Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
889 subscribers
8.14K photos
862 videos
49 files
1.84K links
Download Telegram
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#540_yil

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan Andijon shahridagi Bobur maydonida keng jamoatchilik vakillari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, qator davlatlardan tashrif buyurgan boburshunos olimlar hamda yoshlar ishtirokida viloyat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining direktori Shohistaxon Nurmatova boshchiligida o‘qituvchi va va o‘quvchilar ishtirok etib, adib haykali poyiga gullar qo‘yib, ta'zim bajo keltirdilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi
#Alisher_Navoiy_tavalludining_582_yilligi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan "Tarix qa'rida ikki yulduz" nomli bayram tadbiridan video-lavha.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#541

YAXSHILIG

Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’, 
Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.

Bu zamonni nafi qilsam ayb qilma, ey rafiq, 
Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’.

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko’ngluma, 
Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.

Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yomonlig’ asru ko’p, 
Emdi ko’z tutmoq ne ya’ni har yomondin yaxshilig’.

Bori elga yaxhshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.

Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi, 
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’.

Zahiriddin Muhammad Bobur

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#541_yosh

LOLA

Xating aro uzoring sabza ichinda lola,
Ul chashmi purxumoring loladag’i g’azola.

Barcha parilar, ey jon, girdingda zoru hayron,
Go’yo erur namoyon oy tegrasida hola.

Lola, lola
Mehru vafoni, ey yor, ko’p ko’rdi sendin ag’yor,
Jabru jafoni bisyor qilding manga havola.

Hajringda, ey pariro’, ko’zumdin uchti uyqu,
Har kecha tongg’a tegru ishimdur ohu nola.

Yuz safhasinda xatlar yoshdinki,
har taraf bor, har taraf bor, Ishqingda Bobur aylar bu nam yuz risola.

Barcha parilar, ey jon, girdingda zoru hayron,
Go’yo erur namoyon oy tegrasida hola. Lola, lola.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#541_yosh

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi va Andijon shahridagi Prezident maktabi ijodkor o‘quvchilari

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur

MUSHKULDUR

Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur,
Sening birla chiqishmoqlik dag'i bisyor mushkuldur.

Mizojing nozik-u sen tund, men bir beadab telba,
Sanga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur.

Ne osig' nola-u faryod xobolud baxtimdin,
Bir unlar birla chun qilmoq ani bedor mushkuldur.

Manga osondurur bo‘lsa, agar yuz ming tuman dushman,
Vale bo‘lmoq jahonda, ey ko‘ngul, beyor mushkuldur.

Visolinkim tilarsen nozini xush tortg'il, Bobur,
Ki olam bog'ida topmoq guli bexor mushkuldur.

Zahriddin Muhammad Bobur

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#541_yosh

BIZ BOBURNING AVLODLARIMIZ

O’rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o’ziga xos o’rin egallagan adib, shoir, olim hamda yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda tug’ilgan bo’lib, bu yil tavalludining 541 yilligi keng nishonlanmoqda.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, adabiyotshunoslar, ijod maktabining ona-tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda ijod maktabining direktori Shohistaxon Nurmatova ishtirok etib, Bobur shaxsiyatining o‘ziga xos qirralari, shoir asarlarida ulug‘langan g‘oyalar, ulug‘ vatandoshimizning davlat arbobi sifatidagi serqirra faoliyati, ayniqsa milliy adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan betakror hissasi haqida qimmatli fikrlar bildirdi.

Ijod maktabining ijodkor o‘quvchilari tomonidan Mirzo Boburning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi, g‘azal va ruboiylaridan o‘qildi. "Yosh musavvirlarlar" to‘garagi a'zolari tomonidan Bobur siymosi yaratildi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#541_yosh

KO‘RGAMEN

Ne vafo umrumda ul jonu jahondin ko’rgamen, 
Kim vafo jondin ko’rubdurkim, men ondin ko’rgamen.

Ko’z yo’lidin ul sari husnun nazar aylar edim, 
Qon yoshim ul yo’lni tutti, emdi qondin ko’rgamen.

Yorab, ul kun shum toli’din manga bo’lg’aymukim
Jonima orom ul oromi jondin ko’rgamen.

Ko’z ko’rar, lekin solur meni balog’a bu ko’ngul, 
Bu baloni necha chashmi xunfishondin ko’rgamen.

Bartaraf qilg’il vafo istarni eldin, Boburo, 
Ul g’alatdurkim, vafo ahli jahondin ko’rgamen.

Zahriddin Muhammad Bobur

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_541_yilligi

Zahiriddin Muhammad Bobur adabiy merosining ahamiyati

Sharq va G'arb olimlaring
Bobur ijodi va hayotiga oid tadqiqotlari

Bugungi kunda boburshunoslik sohasida qo'lga kiritilayotgan yutuqlar, yangiliklar


Agentlik tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori, ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Shohistaxon Nurmatovaning maqolasida shular haqida so'z boradi

➡️ Batafsil bu yerda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur

O‘quvchilar_bekati

Bobur nidosi

Yuragimda hijron olur zoʻr alanga,
Oh, Andijon, firogʻingda qalb qiylanar.
Hoki-poyim borurmikan oʻz Vatanga?
Sogʻinchim ayt ona yurtga, ey turnalar.

Axsikentning dalasida ungan urugʼ
Chirsillashi eshitilar qulogʻimga.
Oʻz yurtimdan kelgan barcha neʼmat ulugʻ,
Qovunining taʼmi turar dimogʻimda.

Ikki koʻzim suvdir va lek koʻnglimda oʻt,
Hind yurtida shoxman biroq koʻnglim gʻarib.
Urush degan choxdin oʻtdim oʻynatib ot,
Lek Vatanga qaytolmadim yurt axtarib.

Boburingman, oʻzga yurtda shox oʻgʻloning,
Sogʻinch mening koʻz yoshlarim qildi alvon.
Koʻzga surtib oʻlsam edi zar tuprogʻing,
"Anda jonim" qolib ketgan jon Andijon!

Rohila RO‘ZIMANNOPOVA
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8-sinf oʻquvchisi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim