Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
883 subscribers
8.03K photos
857 videos
49 files
1.82K links
Download Telegram
Forwarded from ANDIJON_TRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XAZINAMSAN KITOB | 17.08.2023 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
#imtihon_natijalari_2023
#ijod_maktablari

🔔 IJOD MAKTABLARIGA O'TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

Imtihon natijalarini talabgorning ariza.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali aniqlashingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi.pdf
977.2 KB
#imtihon_natijalari_2023
#ijod_maktablari

🔔MUHAMMAD YUSUF NOMIDAGI MAKTABLARIGA O'TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

Imtihon natijalarini talabgorning ariza.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali aniqlashingiz mumkin.
#imtihon_natijalari_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

📆 Joriy yilning 28-29-30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @natijalar_2023_1_bot
🤖 @natijalar_2023_2_bot
🤖 @natijalar_2023_3_bot
🤖 @natijalar_2023_4_bot
🤖 @natijalar_2023_5_bot

‼️ ESLATMA! Natijalarni bilish istagida bo'lgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda so'rov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#ijod_maktablari

📝 IJOD MAKTABLARIGA APELLATSIYAGA ARIZA BERISH TARTIBI

📌 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

O‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Apellatsiya komissiyasiga Agentlik direktori o‘rinbosari raislik qiladi.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.

Apellatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi xulosasi o‘quvchilarga arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ball qo‘shib berilishiga asos bo‘ladi.

Apellatsiya komissiyasiga boshqa o‘quvchilarning ishlarini ko‘rib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.

O‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.

📬 Apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor ushbu elektron manzilga murojaat qilishi mumkin:

⚪️ HAVOLA

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ogoh_boʻling

❗️Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga farzandlari hujjat topshirgan ota-onalar diqqatiga

Farzandingizning qayta imtihon topshirishi mumkinligi va ularni o'qishga kiritib qo'yishni va'da qilib sizga aloqaga chiqayotgan turli firibgarlarning yolg'on xabarlariga ishonmang!

🙅‍♂ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi birorta maktabga qayta imtihon o'tkazilmaydi.

❗️Aldanib qolmang. Hech qaysi maktabga imtihonlar qayta o'tkazilmaydi.

📞 Agar shunday va'dalar berayotgan firibgarlarga duch kelsangiz zudlik bilan Agentlikning 1206 qisqa raqamiga yoki +998712074048 ishonch telefoniga hamda https://t.iss.one/piimasavollar_bot iga murojaat qilishingizni so'raymiz.

❗️Qanday savollaringiz bo'lsa Agentlikning qabul jarayonlari bo'yicha maxsus tashkil qilingan 1206 qisqa raqami orqali rasmiy ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_hayot_uchun_yangi_Ozbekiston_uchun
#Eng_ulug_eng_aziz

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan "Eng ulug‘, eng aziz" ko‘rik-tanlovining Andijon viloyati bosqichi o‘tkazildi.

⚡️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining tarbiyachi o‘qituvchisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Sardor Sirojiddinning "Qadam" nomli she'riy to‘plami ko‘rik-tanlovning yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari nominatsiyasi bo‘yicha faxrli uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Uzreport news | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining natijalari haqida
#uzreport_tv

Joriy yilda ijod maktablaridagi 223 nafar 11-sinf bitiruvchilarining 186 nafari xalqaro va milliy sertifikatni qo‘lga kiritib, ularning 15 foizi muddatidan oldin xorijiy va 85 foizi mahalliy oliygohlarda o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi;

Ular jami 5 mln 345 ming AQSH dollari miqdoridagi grant sohibi bo‘lishdi hamda 3 nafari “El yurt umidi” jamg‘armasining stipendiyasini qo‘lga kiritdi;

Ijod maktablari uchun chuqurlashtirilib o‘qitiladigan fanlardan darsliklar 100 foiz mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablar darajasida ishlab chiqildi;

Muhammad Rizo Ogahiy, Abdulla Oripov, Hamid Olimjon va Zulfiya hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktablarida ikkinchi xorijiy til sifatida turk tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Xorijdan turk tili o‘qituvchilari jalb etildi;

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi Ergasheva Nilufarxon Akramjon qizi “Zulfiya” davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi;

Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Karimov Javohir Abdukarim o‘g‘li “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

📝 IJOD MAKTABLARINING RASMIY SAHIFALARI:

🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#sarhisob

Milliy ta'lim | Prеzidеnt maktablarining samaradorligi,
Ijod maktablarining o‘rni, Ixtisoslashtirilgan maktablarning ta’lim darajasi
#madaniyat

▶️ 00:46 To‘raboy Shermatov, Prezident maktablari bilan ishlash bo'limi boshlig‘i

▶️ 01:48 Ma'mura Tojiboyeva, Toshkent shahridagi Prezident maktabi direktori

▶️ 12:05 Hilola Nazirova, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori

▶️ 21:58 Dilrabo Davidova, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori

▶️ 29:33 Inom Xo‘jamov, Maktablarga o‘quvchilar qabulini tashkil etish va ular bilan ishlash bo'limi boshlig‘i

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tayinlov

YANGI MAKTABNING YANGI RAHBARI

Abdurahimov Abdujalil Abduhalil o‘g‘li - Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga direktor etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Andijon viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish sho'basi mudiri lavozimida ishlagan. Abdujalil Abdurahimovning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❇️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga 2023-2024 o‘quv yili uchun qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ijod maktabining direktori Shohistaxon Nurmatova so‘z olib, ta'lim muassasasining faoliyati, ichki tartib qoidalari haqida so‘z yuritdi.

🔰Yig‘ilishdan so‘ng ota-onalar ijod maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv va amaliyot xonalari bilan tanishdilar.