Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
876 subscribers
8.2K photos
863 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
12-sentabr – Shavkat Rahmon tug‘ilgan kun


TURKIYLAR

Qilichin tashladi beklar nihoyat,
bosildi tulporlar,
tig‘lar suroni,
urhoga o‘rgangan tillarda oyat,
turkiylar tanidi komil xudoni.
Qilichlar zangladi…
falokat hushyor,
turkiylar quvvatin berdi yerlarga.
Hiylagar do‘stlarday yaqinlashdi yov
komillik qidirgan jasur erlarga.
Ilvasin yigitlar,
bobir yigitlar,
sajdaga bosh qo‘ydi yovga ters qarab,
g‘ullarni kemirib yig‘ladi itlar,
buyuk boshni kesdi qilich yaraqlab.
Turkda bosh qolmadi… qolmadi dovlar.
xotin-xalaj qoldi motam ko‘tarib,
«bizga tik qarama» buyurdi yovlar,
yovlarga ters qarab yashadi bari.
Talandi samoviy tulpor uyuri,
talandi zarlari,
zebu zabari,
ters qarab o‘ling deb yovlar buyurdi,
yovlarga ters qarab jon berdi bari.
Lahadga kirdilar o‘zlarin qarg‘ab,
qolmadi arabiy,
turkiy xatlari,
tug‘ingiz dedi yov teskari qarab,
yovlarga ters qarab tug‘ildi bari.
Tug‘ildi,
tug‘ildi,
tug‘ildi qullar,
qirqida qirilgan — imdodga muhtoj,
yovlarga ters qarab itlarday hurar,
bir-biriga dushman,
bir-biridan koj.
Jo‘mardlar qirilgan Turonzaminda
do‘zaxiy tajriba pallasin ko‘rdim:
eshshak suvrati bor qay bir qavmda,
qay birida to‘ng‘iz kallasin ko‘rdim.
Bu holdan buvaklar bo‘g‘ilib o‘lar,
qul Bilol ezilib yig‘lar falakda…
O‘zlarin yondirar borliqdan to‘ygan
Badaxshon laʼliday asl malaklar.
Mo‘minlar besh bora Allohni eslar
sajdaga bosh qo‘yib jallod toshiga.
O‘grilib sal ortga qarayin desa,
boshiga urarlar,
faqat boshiga.
Bormi er yigitlar, bormi er qizlar,
bormi gul bag‘ringda jo‘mard nolalar,
bormi bul tufroqda o‘zligin izlab,
osmonu falakka yetgan bolalar.
Bor bo‘lsa,
alarga yetkarib qo‘ying,
bir boshga bir o‘lim demagan ermas,
shahidlar o‘lmaydi,
bir qarab to‘ying:
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!


QASAM


Shavkat Rahmon deganbir o‘jar shoir,
bir kuni qaytadan yaraladimi?
Hayotim maʼnisin juda ko‘p o‘ylab,
sayladim so‘zlarningsaralarini.
Har bir so‘zyuz so‘zning o‘rnini bosar –
Vatan, Xalq, Jasorat, Kurash, Ozodlik.
Har bir so‘z yetajak yuzta umrimga,
Har biri baxsh etarruhimga shodlik.
Hozirlik ko‘rarkan buyuk safarga,
pushtirang pardali minglab darchadan
mo‘ralab o‘tirgan go‘zal so‘zlarni
qoldirib ketaman endi barchaga.
Aslida atirgul bo‘yin taratgan
bu o‘ynoqi so‘zlar menikimasdir.
Menga nonday zarur qilichday keskir,
zaharday mard so‘zlar bo‘lsayoq basdir.
Sayladim so‘zlarning saralarini,
kurashlar shamoli kirdi nazmimga.
Yurtimni kezaman, endi har narsa –
egilgan narsalar tegar g‘ashimga.
Endi ishlash kerak bu kengliklarda,
tokim so‘ylamasin yolg‘onni hech kim,
tokim buyuk tog‘lar saltanatida
egilgan boshlarni qilichlar kessin.

Shavkat Rahmon
#direktor_soati

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf  nomidagi ijod maktabida 7 sinf o‘quvchilari bilan "Direktor soati" bo'lib o'tdi.

🔷O‘tkazilgan ma'rifat soatida ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova o‘quvchilarni ichki tartib qoidalarini tanishtirish bilan birga o‘quvchilar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ayniqsa ularni intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashashni ilgari surildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin Creative" loyihasi doirasida Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi inklyuziv ijodiy studiyalarga beshinchi qabul o‘tkazilmoqda. Ishtirokchilarning iltimosiga ko‘ra, ular ijodkorlik va o‘zini ifoda etishga ko‘proq vaqt ajrata olishlari uchun o‘qish muddati bir akademik yiligacha uzaytirildi. Qabul an’anaviy ravishda media, dizayn va teatr san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar 22-sentyabrgacha mana bu yerda ro‘yxatdan o‘tib, tanlov asosida "Zamin Creative" ishtirokchisi bo‘lishlari mumkin.

В рамках проекта Zamin Creative проводится пятый набор в инклюзивные творческие студии в Карши, Ташкенте, Андижане, Нукусе и Маргилане. По просьбам ребят длительность обучения увеличится до одного академического года, чтобы участники проекта могли больше времени посвящать творчеству и самовыражению. Набор традиционно будет проведён по направлениям: медиа, дизайн и театральное искусство.

Стать участником Zamin Creative на конкурсной основе могут подростки от 14 до 18 лет, зарегистрировавшись до 22 сентября здесь.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#Tayinlov

Ixtisoslashtirilgan ta'limi muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilgan test va suhbat natijalari asosida, agentlik direktorining tavsiyasi hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan Ortikov Muhammadibrohim Musojonovich ijod maktabining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

M.Ortikov 1988 yil Paxtaobod tumanida tavallud topgan. Ma'lumoti oliy, 2011 yilda Andijon davlat universitetining kimyo yo‘nalishini, 2022 yilda magstratura bosqichini tamomlagan. Dastlabki mehnat faoliyatini 2011 yilda Andijon davlat tibbiyot institutida boshlagan. Yillar davomida ADTI akademik litseyi hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘qituvchi vazifasida mehnat qilgan

Tayinlovga qadar Qo‘qon universiteti Andijon filialida Tabiiy va tibbiy fanlari kafedra mudiri vazifasida ishlab kelgan.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasi Muhammadibrohim Ortikovning yangi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaydi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
⚡️Diqqat, videokasting!!!

📈Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “She’ryurak” adabiy tanlovi uchun videokasting e'lon qiladi.

👉Bu kastingda 14 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan o'quvchi-yoshlar ishtirok etish imkoniyatiga ega;

"Eng yaxshi videorolik" mualliflari tanlov uchun saralab olinadi.

☝️Videorolikda Enaxon Siddiqova asarlarini ifodali o’qish va kreativ yondashish talab etiladi.

Materiallari ko'rsatilgan shartlar bo'yicha 20-sentabr soat 18:00 ga qadar quyidagi telegram manzilga yuborilishi kerak:
https://t.iss.one/evim_tanlov

🎉Tanlov gʻoliblariga quyidagi mukofotlar topshiradi:

🥇1-o‘rin uchun Noutbook;
🥈2-o‘rin uchun Smartfon;
🥉3-o‘rin uchun kitoblar jamlanmasi.

❗️Eslatma: Tanlov uchun ijodiy ishlarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'lgan holda taqdim etish talab etiladi

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#xushxabar

Аndijon davlat pedagogika instituti huzuridagi Ped.03/05.05.2023.Ped.166.01-raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilish kun tartibida tadqiqotchi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Urmonova Dilfuza Mamasaliyevnaning 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o'zbek tili) ixtisosligidan “Takrorlash va mustahkamlash darslari asosida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini takomilllashtirish texnologiyasi” (5–7-sinf ona tili darslari asosida) mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi muhokama qilindi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasi ustoz Dilfuza Urmonovani ushbu yutuq bilan muborakbod etib, kelgusidagi ishlariga
muvaffaqiyat tilaydi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim