Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
870 subscribers
8.4K photos
869 videos
50 files
1.86K links
Download Telegram
#Salom_maktab

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Birinchi qo‘ng‘iroq" nomli o‘tkazilgan tadbirdan lavhalar

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Mustaqillik_darsi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ilk darslar "Mustaqillik darslari" bilan boshlandi.

Andijon viloyati Bojxona xizmati boshlig‘i, polkovnik Bahodir Qutlimirotov, Andijon harbiy garnizoni boshlig‘i, polkovnik Mirsaid Shukurov, ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan Mustaqillik darslarida o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy ma'naviyatimizni shakllantirish, Prezidentimizning "Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz", “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoyalari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlari ilgari surildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ustozlar,
Qadrli o‘quvchilar!


Avvalo barchangizni jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda bugungi yana bir katta shodiyona — “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklayman.

Aytish lozimki, so‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sohadagi har bir jabhada katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bugun ta’lim tizimida mehnat qilayotgan yuz minglab ustozlarimiz bu islohotlar samarasini o‘z faoliyati misolida ko‘rmoqda, his etmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bu fikrlarimizga hamohang ravishda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda avvalo sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishni birinchi navbatdagi vazifa ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, “Muammolarimizning yechimi savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir” degan so‘zlari ham biz soha xodimlariga katta mas’uliyat va ishonch bag‘ishlaydi.

Bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlarimiz hamda ularning ota-onalari, yaqinlari yuragidagi hayajon ular qatorida barcha ustozlarimiz qalbini ham egallagan desam, yanglishmagan bo‘laman. Zero, muqaddas maskan — ta’lim dargohiga bilim istab kelayotgan bolalarimiz bizning ertangi ishonchimiz, suyanchimizdir.

Aziz o‘quvchilar!

Yana bir bor barchangizni bugungi bayram, quvonchli kun bilan qizg‘in tabriklayman. Bilim cho‘qqilarini zabt etishda barchangizga katta muvaffaqiyatlar tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Salom_maktab

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Birinchi qo‘ng‘iroq" nomli o‘tkazilgan tadbirdan videolavha

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#bilimlar_kuni
#ijod_maktablari

🤩 Agentligimiz tizimidagi ijod maktablarida "Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida "Birinchi qoʻngʻiroq" tantanalari va 2024/2025-oʻquv yilining ilk kunida “Mustaqillik darsi” boʻlib oʻtdi.

🗣Ushbu tadbirlarda viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, deputatlar, taniqli shoir va yozuvchilar ishtirok etib, mamlakatimiz boʻylab olib borilayotgan keng islohotlar, yangilanish va bunyodkorlik ishlari haqida soʻzladi.

📝IJOD MAKTABLARINING IJTIMOIY TARMOQDAGI RASMIY SAHIFALARI:

🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM