Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.19K subscribers
10.4K photos
991 videos
54 files
2.18K links
Download Telegram
Prezident ta'lim muassasalari tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari 15.02.2022 kuni Agentlik tomonidan tashkil qilingan Alisher Mavoiy va Z.M.Bobur ijodiga bag'ishlangan test jarayonida faol ishtirok etdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram / Instagram / Facebook
🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat hodimi, Andijon farzandi Saida Zunnunova tavalludining 96 yilligi munosabati bilan adabiy kecha tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbirda ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Saida Zunnunova ijodidan namunalar o‘qildi.

👉@ptma_myim
Saida Zunnunova 1926-yili 15-fevralda Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga kelgan.

* * *

Anhor labida juft-juft soyalar,
Jilmayib o‘taman ko‘z qirin tashlab.
Goh xayol qurmagur olib ketadi,
Bahona topganday yoshlikka boshlab.

Yo‘q-yo‘q, men turmadim oydin tunlarda,
Suvlar yoqasida ishq o‘tida mast.
Men bunday damlarni yo‘lga termulib,
Intizor o‘tkazdim har on, har nafas.

Yoshligim, umrimni, halovatimni
Mardona topshirib vafo qo‘liga,
Oylarni, yillarni minutlab sanab,
Tunu kun qaradim yorning yo‘liga.

Hali begonaydik ajralishganda,
Ko‘rishdik juda ham qadrdon, inoq.
Yulib olsa hamki hijron yor vaslin,
Qilib ketgan ekan unga yaqinroq.
АҚШ ва Буюк Британиянинг нуфузли университетларига ҳужжат топшириш учун платформалар!

ucas.com – ушбу платформа бир вақтнинг ўзида 20 та Буюк Британиядаги университетларга ҳужжат топшириш имконини беради.

commonapp.org – ушбу платформа бир вақтнинг ўзида 20 тагача АҚШ олийгоҳларига ҳужжат топшириш имконини беради.


@elyurtumidifoundation
🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Milliy Gvardiyasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan kamonda o‘q otish bo‘yicha navbatdagi amaliy mashg‘ulotlari tashkil etildi.

👉@ptma_myim
👩‍💻Raqamli Avlod Qizlari 2022 - Ro'yxatdan o'tish boshlandi!

IT sohasiga qiziquvchi qizlar uchun ajoyib yangilik! Raqamli Avlod Qizlari loyihasining bu yilgi mavsumiga start beramiz! Loyiha davomida Dasturlash (mobil) 👩‍💻, Raqamli Dizayn (fashion) 🎨, SMM&PR, Branding 💻 va Biznes Analitika 📊 bo'yicha tajribali mentorlarimiz tomonidan professional darslar va xalqaro kompaniyalar ekspertlarining mahorat darslari tadbir ishtirokchilarini kutmoqda!

Qiziqyapsizmi? Unda, ro'yxatdan o'ting va dasturchi qizlarning eng yirik hamjamiyatiga qo'shiling! 🤩🙋‍♀

📍Tadbir manzili:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktab

Ro'yxatdan o'tish muddati:
24-fevral, 2022-yil

📝Ro'yxatdan o'tish va batafsil ma'lumot👇
ladies.digitalgeneration.uz

PS: 🎁Tadbir yakunida har bir yo'nalishning eng faol va g'olib ishtirokchilarini qimmatbaxo sovg'alar kutmoqda (noutbuk, televizor, v.h.k)
_______

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#O‘quvchilar_ijodidan

ODINA EGAMBERDIYEVA,
Ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi

ANDIJON

Maysalaring kuylardek mayin,
Tarixingdir tuganmas kitob.
Samolarda sayr etsa quyosh,
Tunlaringda to‘lin mohitob.

Dalalarda ko‘klaming isi,
Yosh-u qari birdek xursand, shod.
Bolalarning beg‘uborligi
Ko‘ngillarni qiladi obod.

Andijonim, yuksalgin mangu,
Go‘zal bo‘lgin har dam va har choq.
Chiroyingga ko‘zlar tegmasin,
O‘zim bo‘lay senga ko‘zmunchoq.

👉@ptma_myim