Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
887 subscribers
8.16K photos
862 videos
49 files
1.84K links
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI HAMDA COGNIA XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI OʻRTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Cognia xalqaro ta’lim tashkiloti hozirda 80 ga yaqin mamlakatda 25 milliondan oshiq o‘quvchi va 1 milliondan ortiq o‘qituvchilarni qamrab olgan bo‘lib, 36 000 dan ortiq ta’lim muassasalariga xizmat ko‘rsatadi.

Xususan, ushbu tashkilot maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, sertifikatlashtirish, baholash, tadqiqotlar olib borish, taʼlim sifatini oshirish, sifatli ta’lim resurslari bilan ta’minlash, o‘qituvchilar uchun onlayn platforma hamda offlayn tarzda kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish bo‘yicha yuqori sifatli professional xizmatlar taqdim etib kelmoqda.

Mazkur Xalqaro taʼlim tashkiloti bilan Agentlik o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish va takomillashtirishda, maktablarda ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqishda hamkorlik yo‘lga qoʻyiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

KOREYA TA’LIM MARKAZI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI RIVOJLANTIRILADI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi o‘rtasida sohadagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi.

Mazkur hujjatning asosiy maqsadi agentlik va markaz o‘rtasida hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, xususan STEM sohasini rivojlantirish maqsadida o‘zaro tajriba almashish, kadrlar almashuvi tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Tadbir doirasidagi muloqotda Agentlik direktori A.Ubbiyev ikki mamlakat o’rtasida hamkorlik aloqalari har tomonlama izchil rivojlanayotgani, xususan ta’lim sohasida manfaatli kelishuvlarga erishilayotganini e’tirof etdi.

Ta'kidlanganidek, bugungi kunda Agentlik tizimidagi 11 ta maktabda koreys tili ikkinchi til sifatida o’qitilmoqda. Shuningdek, ta’lim jarayoniga koreyalik malakali o’qituvchilar jalb qilingan. Iqtidorli o’quvchilarning Koreya Respublikasidagi nufuzli ta’lim muassasalariga safari ham tashkil etilmoqda.

Tomonlar agentlik tasarrufidagi maktablar hamda Koreya Respublikasining nufuzli xalqaro maktablari o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish, ta’lim jarayoniga STEM va koreys tili fanidan xalqaro toifadagi o‘qituvchilarni jalb qilish, akademik tajriba va milliy-madaniy ma’lumotlar almashishni ko‘zda tutuvchi qisqa muddatli treninglar tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr va takliflar almashdi.

— Markazimiz faoliyati koreys tilini o’qitish bilan birga ta’limning boshqa zamonaviy turlarini ham o’z ichiga oladi, - dedi Koreya ta’lim markazi direktori Pang Chu Man. – Shundan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, markazimiz Agentlik tomonidan ilgari surilgan takliflarni qo’llab quvvatlaydi. Kelajakda shu kabi foydali muzokaralar davom etishiga ishonamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

TURKIYA ELCHIXONASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

Unda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Turkiya elchixonasi ta’lim bo’limi rahbari Ebubekir Aydın taʻlim sohasida oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz oʻrtasida taʻlim sohasi boʻyicha hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda. Hozirda Agentlik tizimidagi 4 ta ijod maktabiga turkiyalik mutaxassislar jalb qilingan bo’lib, ikkinchi xorijiy til sifatida turk tili ham oʻqitilmoqda.

Oʻquvchilar Turkiyada oʻtkazilayotgan forum-festivallarda faol qatnashmoqda. Boshqa tillar kabi turk tilini bilish sertifikatlarini ham qo’lga kiritishmoqda.

Muzokaralarda hamkorlikda oʻquvchilar va oʻqituvchilar almashinuv dasturlari, ijod maktablarida ikkinchi xorijiy til sifatida turk tilini oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqish kabi takliflar ilgari surildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Qatar davlatining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar ta'lim sohasida o‘zaro hamkorlikdagi loyihalarni ishlab chiqish masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, xalqaro grant loyihalarini jalb etishda birgalikda ishlash, hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va istiqboldagi rejalar haqida so‘z yuritildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik_tashabbuslar_haftaligi
#live

🔴
Bugun Toshkent shahrida “Yangi Oʻzbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va maʼrifat” mavzusidagi xalqaro hamkorlik tashabbuslar haftaligi oʻz ishini boshladi.

Ayni vaqtda poytaxtimizda joylashgan Renessans Hall zalida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan
“Yangi Oʻzbekistonda taʼlim tizimini transformatsiya qilish va taʼlim sifatini oshirish” mavzusida muloqot tadbiri tashkil etilmoqda.

Unda qator
xalqaro tashkilotlar ekspertlari va xorijiy davlatlarning sohaga doir masʼul vakillari, jumladan:

Myunxen texnika universiteti professori Volfgang Herrmann;
Times Publishing LTD bosh ijrochi direktori Syu Peng Yim;
Birlashgan Arab Amirliklari Emirates National Schools tashkiloti bosh direktori Axmad al-Bastaki;
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida taʼlim boʻyicha amaliyot menejeri Rita Almeida;
UNISEFning taʼlim sohasidagi xalqaro eksperti Kristian Fabbi;
Jahon bankining dastur rahbari va yetakchi iqtisodchisi Xiroishi Sayekilar ishtirok etadi.

📍 Tadbir avvalida soʻz olgan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda olib borilayotgan taʼlimga doir islohotlar mazmuni va sohadagi keng oʻzgarishlar tahliliga atroflicha toʻxtalib oʻtmoqda.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

🤩 Turkiya Respublikasi Prezidenti administratsiyasining Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Salim Atay boshchiligidagi delegatsiya Agentlikka tashrif buyurdi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Davlatimiz rahbari tomonidan so’ngi yillarda ta’lim sohasiga berilayotgan keng ko’lamli islohotlar, jumladan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati bilan mehmonlarni tanishtirdi.

Mehmonlar Agentlik faoliyati, o’quvchilar erishayotgan yuqori natijalari va yutuqlariga yuqori baho berdi. O’zbekistonda barcha sohalar singari ta’lim sohasi ham shiddat bilan rivojlanib, katta e’tiroflarga sazovor bo’layotganini ta’kidladi.

Delegatsiya a’zolari Agentlik tizimidagi maktablarni tamomlab hozirgi kunda Turkiyada tahsil olayotgan o’quvchilarimiz uchun turli vazirliklarda, davlat idoralarida amaliyot o’tashiga sharoit yaratish, o’quvchilarni shu borada qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf Solih Al-Gahra Al-Otaibi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida turli sohalarda yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, soha doirasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM