Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.18K subscribers
10.4K photos
992 videos
54 files
2.18K links
Download Telegram
​​ONAJON

Topmoq – yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq – topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab, 
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..

Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attang, ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Tirgak bo‘lolmadim 
Bitta qizingcha
Uyalmay shoirman 
Deyishimga boq.

Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko‘zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo‘qotganim senmi
Endi ONAJON?..
O‘z etimni o‘zim
Yeyishimga boq.

Bilsang, yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang, qo‘limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig‘aymi, 
O‘tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko‘k ag‘daraymi?..
Itdek oyog‘ingga
Suykalgim kelar –
Uchib-uchib, mana
Qo‘nishimga boq.

Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O‘lim oldida ham 
G‘amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.

She’rim bitdi,
Xayr,
Do‘stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O‘rganmang menday
Boring,
Volidangiz 
Ko‘nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O‘rtanmang menday.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

👉@ptma_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_iftihorim

🔰"Navoiyni har kim, har kun o'qish kerak!"

⚡️Gulyuz Abdumalikova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchisi

👉@ptma_myim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_iftixorim

🔰"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak"

E'zoza Turg‘unova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi

👉@ptma_myim
#Navoiyga_extirom

🔰Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan viloyat musiqali drama teatrida o‘tkazilgan navoiyxonlik kechasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi

👉@ptma_myim
#Mahorat_markazi
#Trening

🔴 O'qituvchilarda trenerlik ko'nikmasini shakllantirishga qaratilgan "Zamonaviy trener dasturi"ning ochilishi va interaktiv mashg'ulotlardan fotoreportaj.

📲 Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazining rasmiy sahifasi: https://t.iss.one/pmm_uz
#Trenerlar_uchun_trening

⚡️ Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazining ilk trening mashg'ulotlarida Agentlik tasarrufidagi maktablardan, shuningdek Xalq ta'limi tizimidag ixtisoslashtirilgan maktablardan jami 120 nafar o'qituvchi ishtirok etdi.

🔹O'qituvchilar
"Zamonaviy ta'lim nazariyalari: bixeviorizm, kognetivizm, ijtimoiy konstruktivizm"

"Singapur metodikalarini darslarda qo'llash ko'nikmasi" mavzulari bo'yicha trening mashg'ulotlarda ishtirok etishdi.

📌 Eslatib o'tamiz, treninglar 12-fevralga qadar davom etadi.
__________

On February 7, it was held training sessions "Modern Trainer Program" for the teachers of the schools under the Agency, as well as of the specialized schools of the Republic by the Center for Pedagogical Excellence.