Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
📌Agentlik tizimidagi Ijod maktablarining 2-bosqich test sinovlari qatnashchilari diqqatiga!
📨Bugun, 17 - iyul kunidan e'tiboran barcha qatnashchilarga navbatdagi imtihon kuni haqida PIIMA nomidan sms-xabarnoma yuborilmoqda.
❗️Sms-xabarnoma 24 soat ichida jo'natiladi.
📲Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, maʼlumotdan oʻz vaqtida boxabar boʻlish uchun telefoningizga sms-xabarnoma kelganmi yoki yoʻqligini, shuningdek ariza.piima.uz sayti orqali "Shaxsiy kabinet" ni tekshirib turishni unutmang.
☎️Qo'shimcha ma'lumot uchun Ijod maktablarining qabul komissiyasiga yoki Agentlikning 1206 сall-markaz raqamlariga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

✍Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
BAHOR KELGUNCHA
Har bahor chokidan so'kilar yillar,
Tiriklik yo'lida to'kilar dillar,
Umr karvoniga qo'shilar yoʻllar,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.
Hayot qaramaydi ko'ngil mayliga,
Boqmagil, jonginam zamon zayliga.
Chiqaylik, g'animat, gullar sayliga,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.
Dunyoni unutgan insonlar oʻtar,
Ko'zlarni kuydirgan jononlar oʻtar.
Bugun orzu, erta armonlar o'tar,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.
Kim yetar manzilga, kim yetmas balki,
Yuz yillik chinorlar kesilar balki,
Bu qushlar bog'larni tark etar balki,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.
@piima_myim
O‘zbekiston xalq shoiri
BAHOR KELGUNCHA
Har bahor chokidan so'kilar yillar,
Tiriklik yo'lida to'kilar dillar,
Umr karvoniga qo'shilar yoʻllar,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.
Hayot qaramaydi ko'ngil mayliga,
Boqmagil, jonginam zamon zayliga.
Chiqaylik, g'animat, gullar sayliga,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.
Dunyoni unutgan insonlar oʻtar,
Ko'zlarni kuydirgan jononlar oʻtar.
Bugun orzu, erta armonlar o'tar,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.
Kim yetar manzilga, kim yetmas balki,
Yuz yillik chinorlar kesilar balki,
Bu qushlar bog'larni tark etar balki,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.
@piima_myim
#Imtihon_2021
❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
✅Prezident maktablari 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorlarga PIIMA nomidan sms-xabarnoma yuborilmoqda.
❗️Sms-xabarnoma 24 soat ichida jo’natiladi.
🔹Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, maʼlumotdan oʻz vaqtida boxabar boʻlish uchun telefoningizga sms-xabarnoma kelganmi yoki yoʻqligini, shuningdek ariza.piima.uz sayti orqali "Shaxsiy kabinet" ni tekshirib turishni unutmang.
❗️"Shaxsiy kabinet" da, shuningdek Prezident maktablari saralash imtihonlari maslahat-tanishtiruv kuni haqida ham ma'lumot beriladi. Talabgorlar maslahat-tanishtiruv kunida ishtirok etishlari shart.
🔰Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.
⚡️Talabgordan ruxsatnomani chop etib olish hamda maslahat-tanishtiruv kuni va imtihonga mazkur ruxsatnoma bilan kelish talab qilinadi.

Forwarded from O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Ёш ижодкорлар диққатига
ЭРТАКЛАР ТАНЛОВИГА МАРҲАМАТ!
Ўзбекистон Мустақиллигининг 30 йиллигига бағишланган “HUMO-2021” Халқаро эртаклар танловига асарлар қабул қилиш давом этмоқда.
Танловда 35 ёшгача бўлган, Ўзбекистон, Қорақалпоғистон ва МДҲ давлатларида яшовчи ёш ижодкорлар иштирок этишлари мумкин.
Танлови қорақалпоқ, рус ва ўзбек тилларида ўтказилади.
Танлов шартлари https://www.facebook.com/humo.konkurs.3 манзилида берилган.
Асарларни қабул қилиш муддати 2021 йил 10 август тунги соат 23:59 гача.
Эртаклар [email protected] электрон почтасига жўнатилади.

Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.
Muhammad Qodirga
Muhammad Yusuf
📝 Муҳаммад Қодирга
✍🏻 Муҳаммад Юсуф
🎙 Муҳаммад Юсуф
✍🏻 Муҳаммад Юсуф
🎙 Муҳаммад Юсуф
✍Muhammad Aziz
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi
ERKА MUHАMMАD
Аndijonlik erka Muhammad,
Qanday boʼlgan bolaligida?
Qizgʼaldoqlar terganmi faqat,
Mingtepaning tepaligida?
Kim biladi oʼsha paytda ham,
Dalalarda surgandir xayol.
Mayin esgan saboga atab,
Balki bitgan gʼazalu ashʼor?!
Shoʼxliklari meʼdaga tegib,
Goh birovni qilgandir xafa.
Onasidan dakki eshitib,
Otasidan olgan martaba...
Yillar oʼtdi misoli shamol,
Maqsadiga nihoyat yetdi.
Oʼz yurtida topdi u kamol,
Har misrada yurtin madh etdi!
Аshʼorlaring har bir satrida,
Yashirinday tuyilar bir sir.
Oʼsha sirni menga aytaqol,
Bola boʼlib tushlarimga kir!

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Andijon Prezident maktabiga nomzodlarni birinchi bosqich test imtixonlarini o‘tkazish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari va tushuntirish targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirlarga Davlat test markazi hodimlari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi mas'ullari hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi rahbar va o‘qituvchilari jalb etildi.
@piima_myim
Mazkur tadbirlarga Davlat test markazi hodimlari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi mas'ullari hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi rahbar va o‘qituvchilari jalb etildi.
@piima_myim
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
📌Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi – Prezident ta'lim muassasalari agentligi etib qayta nomlandi
“Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–5188-son, 19.07.2021 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan Jamg'arma Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi. Vasiylik kengashi raisi — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti.
🔹Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzurida Iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash
jamg'armasi faoliyati yo'lga qo'yildi.
🔹2021–2025 yillarda Agentlik tizimida 13 ta yangi ixtisoslashtirilgan maktab qurilib, mavjud 5 ta ijod maktabi ta'mirlanadi.
2021 yil 1 sentyabrgacha:
🔹xalqaro (International Advanced Levels) dasturlar talablariga muvofiq o'quvchi va pedagog kadrlarning STEAM fanlari bo'yicha bilim va ko'nikmalarni baholash hamda ularga xalqaro darajadagi AS va A-LEVEL sertifikatlarini berish amaliyoti yo'lga qo'yiladi;
🔹Prezident maktablarida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, ularga keyinchalik o'qishini davom ettirish uchun OTMlarni tanlashda ko'maklashishga qaratilgan “Maktab maslahatchisi” (School
Councillor) dasturi joriy etiladi;
🔹Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalar uchun inklyuziv IT ta'lim joriy qilinadi.
🔹2021/2022 o'quv yilidan O'zbekistondagi xorijiy OTM va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga to'lov-kontrakt asosida o'qishga kirgan Prezident maktablari
bitiruvchilariga to'lov-kontrakt summasini qoplash uchun subsidiya to'lanadi.
✅Shuningdek, quyidagilarga test sinovlarisiz va qo'shimcha imtihonlarsiz o'qishga kirish huquqi beriladi:
Prezident maktablari bitiruvchilariga davlat oliy ta'lim tashkilotlariga umumiy
belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlariga nisbatan qo'shimcha davlat granti asosida;
Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilariga ixtisoslik
yo'nalishidan kelib chiqib davlat oliy ta'lim tashkilotlarining kimyo, biologiya, fizika va
axborot texnologiyalari sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta'lim
yo'nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to'lov-kontrakt
asosida;
Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilariga ixtisoslik yo'nalishidan kelib
chiqib davlat oliy ta'lim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to'lov-kontrakt asosida.
Xalqaro (International Advanced Levels) dasturlarning A va B darajadagi A-LEVEL
sertifikatlariga ega abiturientlar davlat oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga kirishda sertifikat berilgan fan bo'yicha kirish imtihonidan ozod etiladi hamda ularga mazkur fandan maksimal ball beriladi.
🔹Qaror bilan shuningdek, Agentlik huzurida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil etildi.

❗️PREZIDENT MAKTABLARIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
Hurmatli talabgorlar!
⚡️Yurtimizda kuzatilayotgan issiq ob-havoni inobatga olgan holda, 26-,27-,28-iyul kunlari 18:00 da o'tkazilishi belgilangan Prezident maktablari kirish imtihonlarining vaqti 19:00 ga ko'chirildi.
🔰Sizdan imtihon kuniga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin kelishingiz talab etiladi.

#Ijod_maktablar #Imtihon
📣📣Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!
✅ Ijod maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi ya’ni test sinovlari boshlanishini ma’lum qilamiz.
❗️Test sinovlari 25-iyul kuni soat 8:00 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish lozim.
🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.
📌 Ma'lumot o'rnida, imtihonning birinchi bosqichida ishtirok etgan barcha nomzodlar ikkinchi bosqich-test sinovlarida qatnashish imkoniyatiga ega.
✔️Imtihon kuni tibbiy niqobda bo‘lish va karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.

Президент ижод ва ихтисослаштирилган мактабларида ўтадиган имтихонлар бўйича пресс тур ташкил этилди.
@yangidavr_rasmiy
@yangidavr_rasmiy
✍️ Gulchiroy Davronbekova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi
Lolaqizg‘aldoq
Yuragim bir nima demoqda tinmay,
Balki oʼksiyapti hayotdan har chogʼ.
Men esa qalbimga hech parvo qilmay,
Sen bilan ovora lolaqizgʼaldoq.
Yaprogʼing belanchak - uxlaydi shudring,
Erkalab, allalab qilasan ardoq.
Sen bilan boʼlsamu koʼtarsam koʼngling,
Ilhomim parisi lolaqizgʼaldoq.
Shoir Muhammadni oʼylab har kuni,
Koʼz yoshlaring daryo qilasan oh-voh.
Usiz yoʼqotgansan umring mazmunin,
Sevgi bayrogʼisan lolaqizgʼaldoq.
Ketdi endi deya kuyinma har on,
Yutmasin seni ham shu qaro tuproq.
Erka bir qizingning qalbida hamon,
Soʼlmagay toabad lolaqizgʼaldoq

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI |PREZIDENT MAKTABLARIGA TEST SINOVLARI UCHUN TAYYORGARLIK ISHLARI 23.07.2021 YIL
https://t.iss.one/Andijon_TRK
https://t.iss.one/Andijon_TRK
#Munosabat
✅ 23-24-iyul kunlari Prezident maktablariga kirish imtihonlari oldi maslahat-tanishtiruv kuni o‘tkazildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan tanishtiruv-maslahat kunidan ota-onalarning kutish joylarida to‘plangan fotosuratlari tarqalib, bu holat imtihon jarayonlarining tashkiliy tomoniga bog‘lab talqin qilinmoqda.
Shu o‘rinda quyidagilarni keltirib o‘tamiz:
▶️Qabul komissiyasi tomonidan o‘quvchi bilan faqat bir nafar shaxs kelishi belgilab qo‘yilgan hamda ushbu ma’lumot Agentlik rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilingan.
Izoh: Mazkur ma’lumot havolasi taqdim etilmoqda. https://piima.uz/news/yo%27riqnoma
▶️ Shuningdek, imtihonga qatnashish uchun o‘quvchilarga berilgan ruxsatnomada ham talabgor bilan 1 tadan ko‘p bo‘lmagan oila a’zosi kelishi so‘ralgan. Ushbu ruxsatnoma namunasi Agentlik saytida ham e'lon qilingan.
Izoh: Mazkur xabar havolasi taqdim etilmoqda: https://piima.uz/news/ruxsatnoma-namunasi
▶️ Karantin qoidalariga amal qilish tartibi, yo‘l-yo‘riqlari doimiy tarzda Agentlik rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali yoritib borilgan.
Izoh: Namuna sifatida havola taqdim etilmoqda. https://t.iss.one/piimauz/3024
🔰 Imtihon hududidan tashqaridagi jamoatchilik tartibi nazorati esa 2021-yil 3- maydagi 7-sonli Vazirlar Mahkamasining majlis bayoni asosida mas’ul tashkilotlarga yuklatilgan. Jumladan, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya barcha yo‘nalishlarda harakat xavfsizligini qat’iy nazoratga olish, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur kuch va texnika vositalarini jalb etish hamda talabgorlarning ota-onalari to‘planadigan joylarda xodimlar sonini, maxsus transport va aloqa vositalarini ko‘paytirish uchun barcha zarur choralarini ko‘rishga mas’ul etib belgilangan. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligiga karantin qoidalariga amal qilgan holda zarur shart-sharoit yaratish yuklatilgan.
❗️Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tamiz, pandemiya davrida avvalo har bir kishi o‘z shaxsiy mas’uliyatini oshirishi va karantin qoidalariga amal qilishi lozim.

Туғилган кун
НАЗИРА АС-САЛОМ
Бугун Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, "Олтин қалам" газетаси бош муҳаррири, Муҳаммад Юсуф номидаги фонд раҳбари, "Фидокорона хизматлари учун" ордени соҳиби Назира ас-Салом туғилган кун. Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси жамоаси уни ушбу сана билан муборакбод этади.
Назира ас-Салом 1956 йили Самарқандда туғилган. Лекин унинг болалиги Тошкентда ўтган. Пойтахтдаги 162- ва 105-сонли умумтаълим мактабларида ўқиди. Сўнг ТошДУ (ҳозирги ЎзМУ)нинг Журналистика факультетида таҳсил олди. У ўша кезлари университетда ўқиш билан бирга, "Ўқитувчи" нашриётида ўз меҳнат фаолиятини олиб борган. Дастлаб мусаҳҳиҳ, сўнг тил ва адабиёт бўлимида муҳаррир, кейинчалик "Тил ва адабиёт" журналида, сўнг Ёзувчилар уюшмасида адабий ходим вазифаларида меҳнат қилди. 2003 йилдан буён Муҳаммад Юсуф номидаги фонд раҳбари ҳамда жамғарма муассислигида чоп этилаётган "Олтин қалам" газетаси бош муҳаррири бўлиб ишлаб келмоқда.
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати

TANHO QOLDIRMA
Yuragimning navolarin shox baytida isming bor,
Xotirimning eng to‘rini band aylagan jisming bor.
Istagimni yetti ko‘kka yetaklovchi izming bor —
Men oy bo‘ldim, osmon bo‘lsang meni tanho qoldirma,
Oq bag‘rimga pag‘a-pag‘a bulutlarni soldirma.
Men kuy bo‘lsam avj pardada jaranglatgan torim bo‘l,
Baxting bo‘lay, nondek aziz nomusim bo‘l, orim bo‘l.
Bir kungina ko‘rinmasam izlarimga zorim bo‘l —

Uzun tunlar yoningdagi shamchiroqman bilsang sen,
Zilolman men, sahrolarda gar bemahal so‘lsang sen.
Yozilmagan dostonman men, agar shoir bo‘lsang sen —

Kuta-kuta seni goho dunyo menga tor bo‘lsin,
Qora sochim sog‘inchlardan yo‘llar qarab qor bo‘lsin.
Meni yoshlik tark etsa ham muhabbating bor bo‘lsin —

✍🏻Nazira as-Salom

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ikkinchi tur test imtixonlarini boshlanmoqda.
@piima_myim
@piima_myim