Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
993 subscribers
9.56K photos
947 videos
52 files
2.02K links
Download Telegram
#ertalabki_saflanish

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ertalabki saflanish davlat madhiyasi bilan boshlandi.

🔷Tadbirda mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirishga oid tushunchalar, qarashlar haqida so‘z borildi.

📖Shuningdek badiiy tarjima adabiy to‘garagi a'zolarining ijodiy ishlari taqdimoti o‘tkazildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ichki_turizm

Tarixi qadim, kelajagi porloq O‘zbekiston!

⚡️Sog‘lom turmush tarzini kechirishda jismoniy harakatlar, ayniqsa, sayr-sayohatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ular ko‘p aqliy faoliyat va kasb egallash bilan bog‘liq bilimlarni egallash natijasida toliqqan o‘quvchi-yoshlarning asab faoliyatini tinchlantiradi, ular tanasi va a’zolarini ish bajarish qobiliyatini oshirib, kelgusi faoliyat samaradorligiga muhim poydevor yaratadi.

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 7-d sinf o‘quvchilari bilan "Tarixi qadim, kelajagi porloq O‘zbekiston!" shiori ostida Marhamat tumaniga sayohat uyushtirildi.

💥Sayohat davomida o‘quvchi-yoshlar O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf qabrini ziyorat qilib, uning tug‘ilib o‘sgan xonadonidagi uy muzeyi bilan tanishdilar. Shuningdek Marhamat tumanidagi miloddan avvalgi 3-milodiy V asrlarda barpo qilingan ko‘hna shahar harobasi Mingtepa yodgorligiga sayohat qildilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#psixologik_trening

⚡️O‘quvchi yoshlarni yangi ta'lim muassasasiga tez moslashishlari, ularni ijod maktabi sharoitlarida oʻquv jarayonga psixologik tayyorlash maqsadida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida navbatdagi psixologik trening tashkil etildi.

💥Ijod maktabi psixologi Muattar Agzamovna tomonidan tashkil etilgan treningda sogʼlom fikrlar, shaxslararo munosabatlarda ijobiy xislatlarni shakllantirish, oʼzini namoyon etish sharoitlarini yaratish hamda oʼziga boʼlgan ishonchni yuksaltirish, ijtimoiy moslashuv darajasini, notiqlik, oʼz fikrini oʼzgalarga oʼtkaza bilish qobiliyatini va munozara yuritish madaniyatini shakllantirishga asosiy eʼtibor qaratildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim