Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
883 subscribers
8.06K photos
858 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
#Vazir_soati

Prezident topshiriqlari ijrosi amalga oshirilmoqda


Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida "Vazir soati” boʻlib oʻtdi. Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, kuni kecha pedagoglar bilan uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosiga to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, endilikda pedagoglar malakasini oshirishning “vazirlik – malaka oshirish markazi – maktab va bogʻcha” vertikal tizimini yoʻlga qoʻyilishi, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining har bir hududiy markaz direktorlariga bir nafardan chet ellik ekspert maslahatchi sifatida biriktirilishini aytib oʻtdi.

Qayd etilganidek, Davlatimiz rahbari tomonidan iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha imzolanga qaror asosida vazirlik tizimida Oʻquvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.

Ahamiyatlisi, endilikda xalqaro olimpiada terma jamoa rahbarlari xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha BHMning 35, 25, 15 baravari miqdorida ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning oʻqituvchilari uchun beriladigan pul mukofotlari daromad soligʻidan ozod qilinadi.

👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/uz/news/1779

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ma'naviyat_soati

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchi yoshlarda vatanparvarlik, o‘z yurtiga mehr-muhabbat ruhida va ma’naviy barkamol bo‘lib o‘sishlari uchun ma’naviyat soatlari tashkil etilgan. 

🔷O‘tkazilgan ma'naviyat soatlarida o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy ma'naviyatimizni shakllantirish ilgari surildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

XAZINAMSAN KITOB | 03.10.2024 YIL

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi "Ijod ustaxonasi" faoliyati

Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
#Zamin_Creаtive

Muhammad Yusuf  nomidagi ijod maktabida "Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalarining navbatdagi mavsumi boshlandi.

❇️“Zamin Creative” ta'lim dasturi bo'yicha  aktyorlik mahorati, Fashion Design va media savodxonlik sohalarida ko‘nikmalarga ega bo‘lishga qaratilgan ushbu jarayonlarga ijod maktabi o'quvchilari va Xo'jaobod shahridagi  17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktab hamda zaif eshituvchi bolalar maktabi o'quvchilari jalb etildi.

🔰“Zamin Creative” studiyalaridagi o'quv kurslari o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini samarali tashkil etish va zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlariga qaratilib, unda ròyxatdan o'tgan o'quvchilar ishtirok etmoqdalar. 

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim