Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
877 subscribers
8.2K photos
863 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal'a pedagogika fakulteti Filologiya fanlari bo'yicha Falsafa fanlari doktori Xursandbek To'liboyev va O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabalari

"Eslab qo'ying Muhammadni ham..."

@ptma_myim
#SAT
#Эълон

📣XALQARO SAT IMTIHONLARINI ENDI PREZIDENT MAKTABLARIDA TOPSHIRISHINGIZ MUMKIN!

AQSHdagi nufuzli universitetlar tomonidan tan olinadigan SAT imtihonlarini topshirish yana ham osonlashdi!

❗️Endi mazkur imtihonlar Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etiladi.

Mazkur imtihon MATEMATIKA va INGLIZ TILI fanlaridan o'tkaziladi hamda xorijiy universitetlar tomonidan tan olinadi.

📌Ma'lumot o'rnida, SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo'lib, 1926-yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo’ladi.

📆Imtihonlar MART, APREL va MAY oylarida bo'lib o'tadi.
________
❗️Xalqaro SAT imtihonlari uchun ro'yxatdan o'tish haqida qo'shimcha ma'lumotlar tez orada veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali e'lon qilinadi.

👇
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ANDIJON_TRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI | IJOD VA IXTISOSLASHGAN MAKTABLARI FAN OLIMPIADASI 26.12.2022 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
Forwarded from Yozuvchilar Uyushmasi Andijon Bo‘limi
​​Туғилган кун

Иброҳим Ғафуров 85 ёшда

Ёзувчи таржимон, танқидчи Иброҳим Ғафуров 1937 йил 27 декабрда Тошкентда ҳунарманд оиласида туғилди. 1956-1961 йилларда САГУ (ҳозирги ЎзМУ)нинг филология факультетида ўқиди. 1961-1982 йилларда Давлат бадиий адабиёт нашриётида кичик муҳаррир, таҳририят мудири, бош муҳаррир ўринбосари лавозимларида ишлади. 1995 йилда “Миллий тикланиш” демократик партиясини ташкил этиш ташаббускори бўлди. У мазкур партиянинг раиси (1996 йилдан), “Миллий тикланиш” газетасининг бош муҳаррири бўлиб ишлади. Иброҳим Ғафуров “Гўзалликнинг олмос қирралари” (1964) “Унутилмаган боғ” (1965), “Жозиба” (1970), “Ёнар сўз” (1973), “Ям-яшил дарахт” (1976), “Юрак – аланга” (1980). “Лириканинг юраги” (1982), “Шеърият – изланиш демак” (1984), “Ўттиз йил изҳори” (1987), “Тил эркинлиги” (1998) сингари адабий танқидий, бадиа китоблар муаллифи. У “Дарвоза”, “Ҳумо қушим”, “Қалдирғочим” сингари шеърий насрлар ёҳуд мансуралари билан эътибор қозонди. Иброҳим Ғафуров жаҳон адабиётининг “Жиноят ва Жазо”, “Телба”, “Қиморбоз” (Доcтоевский), “Азизим” (Мопассан), “Алвидо, қурол”, “Чол ва Денгиз” (Э.Хемингуей), “Қиёмат”, “Чингизхонниг оқ булути” (Чингиз оқ булути), “Ёнғин” (В.Распутин) сингари асарларини ўзбек тилига таржима қилган. Иброҳим Ғофуров филология фанлари номзоди (1973), Ўзбекистон ёшлари мукофоти (1989) лауреати, “Дўстлик” ордени соҳиби (1995). «Ўзбекистон Республикаси фан арбоби» (2017), Ўзбекистон Қаҳрамони (2021).
Ёзувчилар уюшмаси жамоаси Иброҳим Ғафуровни қутлуғ ёши билан муборакбод этади.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Биз китобга мубталомиз. Ўқимаган кунимиз кун эмас. Бир кун китоб ўқимаган кунимиз умримизнинг бой берилган куни...»

Хуршид Дўстмуҳаммад

📺 «Оламнинг қалби»
Hamid Olimjonning "Oʻrik gullaganda" sheʼriga nazira

Ishqparast bu koʻnglim vayrona
Oppoq oʻrik guliga mastman
Oʻz koʻnglimga savdoyi oshiq
Yor koʻzida devona hasman

Sen bilsayding oshiģing dardin,
Va yo... kimga maktub yòllading?
Qogʻoz qalam tutar qoʻlimdan
Kimni tutar sening qoʻllaring

Iforingdan karaht dimoqlar
Osmon kabi baland dimoqlar
Senga eltar yoʻllar uzoqdir
Oyogʻimda yirtiq, yamoqlar

Ishqparast bu koʻnglim vayrona
Oppoq oʻrik guliga mastman
Bagʻrim kuydi, yuragim kuydi
Endi aslo gulni sevmasman,
Endi aslo gulni sevmasman...

Akmaljon Abdurahmonov
"Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohibi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi

@ptma_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_sarhisobi
#To'garaklar_faoliyati

❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan ijodiy to'garaklar I-yarim yillik bo'yicha yakuniy hisobot jarayonida
#xotira

28 декабрь — Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов таваллуд топган кун

*
*
Юртдошим, боғингга бир ниҳол қада,
Ниҳолинг номини яхшилик ата.
Ниҳолинг ёнига бир гул экиб қўй,
У гулнинг номини гўзаллик деб қўй,
Гулу ниҳолинг бахш этиб ҳаёт,
Сув қуй ва бу сувга меҳр деб қўй от.

Сендан фарзандингга боғ қолсин эй дўст,
Боғинг ВАТАН дея, ном олсин эй дўст!

Эрки
н Воҳидов,
Ўзбекистон Қаҳрамони, халқ шоири.
O‘quvchilar ijodidan

O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga

Songsiz nigohlarga singgar sheriyat,
Ruhingiz eltadi ijod ufqiga.
Sizning izingizdan yuraman albat,
Shodlik munchoqlarin taqib kulgiga.

Adabiyot sizning ,mening hayotim,
Sozlar sadosini qaytarar yurak.
Qalbim izmidadir har bir bayotim,
Vatanga sizdayin shoirlar kerak.

Vatanga sizdayin shoirlar kerak,
Anglasin yurtini cheksiz qadrini.
Bolsin eng munosib suyanchi tirgak,
Erkning shamoliga ochib bagrini.

Misrangizga bitib tuygularimni,
Sizni marifatga ustoz atayman.
Royobin istagan orzularimni,
Umrim mazmuniga olib qadayman.

Erkin Vohidovning nomi mangudir,
Sheriyat olami sahifasida.
Otli satrlari bitilar takror,
Hayotimning har bir soniyasiyasida!

Gulchiroy DAVRONBEKOVA
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi

@ptma_myim
Erkin Vohidov O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
🎨🖌Rassom: Mushtariy Rasulova Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi
Ustoz Erkin Vohidov xotirasiga

Mana, qo'llarimni titratdi qalam,
Shunday insonlar ham o'tdi olamdan.
Qalbimni tirnadi ko'z yosh-u alam,
Erkin Vohidovni sog'inganimdan.

Goh hazin, gohida samimiy tashbeh,
O'tkir xulosalar qoldirdi bizga.
Hayajon.. qalbimni hoziroq tark et,
Bizlarni loyiq qil shunday insonga.

Adabiy mavzular darvozasini,
Zamon kalitida ochib berdilar.
Mudragan ko'ngillar ovozasini,
Teran fikrlar-la aytib berdilar.

Muslima No‘monjonova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi

👆@piima_myim
Ustoz Erkin Vohidov xotirasiga

Uzoqlarda, bepoyon yo'lda,
Ketayapman, tegramda quyosh.
Sizning zarrin nurlaringizdan,
Ba'zan ko'zdan tomchilaydi yosh.

Yodingizda bormi olis tun?
O'shal og'ir-og'ir qadamlar.
Siz qoldirgan buyuk meros-la,
Ziyo sari yurar odamlar.

Siz daraxtsiz, biz yosh kurtakmiz,
Hayot yaxshi bog'bon emasdir.
O'zbeklarning fahrisiz, lekin,
O'zbek bo'lish oson emasdir.

Yashayapman she'rlaringizdan,
Hayotimga ma'nolar sochib.
Yashayapman she'riyat degan,
Dunyolarga ko'ksimni ochib.

O'ylaringiz bunchalar go'zal,
Yuzingizda donish ajinlar.
Qalamingiz qog'ozga tegsa,
Tug'iladi go'zal satrlar.

Niyatim bor o'zimdan ulkan,
Har on xalqning yuragidasiz.
Agar nasib bo'lsa siz bilan,
Jannatlarda yuz ko'rishamiz.

Akmaljon Abdurahmonov
"Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sovrindori, Muhammad Yusuf ijod maktabi 11- sinf o'quvchisi

👆@piima_myim
Sadoqat
Erkin Vohidov
🍃 "САДОҚАТ"

✍️ Эркин ВОҲИДОВ

Шеърни шоирнинг ўзи ўқиган.
#bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Madina Rahmiddinova ingliz tili bo‘yicha Milliy sertifikat - B2 darajani qo‘lga kiritdi.

@ptma_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yil sarhisobiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев мамлакатимиз ўз олдига қўйган катта марраларга таълимни яхшилаш ва ўқитувчиларнинг обрўсини кўтаришсиз эришиб бўлмаслигини таъкидлади

Президент Шавкат Мирзиёев заявил, что больших целей, которые наша страна поставила перед собой, невозможно достичь без улучшения образования и поднятия авторитета учителей

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари таълим ислоҳотида ўқитувчиларнинг касбий маҳорати, фикр ва таклифлари муҳим ўрин тутишига эътибор қаратди

Глава государства акцентировал внимание на важную роль профессионализма, мнений и предложений учителей в процессе образовательной реформы

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев: "Таълимда эски тизимни бузолмас эканмиз, замонавий кадрни тайёрлай олмаймиз"

Президент Шавкат Мирзиёев: "Не сломав старую систему в образовании, мы не сможем подготовить современные кадры"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ота-оналарнинг фарзанд таълим-тарбияси учун масъулиятини ошириш лозим

Необходимо повысить ответственность родителей в вопросах воспитания и образования ребенка

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter