Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
886 subscribers
8.5K photos
876 videos
50 files
1.87K links
Download Telegram
#dastur_ijrosi_amalda

OʻQUVCHILAR ALMASHINUVI DASTURI AMALDA

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari o‘quvchilari almashinuvi dasturi tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Mazkur dastur doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining bir guruh oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida boʻlib, tengdoshlari bilan ilmiy, ijodiy tajriba almashmoqda, Qashqadaryo viloyatining diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishmoqda.

Oʻz navbatida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining bir guruh oʻquvchilari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabidagi oʻquv jarayonlarida ishtirok etib, ijodiy va kasbiy toʻgaraklarda mahoratini oshirmoqda. Yoshlar Marhamat tumanida joylashgan Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf uy muzeyi, Andijon viloyat Yoshlar kutubxonasi hamda Erkin Vohidov nomidagi shaxmat maktabiga ham sayohat qildilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM