Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
867 subscribers
8.28K photos
866 videos
50 files
1.86K links
Download Telegram
#sarhisob
#milliy_xalqaro_sertifikatlar
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8-9-10-sinflar o‘quvchilari tomonidan 2024 yil davomida umumta'lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar. Jumladan

Ona tili fanidan

10-sinf o‘quvchilari

🔹Abdumannobova Rayxona - B daraja
🔹Ergashaliyeva Zulayxo - B daraja
🔹Latipova Sarvinoz - B daraja
🔹Madaminova Lolaxon - C+ daraja
🔹Davronbekova Gulasal - C+ daraja
🔹Mahammatshokirova Muslimaxon - C+ daraja
🔹Dadajonova Sarvinoz - B daraja
🔹Xudoyberdiyeva Sarvinoz - C daraja
🔹Mamatova Dilorom - C daraja
🔹Ahmadjonova Madinaxon - C daraja

9-sinf o‘quvchilari

🔹Husanboyeva Mubina - B+ daraja
🔹Oxunjonova Muxayyo - B+daraja
🔹G‘ofurjonova Zilola - B+ daraja
🔹Anarbayeva Kamolaxon - B daraja
🔹Ergasheva Madinaxon - B daraja
🔹Тo‘xtasinova Farzona - B daraja
🔹Murodova Marjona - B daraja
🔹Botirova Mohinabonu - B daraja
🔹Тolibjonova Robiyaxon - C+ daraja
🔹Mirzaqulova Farangiz - C+ daraja
🔹Maxmudova Shodiyona - C+daraja
🔹Ro’zimannopova Rohila - C+ daraja
🔹Nurmuxammedova Gulbaxor - C daraja

8-sinf o‘quvchilari

🔹Abdukarimxodjayeva Yasmina - B daraja
🔹Xayitboyeva Ruxshona - B daraja
🔹Aliyeva Kumushbibi - C+ daraja
🔹Davlatboyeva Gulziyo - C+ daraja
🔹Sharipova Mubina - C daraja

Ingliz tili fanidan

10-sinf o‘quvchilari

🔹Obidova Madina - C1 daraja
🔹Ahmadullayeva Mohigul - C1 daraja
🔹Xusanboyeva Muhsinabonu - B2 daraja
🔹Abdug‘aniyeva Donoxon - B2 daraja
🔹Abdumannobova Xosiyatxon - B2 daraja
🔹Mahmudova Muhlisa - B2 daraja

9-sinf o‘quvchilari

🔹Akramova Sevara - B2 daraja
🔹Norqulova Elnura - B2 daraja
🔹Alisherova Robiya - B2 daraja,
🔹Odiljonova Bibisora - B2 daraja,
🔹To‘raboyeva Mubina - B1 daraja,
🔹Murodjonov Muhammadabdulloh - B1 daraja

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob
#ijodiy_to‘garaklar
#audiovizual_asarlarni_yaratish_va_qayta_ishlash

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun yo‘lga qo‘yilgan Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash to‘garagi a'zolari tomonidan o‘tgan davr mobaynida yuzlab loyihalar amalga oshirildi.

Ijodiy to‘garak a'zolari tomonidan o‘quvchilar o‘zlarining ijod namunalari hamda ustoz ijodkorlarning asarlari asosida sahnalashtirilgan audio kitoblar yaratishmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉https://t.iss.one/ima_myim
#yangi_kitob

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining oliy toifali tarix fani o‘qituvchisi Qobiljon Qoraqo‘ziyev muallifligida "Test 10" nomli yangi kitobi nashr qilindi.

Davlat va huquq asosolari faniga tayangan holda nashrga tayyorlangan ushbu kitob umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10-11 sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oliy ta'lim muassasalariga kirish, fan olimpiadalari hamda milliy sertifikatlarga tayyorlashga hizmat qiladi.

Ustozimizni kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#sarhisob
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
#ijod_ustaxonasi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yo‘lga qo‘yilgan "Ijod ustaxonasi" adabiy to‘garagi tomonidan yil davomida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan;

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan "Ulug‘imsan, Vatanim" nomli to‘plam tayyorlandi. 48-nafar ijodkor o‘quvchilarning ijodiy namunlari asosida "G‘ofur G‘ulom" nashriyoti tomonidan "Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari" nomli almanax nashr qilindi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida "Adabiyot" nashriyoti tomonidan 9-sinf o‘quvchisi Rohila Ro‘zimannopovaning "Barglar nidosi" nomli kitobi chop etildi.

Shu bilan birga, 5 nafar o‘quvchining ijod namunalari audio kitob holida tayyorlandi. 40 ga yaqin ijodkor o‘quvchilarning ijod namunalari viloyat, Respublika hamda xorijiy davriy nashriyotlarida e'lon qilindi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob
#aktyorli_mahorati

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchilari uchun yo‘lga qo‘yilgan Aktyorlik mahorati to‘garagi a'zolari tomonidan o‘tgan davr mobaynida yuzlab asarlar sahnalashtirildi.

Ijodiy to‘garak a'zolari tomonidan o‘quvchilar o‘zlarining ijod namunalari hamda ustoz ijodkorlarning sara asarlari asosida sahnalashtirilgan chiqishlar namoyish etildi.

E'tiboringiz uchun to‘garak a'zolarining eng sara asarlari hisoblangan "Maktabda yolg‘iz" nomli hajviy asarini havola etamiz. Ushbu sahnalashtirilgan asar AQSh kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan "Uyda yolg‘iz" kinosi asosida yaratildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉https://t.iss.one/ima_myim
Yangi yil orzulari

Umrimning kitobidan
Bir varaq ochib bu dam,
Soqiydan sõrayman gap
Benavbat, betakalluf.

Yangi yil sharobidan
Bir qultum ichgan odam,
Bõlar ekan, vo ajab
Daf'atanda faylasuf.

Mayli axir qadah ham
Dilkusho dõstlar aro
Yurakni ochmoq uchun
Sabab-u bahonadir.

To bor ekan bu olam
Biz bor ekan dahr aro
Yangi yil bor, may gulgun
Sukunat begonadir.

Dõstlar, biz shu mamlakat
Safdagi õğlonlari
Biz qilgan tilaklarda
Uning nomi muddao.

Yurtning tashvish-u zahmat,
Sevinch, hayajonlari
Bizning ham yuraklarda
Sado berar doimo.

Ortga bir tashlang nigoh
Bir yilda yurt pahlavon
Necha yilga barobar
Yillarni yurgani rost.

Yana vijdonlar ogoh,
Dovon ortida dovon,
Murakkab muammolar
Oldinda turgani rost.

Agar yangi õn yilning
Qutluğ ostonasida
Olam rejalar uchun
Belimizni boģlaymiz-

Demakki, uchinchi ming-
Yillik koshonasida
Yashamoqqa biz bugun
Õzimizni choğlaymiz.

Dilga beraylik savol,
Yõlga boqaylik bir dam,
Bir butun hayot oldda,
Ortda butun bir hayot.

Yashay oldikmi halol,
Bõla oldikmi odam,
Ketsak bizdan hayotda
Ne qolgusi xotirot.

Qolmasin yurakda zang
Dilda zarracha ģubor.
Kõngillar kõzgusini
Toza qilib yuvaylik.

Kelajakka biz bilan
Kirib bormasin zinhor,
Manmanlik tuyğusini
Kõngillardan quvaylik.

Yotgan bõlsa mabodo
Dilning qay burchagida
Riyo, tama, kin, hasad,
Bir-bir termoq choğidir.

Zar ishqi ham bir savdo
Odamzod yuragida,
Uni abadul abad
Õtga betmoq choğidir.

Yukladik futuvvatga
Mõjiziy raqamlarni
Bor ekan ğayrat, istak,
Ado eturmiz biroq-

Eng oliy baloğatga
Boshlamoq odamlarni,
Yuraklarni pok etmak
Anchayin murakkabroq...

Yangi yil davrasida
Faqat õzimi emas,
Õrtada bizlar uchun
Jon berganlar ruhi bor.

Dasturxon tegrasida
Ular bilan xamnafas
Suhbat qurmoqning bukun
Õzgacha shukuhi bor.

Ruhlar sokin xobidan
Turib keldilar bu dam.
Ular hisobot talab
Beda'vo, betaassuf...

Yangi yil sharobidan
Bir qultum ichgan odam,
Bõlar ekan vo ajab
Daf'atanda faylasuf.

Mayli axir qadax ham
Ishongan dõstlar aro
Yurakni ochmoq uchun
Sabab-u bahonadir.

To bor ekan bu olam,
Biz bor ekan dahr aro
Yangi yil bor, may gulgun
Sukunat begonadir.

Erkin Vohidov
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri


👉https://t.iss.one/ima_myim
Xayrlashuv

Bu yil kimning gulzoriga yoʻlim tushdi,
Kimdir meni koʻrib bexos hushi uchdi,
Gohi alam, gohi shodlik kelib quchdi,
Ne boʻlsa-da sen umrimning naqshi yilim,
Xush kelganding, xushnud ketgin, Yaxshi yilim!

Ba'zan Oyning  shu' lasi ham Quyosh boʻldi,
Ba'zan doʻstim qolib gʻanim sirdosh boʻldi.
Darslaringdan topganim zoʻr bardosh boʻldi,
Xaritasiz yoʻllarimning naqshi yilim,
Xush kelganding, xushnud ketgin,Yaxshi yilim!

Sen Robbimdan inoyatli imkon boʻlding,
Qancha isming Savob yana Ehson boʻlding.
Uch yuz oltmish beshta asl marjon boʻlding,
Oʻn ikki oy tegrasining naqshi yilim,
Xush kelganding, xushnud ketgin, Yaxshi yilim!

Netay, navbat dunyosiga fidodirman,
Gar "hoʻp" desang, Yangi yilga sadodirman...
Sen ilingan bitiklarga rizodirman,
Qirq oltinchi koshonamning naqshi yilim,
Xush kelganding, xushnud ketgin, Yaxshi yilim!

Shahlo Hamidova
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi.


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Tabrik

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan muborakbod etadi!

Yangi yilda yangi zafarlar, yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Yangi yil barchaga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt va saodat olib kelsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YANGI YIL KECHASI

Ko‘ngil mayus tortdi yilning so‘ngida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko‘zim o‘ngida,
Yana bir yoshimni o‘g‘irlading, qor.
Qirqinchi qasrimga o‘taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?..

Bahorim yetgudek qo‘lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g‘alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig‘lab kuzatsam…
Dardim jim ichimga yutaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

So‘rsang, sevinchimdan o‘kinchim ko‘proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko‘zda tabassum-u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

Yangi yil,
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo‘qlab kelganingni o‘zi bir bayram.
Qulog‘ingga bir gap aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi…

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri


👉@ima_myim