Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
876 subscribers
8.2K photos
863 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Avaz O‘tar ijodidan

G’AZALLAR

🔹🔹🔹🔹🔹

Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositai robitai olamiyondur.

G’ayri tilini sa’y qiling bilgali, yoshlar,
Kim ilmu hunarlar bilonki ondin ayondur.

Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka oni g’ayrat eting, foida kondur.

Ilmu fan uyig’a yuboringlar bolangizni,
Onda o’qug’onlar bori yaktoyi zamondur.

Zor o’lmasun onlar dog’i til bilmay Avazdek,
Til bilmaganidin oni bag’ri to’la qondur.

🔹🔹🔹🔹🔹

Fidoiy xalqim o’lsun tanda jonim,
Bo’lib qurbon anga ruhi ravonim.

Gar o’lsam darbadar mazlumlar uchun,
Budur maqsudi qalbi notavonim.

Mani solsa fano yo’liga davron,
Yurur ustimdin avlodi zamonim.

Umidim: yashasin maktab bolasi,
Alar har biri bir sheri jahonim.

Na yaxshi o’ylakim, ma’qulu manzur,
Avaz, xalqim uchun to’kulsa qonim.

🔹🔹🔹🔹🔹

Nigorim ketgali aylar bahona,
G’am o’qig’a mani aylar nishona.

Dedim: «Qilg’il hadaf man notavonni
Otarda novak ul abru kamona».

Nuzul etgusi har dam charxi dundin
Boshimg’a fitna xayli bekarona.

Netongkim, bandasi gar bo’lsa Zuhra,
Rubobu chang ila qilg’ach tarona.

Ochib husnidin olam rang-barang gul,
Fig’onim qilg’usidur bulbulona.

Agarchi husn aro ma’shuqi olam,
Vale majlis tuzarda oshiqona.

Qetarman deb raqibi shum sori
Ko’zimning qildi qon yoshin ravona.

Pari erdimu bilmon ul dilorom,
Ki ko’zdin lahzada bo’ldi nihona.

Savor o’lg’on chog’i noz ashhabig’a,
Ko’zimdin ashk to’kdim dona-dona.

Nechuk zor o’lmayin man benavokim,
Ul o’lsa xo’blar ichra yagona.

Avaz, gar dod qilsam, ne ajabkim
Bo’lubdur munqalib ahli zamona.

🔹🔹🔹🔹🔹

Tarahhum qil mani mahzuni zora,
Ayo ko’ngli qotig’ monandi xora.

Firoqing tig’i birla, zy jafojo’,
Bo’lubdur sarbasar ko’nglum chu yora.

Beri kelkim, ayo mah, sandin o’zga
Ko’ngulning mayli yo’h hech bir nigora.

Judolig’ xanjaridin, ey sitamgar,
G’ami hajringda siynam pora-pora.

Mani daryoi mehnat g’arqa aylab,
Nechun, jono, o’zing chekding kanora!

Qilib lutfu karam bu lahza, soqiy,
Qadah sun man hazinu badxumora.

Topib komin, Avaz, olamda ahbob,
Osilsun dushmanimning xayli dora.

🔹🔹🔹🔹🔹

Ushshoh eli qoshlarining yosidadur, a?
Ehyolig’i ham la’lini anfosidadur, a?

Ne olam ichin mushki muattar qachon aylar,
Bu xislat oning zulfi mutarrosidadur, a?

Ne kun qiladur tiyra kunim ravshanu purnur,
Yorutmoq oni husni musoffosadadur, a?

Dahr ahli dilin qumri kibi vola qilurg’a,
Har yong’a ravonlig’ qadi zebosidadur, a?

Oshiq biladur har sori yori qarag’on chog’
Nega qarayinkim oni savdosidadur, a?

Jonimni berib yetsam ango man ne ajabkim,
Borcha ango yetmakni tamannosidadur, a?

Bilgilki, Avaz, ushbu jahon sho’xlarini,
Ming sirri nihon ko’zlarin imosidadur, a?

👇Bizni kuzatishda davom etin!
👉@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun tezkor, yangiliklar bosimi yuqori davrda zamonaviy o‘qituvchi ulardan xabardor bo‘lishi, o‘z sohasi bo‘yicha o‘zgarishlar, yangi metodikalarni tez o‘zlashtirishi kerak. Biz vazirlik jamoasi esa ularga zarur sharoitni yaratib berishimiz lozim.

Har yili “Ustozlar milliy forumi”ni tashkil etish an’anaga aylanib ulgurdi. Joriy yildagi forum Toshkent viloyatidagi "Renessans" oromgohida bo‘lib o‘tdi. Avvalgi va yangi o‘quv yili uchun ko‘prik vazifasini bajaradigan ushbu ikki kunlik yirik tadbirda natijalar sarhisob qilinib, yangiliklar yetkazildi, sho‘balar kesimida treninglar tashkil qilindi.

Seminarda bu yil respublikamizning turli nuqtalaridan kelgan 400 nafar ilg’or pedagoglarimiz ishtirok etdi.

Seminarda ilk bora 5E va MRT metodik yondashuvlari haqida treninglar tashkil etildi. Endi mazkur mahorat darslari viloyat, tuman (shahar), maktab miqyosida davom etadi va respublikadagi barcha ustozlar qamrab olinadi.

Forumda fidoyi hamkasblarimizni “Xalq ta'limi a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladik.

Yangi o‘quv yilida barcha jonkuyar ustozlarimizdan faollik kutamiz, o‘rgangan bilim va tajribalaringizni yosh avlodga yetkazishlariga ishonamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Digital_Generation_Uzbekistan

🟡 RAQAMLI AVLOD RESPUBLIKA INKLYUZIV IT OROMGOHIGA START BERILADI

🇺🇿🇺🇿 Mustaqilligimizning 33 yilligiga bagʻishlangan loyiha 26–30-avgust kunlari Agentlikning “Renessans” oromgohida boʻlib oʻtadi.

Offlayn yoʻnalishlar:
Robototexnika;
No Coding;
3D modellashtirish;
Digital Art.

Onlayn yoʻnalishlar:
DotNet;
No coding;
Frontend;
Python;
Flutter;
Web Design.

🌐Oromgohda qatnashish uchun online.raqamliavlod.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz offlayn qatnashuvchilar soni cheklangan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘quvchilar ijodidan

VATANIM MADHI

Yurtim, sening bog‘laring ichra,
Shabbodadek yelib sevaman.
Kunduz- quyosh, tuningda esa
Hilolingdek to‘lib sevaman.

Maysalaring- onam kiprigi,
Bo‘ylaringga qonib sevaman.
Haroratni o‘zingdan olib,
Olov kabi yonib sevaman.

Bola ko‘nglim orzularga lim,
Ming ohangga solib sevaman.
Tunda rasming yurakka o‘yib,
Tongdan ilhom olib sevaman.

Sevamanki muhabbatim mo‘l,
Ey sevgimga mangu, makonim.
Qidirganlar ko‘ksimdan topsin,
Muqaddasim, O‘zbekistonim!

Sharipova Mubina
Muhammad Yusuf nomidagi
ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Batafsil: jadid-media.uz

@ima_myim
#ijod_maktablari
#o‘quv_trening

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida 3 kunlik Respublika o‘quv-trening boshlandi.

🔷O‘quv treningda Respublikadagi 9 ta ijod maktablarining o‘quv ishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika, informatika va biologiya fanlari o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ijod_maktablari
#o‘quv_trening

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusidagi Respublika o‘quv-trening ochilish marosimi o‘tkazildi.

♻️Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi hodimlari ishtirok etib, yangi o‘quv faoliyatiga muvofaqqiyat tiladi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ijod_maktablari
#o‘quv_trening

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusidagi Respublika o‘quv trening ishtirokchilari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan tanishdilar.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yo‘lga qo‘yilgan ijodiy va kasbiy to‘garaklar, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdilar

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim