Bitta qo‘shiq aytib o‘lsam mayliydi...
Botir Zokirovni o‘ylayveraman.
Ziyrak qorovul chol to‘sar yo‘limni,
Xo‘rsinar. Jim siqib qo‘yar ko‘limni.
Hech qanday ansambl ovuta olmas,
Bu kun rayhon hidli mayus ko‘nglimni,
Botir Zokirovni o‘ylayveraman...
Ketaman. Kelaman uni so‘roklab
Qo‘limda dehqon yurtning jambili, men.
U endi kuylamas bag‘rimni dog‘lab,
Sen kuylayver Yalla ansambli, men —
Botir Zokirovni o‘ylayveraman!
✍Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Qadim O‘zbekmomo kuyi yodimda,
Yodimda chechaklar kulgan Chambili.
Har gal konsertiga kirgan chog‘imda,
Yaltiroq choponli Yalla ansamblin,
Botir Zokirovni o‘ylayveraman.
Qizlar karsak chalar — taʼsir shunaqa,
Qizlar hushtak chalar – asr shunaqa.
Yalla zalga sochib sumalak isin
Kuylar boychechagim — boylandisini,
Botir Zokirovni o‘ylayveraman.
Goh chikib ketaman, sezmaydi birov,
Bu joylarda meni kim ham taniydi.
Ogaynilar, men ham dunyoda bir kun
Bitta qo‘shiq aytib o‘lsam mayliydi...
Botir Zokirovni o‘ylayveraman.
Ziyrak qorovul chol to‘sar yo‘limni,
Xo‘rsinar. Jim siqib qo‘yar ko‘limni.
Hech qanday ansambl ovuta olmas,
Bu kun rayhon hidli mayus ko‘nglimni,
Botir Zokirovni o‘ylayveraman...
Ketaman. Kelaman uni so‘roklab
Qo‘limda dehqon yurtning jambili, men.
U endi kuylamas bag‘rimni dog‘lab,
Sen kuylayver Yalla ansambli, men —
Botir Zokirovni o‘ylayveraman!
✍Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
"MUSHOIRA ETADI DAVOM"
2001-yil Ellikqal'a tumanida o'tkazilgan "Mushoira etadi davom" nomli tadbir. Taniqli ustoz shoirlarimiz, xususan, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, Matnazar Abdulhakim, Omon Matjon, Usmon Azim va boshqalar ishtirokidagi betakror she'riyat kechalari.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Respublikadagi barcha ijod maktabi direktorlari, ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Ijodiy olimpiyada" ishtirokchilari O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan "Ulug‘imsan, Vatanim" nomli anjumanda faol ishtiroki uchun Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tomonidan mubosib taqdirlandi.