Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
895 subscribers
8.6K photos
897 videos
50 files
1.89K links
Download Telegram
#Andijon_Prezident_maktabi

ANDIJON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA YANGI O'QUV YILI BOSHLANDI

🔴Bugun, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabida yangi o'quv yiliga start berildi.

🔶Tadbirda Agentlik rahbari Hilola Umarova so’zga chiqib, barchani yangi o'quv yili bilan tabrikladi:
- Avvalo ta’kidlab o’tishim kerak, ilm bilan birga har biringizning qalbingizda eng avvalo vatanparvarlik tuyg'usi bo’lsin. Zero Prezident maktablarida ta'lim olish sizlar uchun nafaqat imkoniyat, balki ulkan ma'suliyat ham demakdir.

📌Tadbir davomida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, jamiyatning ilg'or vakillari so'zga chiqishdi va ta'lim sohasida yaratilayotgan shart-sharoitlar to'g'risida fikr bildirishdi.
_
🔹The new academic year has started at the Presidential School in Andijan. The opening ceremony was attended by the director of the Agency Hilola Umarova, hokim of Andijan Sh. Abdurakhmonov and progressive representatives of society.
🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida bo‘lib, ijod maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi ijrosi ta'minlash maqsadida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

⚡️Bugungi kunda ijod maktabida adabiyot, san'at, jurnalistika, notiqlik, tarjimonlik, aktyorlik, IT yo‘nalishi, zargarlik, chevarchilik va pazandachilik kabi o‘ndan ortiq to‘garaklari olib borilmoqda.

❇️Shu bilan birga, Hilola Umarova ijod maktabi o‘quvchilari bilan uchrashib, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

👉@ptma_myim
SHOIR SEVGISI

Tanimayman deysiz,
Bilmayman deysiz.
Yorijon, nozmi bu
Sho'xliklaringiz?...
Meni tanir xatto
Kipriklaringiz,
Siz esa shoirni
Sevmayman deysiz

Ko'rib - ko'rmaslikka
Olmoqlar oson.
Siz-ku ko'rsangiz ham
Olmaysizu tan.
Meni tanib xatto
Har kun ko'chamdan
Sochingiz qo'l silkib
O'tar, yorijon.

Bilaman, taxminan
Shunday o'ylaysiz:
Shoirlar - devona
Tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi
O'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamdek
Sevolmaydilar.

Yona-yona bir kun
Ko'yingizda men
Ado bo'ladurg'on
Shamga o'xshayman.
Eng go'zal she'rimni
To'yingizda men
Poyingizga gulxan
Qilib to'shayman.

Qo'rqmang. Yangrar qo'shiq,
Tugamas o'yin.
Ko'rganlar sizdan ko'z
Uzolmaydilar
Shoirlar buzolmas
Birovning to'yin,
Birovning uyini
Buzolmaydilar.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

@ptma_myim
"O, ota makonim, onajon o‘lkam",
Muqaddas tuproqli, musaffo osmon
Vatan sog‘inchi deb chekkanimda g‘am,
Sen tomon yuzlandim shahri Andijon.

Keng dala-dashtingdan boshlab bitilgan,
O‘chmas xotiralar, o‘chmas qissasi.
Manguga yurakka muhr etilgan,
Ko‘hna to‘llaringda momom allasi.

Shunchaki sevgimas,"Shoir sevgisi"
U o‘tli yoshlikning yoniq izidir.
Yoki xayol hamda orom o‘g‘risi,
Sharqning sarvinozi, "Turkman qizi"dir.

Rayhon hidlaringni yo‘limga to‘kib,
Ko‘kda oy chiqishin kutaman mushtoq.
Go‘yo yangi baxtga ko‘zini tikib,
Ochilib turibdi," Lolaqizg‘aldoq".

"Mayli-da, kimgadir yoqsa, yoqmasa"...
Albat, o‘z yo‘lini topadur odam.
Garchi dunyo nomin bilsa, bilmasa,
Ona xalqim menga aziz, muhtaram.

Bizdan" mehr qolur, qolar oqibat,
Umr o‘tib ketar, dard, g‘urbatlarda.
Vatan, baxt nomlari yashaydi abad,
Muhammad kuylagan muhabbatlarda.

Bobomurod Sa'dullayev
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi