Kuzak...
Tengi chiqmay òtayotgan qiz,
Turmushidan ajragan juvon.
Orzulari uzilib chirt- chirt,
Yer baģirlab uzalgan hazon.
Yelkasidan turtadi shamol,
Qovoģini ochmaydi gardun.
Iymanadi faryod chekkani
Faqat tunda yiģlaydi beun.
Umidvorlik chekinar asta
Yangi dòstga talpinar hayot.
Oltin kuzga chalingan qarsak
Kumush qishga tayyorlar bayot!
Baģrini qon ayladi anor
Tok òzini tashladi yerga.
Va sòngsòzni aytib noyabr,
Kuz taqdiri aylandi she'rga.
✍Shahlo Hamidova,
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси Абдухалил Қорабоев 1941 йил 21 сентябрда Андижон вилояти Хўжаобод туманида туғилган. 1965 йилда Тошкент давлат университетини филология факултетини тамомлаган.
Унинг дилбар шеърлари адабий жамоатчилик ва адабиёт мухлисларининг эътиборига сазовор бўлган.
У шоир, ёзувчи, халқ таълими аълочиси сифатида элнинг ҳурматини қозонган.
1978 йил “Кўзларингда қуёшча ўт”, 1998 йил “Тонг ёғдуси” ва “Сизни соғинаман” номли шеърий ҳамда “Ота меҳри” ҳикоя ва очерклар тўпламлари чоп этилган.
Абдухалил Қорабоев “Шонли меҳнат”, “Ўзбекистон маданияти” (ҳозирги “Ўзбекистон адабиёти ва санъати”), “Қишлоқ ҳақиқати” газеталарида, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Андижон вилоят бўлимида ҳамда таълим соҳасида хизмат қилган. Мустақиллик йилларида фаол ижод қилган Абдуҳалил Қорабоевнинг “Қиёмат” биографик қиссаси, “Кўнгил” шеърлар тўплами, “Мен қишлоқда яшайман” шеърий, насрий ва публицистик мақолалар туплами нашр қилинган.

🤔1
✍Абдухалил Қорабоев
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси
ҚАЛДИРҒОЧИМ
Учиб келинг, қалдирғочим, учиб келинг,
Қўлларимга қўнинг, мана, қўлларимга.
Юрагимга куйлаб кўклам наволарин,
Райҳон бўйин сочиб келинг йўлларимга.
Учиб келинг, қалдирғочим, учиб келинг,
Ота жойим шифтларида уйларингиз.
Чарчаб, ҳориб келганимда онажоним
Алласидай янграб турсин куйларингиз.
Учиб келинг, қалдирғочим, учиб келинг,
Сочиб келинг эзгуликнинг гулларини.
Нуҳ пайғамбар кемасида илонлар кўп,
Узиб ташланг илонларнинг тилларини.
Учиб келинг, қалдирғочим, учиб келинг.
СУКУНАТ
Сукунат!
Сезяпман…
Эшитяпсан нотинч юрак зарбларини.
Англаяпсан,
Сўздан чарчаб,
Соқов бўлган задаларнинг қалбларини.
Сукунат,
Айтадиган сўзларимни айтиб бўлдим,
Аросатнинг йўлларидан қайтиб бўлдим.
Энди сўнгги дил сўзимни сенга айтай,
Ювиб ташлай юрагимнинг гардларини.
Сукунат!
Илтимосим, тилга кирма!
Тилга кирсанг,
Сен ҳам сўзим эшитмайсан.
Англамайсан
Ҳорғин қалбнинг дардларини,
Тилга кирма…
ЮРАГИМ
Сайёдлар домига қарамай,
Қояда оҳудек ўйнадим.
Сўзимни гулларга ўрамай,
Юрагим, сени ҳам қийнадим.
Бу чигал дунёни англамай,
Тўлқиндай ҳайқириб қайнадим.
Титроғинг сезмайин, тингламай
Юрагим, сени ҳам қийнадим.
Ҳаққул ҳақ дегандай куйиниб,
Сира ўз ҳолингга қўймадим.
Нотаниш йўлларда суриниб
Юрагим, сени ҳам қийнадим.
Бир умр эзилиб, ўртаниб,
Ёнмасин деб сени ўйладим.
Келишиб яшашга ўрганиб,
Юрагим, сени ҳам қийнадим.
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси
ҚАЛДИРҒОЧИМ
Учиб келинг, қалдирғочим, учиб келинг,
Қўлларимга қўнинг, мана, қўлларимга.
Юрагимга куйлаб кўклам наволарин,
Райҳон бўйин сочиб келинг йўлларимга.
Учиб келинг, қалдирғочим, учиб келинг,
Ота жойим шифтларида уйларингиз.
Чарчаб, ҳориб келганимда онажоним
Алласидай янграб турсин куйларингиз.
Учиб келинг, қалдирғочим, учиб келинг,
Сочиб келинг эзгуликнинг гулларини.
Нуҳ пайғамбар кемасида илонлар кўп,
Узиб ташланг илонларнинг тилларини.
Учиб келинг, қалдирғочим, учиб келинг.
СУКУНАТ
Сукунат!
Сезяпман…
Эшитяпсан нотинч юрак зарбларини.
Англаяпсан,
Сўздан чарчаб,
Соқов бўлган задаларнинг қалбларини.
Сукунат,
Айтадиган сўзларимни айтиб бўлдим,
Аросатнинг йўлларидан қайтиб бўлдим.
Энди сўнгги дил сўзимни сенга айтай,
Ювиб ташлай юрагимнинг гардларини.
Сукунат!
Илтимосим, тилга кирма!
Тилга кирсанг,
Сен ҳам сўзим эшитмайсан.
Англамайсан
Ҳорғин қалбнинг дардларини,
Тилга кирма…
ЮРАГИМ
Сайёдлар домига қарамай,
Қояда оҳудек ўйнадим.
Сўзимни гулларга ўрамай,
Юрагим, сени ҳам қийнадим.
Бу чигал дунёни англамай,
Тўлқиндай ҳайқириб қайнадим.
Титроғинг сезмайин, тингламай
Юрагим, сени ҳам қийнадим.
Ҳаққул ҳақ дегандай куйиниб,
Сира ўз ҳолингга қўймадим.
Нотаниш йўлларда суриниб
Юрагим, сени ҳам қийнадим.
Бир умр эзилиб, ўртаниб,
Ёнмасин деб сени ўйладим.
Келишиб яшашга ўрганиб,
Юрагим, сени ҳам қийнадим.
🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Bahtiyor Rahimov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
✅Savol-javob tariqasida o‘tkazilgan mazkur tadbir yakunida ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan badiy chiqishlar namoyish etildi.
👉@ptma_myim
✅Savol-javob tariqasida o‘tkazilgan mazkur tadbir yakunida ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan badiy chiqishlar namoyish etildi.
👉@ptma_myim
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
✅Xalqaro ta'lim forumi doirasida Agentlik tizimidagi hamda umumta'lim maktablari o'qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi
❕ “Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” ta’lim forumining amaliyotga bag’ishlangan qismi qanday o’tdi?
👩🏻🏫👨🏼🏫Xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan tashkil etilgan, “O'qituvchilar o'qituvchilar uchun” shiori ostida o'tgan ushbu mahorat darslari haqida saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin.
❕ “Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” ta’lim forumining amaliyotga bag’ishlangan qismi qanday o’tdi?
👩🏻🏫👨🏼🏫Xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan tashkil etilgan, “O'qituvchilar o'qituvchilar uchun” shiori ostida o'tgan ushbu mahorat darslari haqida saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin.
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi❓
✅Jemal Yildiz,
Turkiya Milliy ta'lim vazirligi Oliy va xorijda ta'lim va xalqaro aloqalar bo’yicha bo’lim boshlig’i
🔸Forum doirasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi bilan o’zaro anglashuv memorandumini imzoladik. Mazkur memorandum ikki tomonlama hamkorlik aloqalarimizni yanada kuchaytiradi, deb umid qilaman.
🔸Men Samarqanddagi Prezident maktabida bo'ldim, aytish mumkinki, maktab juda chiroyli loyihaga ega. O’quvchilar ham juda aqlli. Ularning ertaga O’zbekiston taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shishlariga ishonaman.
🔸Biz Turkiya tomoni sifatida Prezident ta’lim muassasalari agentligi bilan talabalar almashinuvi va boshqa bir qancha sohalarda hamkorlik qilish niyatidamiz.

#Xalqaro_forum
✅Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yangi O’zbekiston ta’limi: islohotlar yo’lida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro ta’lim forumining 1-kunidan lavhalar.
✅Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yangi O’zbekiston ta’limi: islohotlar yo’lida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro ta’lim forumining 1-kunidan lavhalar.
✍Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
YOLG‘ONCHI YOR
Yolg‘onchi yor, yolg‘onlaring tugar qachon,
Yolg‘on yig‘lab, kuyganlaring tugar qachon,
Qachon menga bir iltifot aylagaysan,
Qachon tugar sitamlaring karvon-karvon,
Yolg‘onchi yor, yolg‘onlaring tugar qachon?..
Majnun bo‘ldim sahrolarda bir soya yo‘q,
Menga oftob - qaroqchidan himoya yo‘q.
O‘ngimda cho‘g‘, so‘limda cho‘g‘, ko‘nglimda cho‘g‘.
Jonim sayyod qo‘lidagi jayron-jayron,
Yolg‘onchi yor, yolg‘onlaring tugar qachon?..
Uzun tunlar bekorga men to‘lg‘onmasman,
Parizodim, seni sevdim, hech tonmasman,
Ming bir kecha ertaging ayt - ishonmasman,
Ishonmay ham ko‘zimda yosh marjon-marjon,
Yolg‘onchi yor, yolg‘onlaring tugar qachon?
Jannat ishvasiga uchib kim chopmagan,
Taqdir mening peshonamga qil yopmagan,
Noshud qulman chaman kezib gul topmagan,
O‘z holimga endi o‘zim hayron-hayron,
Yolg‘onchi yor, yolg‘onlaring tugar qachon?..
Tushunmadim muhabbatning shevasiga,
Ko‘ngil berdim senday qizning nimasiga,
Nega mindim omonat ishq kemasiga,
O‘z umrimni o‘zim qildim vayron-vayron,
Yolg‘onchi yor, yolg‘onlaring tugar qachon!..

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan boshlangan "Kelajak liderlari" klubining Andijon viloyatidagi yetakchilari Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida bo‘ldilar.
✅"Kelajak liderlari" a'zolari ijod maktabida tashkil etilgan
"Matnshunoslik", "Zargarlik", “Veb dizayn”, “Kompyuter grafikasi”, “Aktyorlik mahorati”, “Tasviriy va raqamli san’at”, “Yosh tarjimon”, “Audiovizual asarlarni qayta ishlash”, “Jurnalist”, “Tafakkur” kabi o‘ndan ortiq ijodiy to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
⚡️Ijodkor o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, amaliy ko‘rgazmalar namoyish etildi.
🎞Tadbirdan fotosuratlar 👇👇👇