Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
869 subscribers
8.4K photos
869 videos
50 files
1.86K links
Download Telegram
Munosiblar taqdirlandi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tomonidan O'zbekiston Qahramoni, xalq shori Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida o‘tkazilgan “Ona xalqim,  jon tanim manim, Oʻzbekiston - Vatanim manim!” mavzusida o'quvchilar o'rtasida respublika ijodiy ishlar tanlovida videoroliklar yo‘nalishi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi Ahrorbek Ulug‘bekov hamda ikkinchi o‘rinni egallagan 8-sinf o‘quvchisi Alijonova Rayyona Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining diplomlari va esdalik sovg‘alari hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktorining faxriy yorliqlari, kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Olimpiada_natijalari

Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida ingliz tili fani bo‘yicha Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Abdullo Zaynobiddinov faxrli to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Bugungi o‘tkazilgan tadbirda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova tomonidan Abdullo Zaynobiddinovni hamda ingliz tili fani o‘qituvchisi Nodirbek Homidovni faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉https://t.iss.one/ima_myim
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

DIQQAT TANLOV

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi tomonidan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatilarining 7-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov uch yo‘nalishda tashkil etiladi.
- “Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusida shoir she’rlariga nazira bog'lash, 
- videorolik tayyorlash,
- shoir she’rlaridan tahliliy va publitsistik maqolalar, esse yozish.

Hakamlar tomonidan g‘olib deb topilgan eng sara ijodiy ishlar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan viloyat tadbiri arafasida taqdirlanadi.

Ijodiy ishlarni joriy yilning 15 aprel kuniga qadar @Durdona_Abdukarimxodjayeva telegram manziliga yuborishingiz so‘raladi.

👉@ima_myim
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

VIDO AYTIMI

Ustozim Muhammad Yusuf xotirasiga

Daryolardek oqib oʻtgan ogʻam qani,
Xudoyimga yoqib ketgan ogʻam qani,
Eski uyday choʻkib qoldi yelkalarim,
Boshlarimni egib ketdi bu gʻam mani.

Qabringizdan chiqing, bir bor koʻray ogʻa,
Ne boʻldi deb oʻzingizdan soʻray, ogʻa,
Siz yoʻqsizku, navo tingan, bu dunyoda,
Qandoq qilib shoirman deb yuray ogʻa?

Yalpizlarga aylanmoqqa shoshdingizmi?
Bizdan koʻra yer oldimi taftingizni?
Qishlogʻingiz yalpizlarin koʻrpa qilib,
Tuprogʻiga yuzlaringiz bosdingiz?

Koʻzingizda koʻrganlarim mung ekanmi?
Shundoq ogʻam tuproqlarga teng ekanmi?
Xudoyimning keng dunyosi tor keldi-ya?
Qayiqchadek qabri shuncha keng ekanmi?

Ruhingiz bor bul chamanning gullarida,
Yashagaysiz qizgʻaldoqning dillarida.
Qadamimda koʻzlaringiz qarab turar,
Qandoq yuray Andijonning yoʻllarida?

Yuragimni yarim qildi bu gʻam axir,
Gʻamga doʻnib qoldi bunda har dam axir,
Xaslar tirik, giyohchalar, toshlar tirik,
Nega oʻlar manim shoir ogʻam axir?

Oʻldi derlar! Koʻzimda nam: Rozimasman!
Koʻksimda oʻt, bagʻrimda gʻam: Rozimasman!
Xudoyimga aytdim: axir bu ne hukm,
Sizni koʻmgan tuproqdanam rozimasman!

Siz tinch yoting, birga-birga gul kecharmiz,
Kavsar gulin gulobidan ichisharmiz,
Maysa boʻlib, yomgʻir boʻlib ogʻa-singil,
Qiyomatda hali sheʼrlar oʻqisharmiz.

Eski uyday choʻkib qoldi yelkalarim,
Boshlarimni egib ketdi bu gʻam mani.

Guljamol ASQAROVA

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Baliq ovi (hikoya)
Qamchibek Kenja
#audiohikoya
#birgalikda_eshitamiz

Ushbu hikoyada inson tabiatidagi laganbardorlik, maddohlik kabi illatlarning naqadar jirkanchligi, bir odamdagi bu xislatlarning boshqalarga ham zarari ta'kidlanadi.

Shuningdek, ba’zi mansabdorlarning o‘z qo‘l ostidagilarni hamma narsaga majbur deb bilishi va yuzsizligi ham mahorat bilan ochib beriladi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
@ima_myim
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

DIQQAT TANLOV

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tomonidan umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 6-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Ijodiy tanlov 4 yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi.
- 6-sinflar o‘rtasida shoir she’rlarida ishtirok etgan detallar asosida ijodiy matn tuzish,
- 7-sinflar o‘rtasida shoir hayoti va ijodi bilan bog‘liq rasmlar tanlovi,
- 8-sinflar o‘rtasida shoir ijodiga bag‘ishlangan adabiy esse yaratish,
- 9-sinflar o‘rtasida shoir she’rlari asosida bahr-u bayt.

Tanlov 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 15-20 aprel kunlari tuman va shahar bosqichlari, 25 aprel kuni viloyat bosqichi o‘tkaziladi.

G‘olib deb topilgan o‘quvchilar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan viloyat tadbira taqdirlanadi.

Murojaat uchun telefon
+998934433385

👉@ima_myim
"Onamga xat"

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

Letter to My Mother from Muhammad Yusuf

I loved as you instructed, everyone near,
Trusted all, yet the outcome is clear:
My love approached a friend's abode,
But daylight transformed affection to loathe.

"The dazzling stars, they laugh so bright,
What has befallen me, now crystal clear.
Like a foal, from the herd, I'm adrift,
In the green field, distant, I appear."

"My steps echo the tracks of passing cars,
Wandering, my gaze fixed on rugged rocks.
Neighing silently, a horse's whisper,
I find solace in tears, a calming paradox.

I loved as you instructed, everyone near,
Trusted all, yet the outcome is clear:
My love approached a friend's abode,
But daylight transformed affection to loathe.

"Ah, about love. It's charming for the heart,
Do not wish for what fate doesn't grant joy.
Always be a blessing to my fortune,
Your blessed son - Muhammad Yusuf."

♻️Ziyoda Abdujalilova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodi o‘quvchilar nigohida. 2021 yil aprel.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#soha_qonunchiligi

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA STEM FANLARINI INGLIZ TILIDA OʻQITISH YOʻLGA QOʻYILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra:

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

O‘quvchilar oʻrtasida “Yosh akademiklar” klublari tashkil etiladi;

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari 13 ta hududda tashkil etiladi;

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi Oʻzbekiston" universiteti bilan integratsiyalashgan tarzda muhandislik yoʻnalishida oʻqitish yo‘lga qo‘yiladi;

Ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-oʻquv yilidan bosqichma bosqich STEM fanlarini toʻliq ingliz tilida oʻqitish tashkil etiladi;

Maktablarimizning ilgʻor va tajribali o‘qituvchilaridan iborat bo‘lgan STEM fanlari bo‘yicha fan kengashlari tashkil etiladi;

Agentlik tizimida "Bitiruvchilar kengashi" tashkil etiladi hamda har yili "Bitiruvchilar qurultoyi" oʻtkaziladi;

Oʻquvchilar oʻrtasida "Turon yoʻlbarslari" harbiy sport musobaqalari oʻtkaziladi;

Har yili umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ixtirochilikka qadam” tanlovi oʻtkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soha_qonunchiligi

⚡️TANLOVDA G‘OLIB BO‘LGAN 6-SINF O‘QUVCHILARI IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONISIZ QABUL QILINADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra:

“Yosh tarjimonlar” klublari yo‘lga qo‘yiladi;

O‘quvchilarning ijodiy ishlari toʻplam sifatida "Mening birinchi kitobim" loyihasi asosida nashr etiladi;

o‘quvchilarda axloqiy, ijtimoiy-emotsional va estetik didni rivojlantirish maqsadida “San’at” (ART) fani kiritiladi;

o‘quvchilarning sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishiga qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida robototexnika asoslari o‘rgatiladi;

oʻquvchilar ijodiy ishlarini onlayn platformalar orqali tijoratlashtirishga oʻrgatiladi;

ijodkor oʻquvchilar oʻrtasida "Ijodiy olimpiada" oʻtkaziladi;

Ikkita ijod maktabida taʼlim jarayoni xalqaro IB (International Baccalaureate) dasturi asosida yoʻlga qoʻyiladi;

ijod maktablarida Oliy taʻlim muassasalarining til, adabiyot va xorijiy tillari kafedralarining filiallari tashkil qilinadi;

Oʻqituvchilar elchixonalar tomonidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga joʻnatiladi;

Ijod maktablariga xorijiy oʻqituvchilar jalb qilinadi;

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida badiiy adabiyot va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi:

umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan ijodkor oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi;

ko‘rik-tanlov har yili tuman (shahar) va viloyat bosqichlarida o‘tkaziladi;

tanlovning viloyat bosqichida sovrinli 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 6-sinf o‘quvchilari ijod maktablariga umumiy qabul parametrlari doirasida kirish imtihonisiz o‘qishga qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube