Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
868 subscribers
8.24K photos
863 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ustozlar!
Aziz yoshlar!


Avvalo barchangizni yangi o‘quv yili bilan tabriklayman!

Bu yil siz-u biz uchun o‘zgacha yil bo‘ldi. Endi siz Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda ta'lim olasiz.

Hurmatli ustozlarimiz esa biz bilan bir safda ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida mehnat qiladilar.

Prezidentimiz aytganlaridek taraqqiyotning asosi ta'limdir.

Faqat sifatli ta'limgina malakali kadrlarni yetishtirib chiqaradi. Malakali kadrlar esa mamlakatni taraqqiy ettiradi.

Aziz yoshlar, Siz bizning kelajagimiz, umidimizsiz. Omad va zafar yor bo’lsin!

Parvozingiz hamisha baland bo‘lsin!


Hilola Umarova,
Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori
#Salom_maktab

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Bilimlar kuni" o‘tkazildi.

Dastlab viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tomonidan o‘quvchi-talabalarga yo‘llagan tabrigi viloyat televideniyasi orqali onlayn eshittirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari, shoira Хurshida Vahobjon qizi, ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova o‘quvchilarni 2022-2023 o‘quv yili bilan muborakbod etib, ularning o‘qishlariga muvofaqqiyatlar tiladi.

7-sinfga yangi qabul qilingan 40 nafar o‘quvchilar tomonidan o‘quvchilik qasamyodi qabul qilindi.

Tadbirda ijodkor o‘quvchilar tomonidan tashkil etilgan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

@ptma_myim
#Mustaqillik_darsi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Mustaqillik darslari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova tomonidan o‘tkazilgan Mustaqillik darslarida o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy ma'naviyatimizni shakllantirish, Prezidentimizning “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoyalari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlari ilgari surildi.

@ptma_myim