Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.07K subscribers
10.1K photos
969 videos
53 files
2.1K links
Download Telegram
Abdulla Qahhor. Sinchalak [@kitoblar_pdf].pdf
11.9 MB
#mutolaa_vaqti

Birgalikda o‘qiymiz

📚"Sinchalak"
Abdulla Qahhor

„Sinchalak“ — o'zbek yozuvchisi Abdulla Qahhor qalamiga mansub qissa. Muallif bu qissani 1958-yilda yozgan. Qissa shu kungacha bir necha marta nashr qilingan. Asarni Konstantin Simonov rus tiliga, Rosen Trinkov bolgar tiliga tarjima qilgan.
Asar Saida ismli oʻzi kichkina, nimjon boʻlsa ham osmonni koʻtargulik quvvati, gʻayrati bor“ qiz haqidadir. Adabiyotshunos Ozod Sharafiddinovning yozishicha, Abdulla Qahhor „Saida obrazida hozirgi ilgʻor o'zbek ayollarining xarakterli, tipik sifatlarini umumlashtiradi“.


Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

⚡️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi yuqori baholandi


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali amalga oshirilganligiga doir reyting koʻrsatkichlarini eʼlon qildi.

❗️Unga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 95 ta davlat tashkiloti ichida 82 ball (yaxshi) bilan eng yaxshi oʻrinlardan birini egalladi.

Shuningdek, vazirlik huzuridagi:

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi — 81 ball (yaxshi);
Maktabgacha taʼlim agentligi — 56 ball (qoniqarli)ga ega boʻldi.

✔️Maʼlumot uchun: 2023-yil natijalari boʻyicha oʻtkazilgan mazkur reyting baholashda 95 ta davlat tashkilotidan 42 ta tashkilot faoliyati samaradorligi “yaxshi” – (81-100 ball), 38 ta tashkilot “qoniqarli” – (55-80 ball) va 15 ta tashkilot “qoniqarsiz” – (55 balldan past) toifalarga ajratilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

Insonning bahosi bu dunyoda o‘zi olgani bilan emas, o‘zidan qolgani bilan belgilanadi.

✍🏻 O‘tkir Hoshimov
O‘zbekiston xalq yozuvchisi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

MUHAMMAD YUSUF

Yomonga oʻlim yoʻq, yaxshiga kun yoʻq,
Tomiringga qoʻshib olishar uzib.
Bobur yoʻq, Choʻlpon yoʻq, Majnun yoʻq,
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.

Bir qiz yigʻlab borar, soddagina qiz,
Yigʻlar kitob bilan yuzini toʻsib.
Balki sevgilingiz, balki singlingiz,
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.

Uydan mozorgacha yuz odimcha yoʻl,
Aylanib kelamiz yurtlarni kezib.
Kimga koʻngil berib, kimga esa qoʻl...
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.

Tirikka mehr yoʻq, marhumga qahr,
Nima topding, aka, tuproqqa tushib?
Uzala tushgancha boʻzlaydi qabr,
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.

Qizgʻaldoq bosh egib turar bagʻri qon,
Shoir yuragidan chiqqanmi oʻsib?
“Nega yigʻlamaysan, ahli Turkiston?”
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.

✍️ Iqbol MIRZO
O‘zbekiston xalq shoiri


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
“Raqamli avlod qizlari — 2024” respublika ko‘rik-tanlovining finali qizlarimiz raqamlar olamida ham naqadar kuchli ekanligini yana bir karra isbotladi.

Barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiraman. Ularning qat’iyati, professionallikka intilishi gender stereotiplarini yo‘qqa chiqaradi.

-

Финал республиканского конкурса «Девочки цифрового поколения — 2024» ещё раз доказал, как изящно справляются девушки с миром цифр.

Я благодарю всех участниц. Их уверенность и стремление стать профессионалами разрушает гендерные стереотипы.
Bilimingizni sinab ko‘ring!

Hakimxon Toʻraning „Muntaxabut-tavorix“, Avazmuhammad Attorning „Tuhvatut-tavorix“, Mushrifning „Ansobus-salotin va tavorixi xavoqin“ kabi tarixiy asarlarida qaysi o‘zbek shoirasi haqida ma'lumotlar keltirilgan?
Anonymous Quiz
30%
Uvaysiy
41%
Nodira
17%
Zebiniso
12%
Samar Bonu
#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

🔰Ilmga yetgan oyoq qanotga aylanur!

✍🏻 Jaloliddin Rumiy

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
O‘quvchilar ijodidan

MITTI YULDUZ

Bugun ko‘kda yulduz yo‘q,
Bari ulkan tuzoqda.
Bir yulduz porlaydi lek,
U ham oydan uzoqda.

Mening-chun hatto quyosh
Oydayin to‘lolmaydi,
Barcha chiroq bir mitti,
Yulduzday bo‘lolmaydi.

O‘sha yulduzni ko‘rsang,
Qo‘shiq yoz menga bir bayt.
Eslab sog‘inganingda,
Oyga mendan salom ayt.

Jasmina Komilova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim