Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
870 subscribers
8.4K photos
869 videos
50 files
1.86K links
Download Telegram
#ichki_turizm

Tarixi qadim, kelajagi porloq O‘zbekiston!

⚡️Sog‘lom turmush tarzini kechirishda jismoniy harakatlar, ayniqsa, sayr-sayohatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ular ko‘p aqliy faoliyat va kasb egallash bilan bog‘liq bilimlarni egallash natijasida toliqqan o‘quvchi-yoshlarning asab faoliyatini tinchlantiradi, ular tanasi va a’zolarini ish bajarish qobiliyatini oshirib, kelgusi faoliyat samaradorligiga muhim poydevor yaratadi.

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 7-d sinf o‘quvchilari bilan "Tarixi qadim, kelajagi porloq O‘zbekiston!" shiori ostida Marhamat tumaniga sayohat uyushtirildi.

💥Sayohat davomida o‘quvchi-yoshlar O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf qabrini ziyorat qilib, uning tug‘ilib o‘sgan xonadonidagi uy muzeyi bilan tanishdilar. Shuningdek Marhamat tumanidagi miloddan avvalgi 3-milodiy V asrlarda barpo qilingan ko‘hna shahar harobasi Mingtepa yodgorligiga sayohat qildilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#psixologik_trening

⚡️O‘quvchi yoshlarni yangi ta'lim muassasasiga tez moslashishlari, ularni ijod maktabi sharoitlarida oʻquv jarayonga psixologik tayyorlash maqsadida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida navbatdagi psixologik trening tashkil etildi.

💥Ijod maktabi psixologi Muattar Agzamovna tomonidan tashkil etilgan treningda sogʼlom fikrlar, shaxslararo munosabatlarda ijobiy xislatlarni shakllantirish, oʼzini namoyon etish sharoitlarini yaratish hamda oʼziga boʼlgan ishonchni yuksaltirish, ijtimoiy moslashuv darajasini, notiqlik, oʼz fikrini oʼzgalarga oʼtkaza bilish qobiliyatini va munozara yuritish madaniyatini shakllantirishga asosiy eʼtibor qaratildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
PAZANDA QIZLAR - ORASTA QIZLAR

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

O‘quvchi qizlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularda zarur hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish hamda katta hayotiy tajribaga tayyorlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan "Pazandachilik" to‘garagi ularning eng sevimli mashg‘ulotlaridan biri hisoblanadi.

Navbatdagi mashg‘ulot davomida to‘garak a'zolari mazzali va yoqimli taom tayyorlash sirlarini o‘rgandi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
12-sentabr – Shavkat Rahmon tug‘ilgan kun


TURKIYLAR

Qilichin tashladi beklar nihoyat,
bosildi tulporlar,
tig‘lar suroni,
urhoga o‘rgangan tillarda oyat,
turkiylar tanidi komil xudoni.
Qilichlar zangladi…
falokat hushyor,
turkiylar quvvatin berdi yerlarga.
Hiylagar do‘stlarday yaqinlashdi yov
komillik qidirgan jasur erlarga.
Ilvasin yigitlar,
bobir yigitlar,
sajdaga bosh qo‘ydi yovga ters qarab,
g‘ullarni kemirib yig‘ladi itlar,
buyuk boshni kesdi qilich yaraqlab.
Turkda bosh qolmadi… qolmadi dovlar.
xotin-xalaj qoldi motam ko‘tarib,
«bizga tik qarama» buyurdi yovlar,
yovlarga ters qarab yashadi bari.
Talandi samoviy tulpor uyuri,
talandi zarlari,
zebu zabari,
ters qarab o‘ling deb yovlar buyurdi,
yovlarga ters qarab jon berdi bari.
Lahadga kirdilar o‘zlarin qarg‘ab,
qolmadi arabiy,
turkiy xatlari,
tug‘ingiz dedi yov teskari qarab,
yovlarga ters qarab tug‘ildi bari.
Tug‘ildi,
tug‘ildi,
tug‘ildi qullar,
qirqida qirilgan — imdodga muhtoj,
yovlarga ters qarab itlarday hurar,
bir-biriga dushman,
bir-biridan koj.
Jo‘mardlar qirilgan Turonzaminda
do‘zaxiy tajriba pallasin ko‘rdim:
eshshak suvrati bor qay bir qavmda,
qay birida to‘ng‘iz kallasin ko‘rdim.
Bu holdan buvaklar bo‘g‘ilib o‘lar,
qul Bilol ezilib yig‘lar falakda…
O‘zlarin yondirar borliqdan to‘ygan
Badaxshon laʼliday asl malaklar.
Mo‘minlar besh bora Allohni eslar
sajdaga bosh qo‘yib jallod toshiga.
O‘grilib sal ortga qarayin desa,
boshiga urarlar,
faqat boshiga.
Bormi er yigitlar, bormi er qizlar,
bormi gul bag‘ringda jo‘mard nolalar,
bormi bul tufroqda o‘zligin izlab,
osmonu falakka yetgan bolalar.
Bor bo‘lsa,
alarga yetkarib qo‘ying,
bir boshga bir o‘lim demagan ermas,
shahidlar o‘lmaydi,
bir qarab to‘ying:
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!


QASAM


Shavkat Rahmon deganbir o‘jar shoir,
bir kuni qaytadan yaraladimi?
Hayotim maʼnisin juda ko‘p o‘ylab,
sayladim so‘zlarningsaralarini.
Har bir so‘zyuz so‘zning o‘rnini bosar –
Vatan, Xalq, Jasorat, Kurash, Ozodlik.
Har bir so‘z yetajak yuzta umrimga,
Har biri baxsh etarruhimga shodlik.
Hozirlik ko‘rarkan buyuk safarga,
pushtirang pardali minglab darchadan
mo‘ralab o‘tirgan go‘zal so‘zlarni
qoldirib ketaman endi barchaga.
Aslida atirgul bo‘yin taratgan
bu o‘ynoqi so‘zlar menikimasdir.
Menga nonday zarur qilichday keskir,
zaharday mard so‘zlar bo‘lsayoq basdir.
Sayladim so‘zlarning saralarini,
kurashlar shamoli kirdi nazmimga.
Yurtimni kezaman, endi har narsa –
egilgan narsalar tegar g‘ashimga.
Endi ishlash kerak bu kengliklarda,
tokim so‘ylamasin yolg‘onni hech kim,
tokim buyuk tog‘lar saltanatida
egilgan boshlarni qilichlar kessin.

Shavkat Rahmon
#direktor_soati

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf  nomidagi ijod maktabida 7 sinf o‘quvchilari bilan "Direktor soati" bo'lib o'tdi.

🔷O‘tkazilgan ma'rifat soatida ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova o‘quvchilarni ichki tartib qoidalarini tanishtirish bilan birga o‘quvchilar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ayniqsa ularni intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashashni ilgari surildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim