Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
867 subscribers
8.32K photos
868 videos
50 files
1.86K links
Download Telegram
#transfer_piima_uz

📣OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🔎 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2023/2024-o‘quv yilida sinfdan-sinfga ko'chirilgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi orqali amalga oshirish mumkinligini eslatib o‘tamiz.

🗺 Arizalarni joriy yilning 2-avgust sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali arizalaringizni Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
Arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
O‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi.

❗️ESLAB QOLING!
⚠️ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

📌 Eslatma: Yangi 2024/2025-o‘quv yili uchun imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar tegishliligi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilar safiga qabul qilinganidan keyin ko‘chirilishi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️ O‘tgan o‘quv yilidan unutilmas voqealar

“Yangi O‘zbekiston” universitetida 2023/2024-o‘quv yili davomida eng esda qolarli jarayonlardan videolavha.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hikoya

Ota


Hov naridagi ko‘prik ustida qiy-chuv qilib o‘ynayotgan bolalarning ovozi xayolini bo‘ldi. Daryo uzra yo‘l solgan bu ko‘prik uning bolalik paytlarida hali qurilmagandi, odamlar-u ot-ulovlar kechuvdan o‘tishardi. Yillarning shitobini qarangki, qirq yilning nari-berisida qurilgan mana shu ko‘prik ham go‘yo azaldan bor bo‘lganday tuyuladi.

👉davomi...
#oʻquv_yiliga_tayyorgarlik

YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida tizimdagi maktablarda 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari yuzasidan ZOOM platformasi orqali onlayn yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Agentlik rahbariyati, mas’ul xodimlar, tizimdagi maktab direktorlari ishtirok etdi.

Bugungi kunda Agentlik direktori A.Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan tizimdagi ta’lim muassasalari faoliyati, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda. Yig‘ilishda o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchilik va muammolar tahlil qilindi. Agentlik tizimida faoliyat olib borayotgan, lekin lavozim majburiyatlariga sovuqqonlik bilan yondashayotgan rahbar xodimlar qat’iy ogohlantirildi.

Xususan, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini yuqori sifatda va jadal sur’atda davom ettirish lozimligi qat’iy ta’kidlanib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣DIQQAT E'LON!

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 3-12-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 3-avgust sanasidan boshlab topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM