Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
868 subscribers
8.23K photos
863 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
O‘quvchilar ijodidan

ASALARI

Uyimizda bor ari,
Oddiy emas bolari.

Qo‘nib toza gullarga,
Shifo berar dillarga.

Dadamga xo‘p o‘rgangan,
Halollikka o‘rangan.

Onamdayin mehnatkash,
Hisob berishar yakkash.

Quyoshni uyg‘otishar,
Gulzor tomon chopishar.

Jahli chiqsami yomon,
Qolmaysiz qochib omon!

Bir- biriga ish aytmas,
Rejasi bitmay qaytmas.

Bilganga muallimdir,
Bolaricha ta’limdir.

Bahor, kuzda shod qilgay,
Tanani obod qilgay.

Dadam rohat topadi,
Arilarni yopadi.

Shifo ber deb, kasalga,
Kelavering asalga.

Marziya Bozorova
Muhammad Yusuf nomidagi 
ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Marg'ilonda Kumushni ko'rdim [kmuzon.com]
Dadaxon Hasanov
#retro

🎼Kumush
Muhammad Yusuf
🎙Dadaxon Hasanov

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
🟦🟦🟦🟦

📆 17-IYUL – O‘ZBEKISTON XALQ YOZUVCHISI NE’MAT AMINOV TAVALLUD TOPGAN KUN

⚫️Adabiyotning umrboqiy janrlaridan biri satira hammaga ham nasib etavermaydi. Satira degani bu – juda og‘ir janr. Satirikning vijdoni hamisha uyg‘oq bo‘lishi kerak. Uning qulog‘i hamisha xalqning qalbida bo‘lishi kerak.

Batafsil: jadid-media.uz
#tabdil

ZO‘RAKI BOY
Mahmudxo‘ja Behbudiy


Oxirgi vaqtlarda biz – turkistonlilar tijorat, hatto ziroat va do‘kondorlik ishlarinda na uchun sinarmiz, ya’ni iflos etarmiz. Muning eng birinchi sababi ilmsizlik, to‘g‘risi aqlsizligimizdur. Ore, bilib turub o‘z zararini qilmoq aqlsizlikdur.

📹 Maqolaning sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan audio variantini bu yerda tinglashingiz mumkin.

Batafsil: jadid-media.uz
LOLAQIZG'ALDOQ

Shavkat Raxmon xotirasiga bag'ishlanadi.

Mendan nima qolar:
Ikki misra she'r,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o'ylayman
O'zimdan ko'proq-
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aloq!

Men ketsam, yomondan
Yiroq bo'l, oxu,
Chunki sen chiroyli,
Ko'rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi bo'lar-u,
Yomon odam yaxshi
Bo'lmas hech qachon...
Yasha chegarada
Turgandek ogoh,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.

Uyda yotibman-u,
Sezib turibman,
Ko'kda ketayotir
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog'dirib
Qanotlaridan,
Xasta shoirga
Vido aytishib.
Bor, mening uchun ham
Ularga qo'l qoq-
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.

Ularni men yana
Ko'rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To'ylar boshlandi.
Yuragim pora-
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim...
Demak, taqdir ekan
To'y ko'rmay o'lmoq,
Lola, lolaginam,
Lolaqizg'aldoq.

Biroq ko'nglim sezar,
Mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga
Odam to'ladi.
Hali to'ylar qilib
Charchaysan, erkam,
Mening qizlarim
Eng baxtli bo'ladi!
Kelinlar ko'ylagi
Ruhimday oppoq-
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.

Gulim, yaqinroq kel,
Qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni
Dil lavhiga yoz:
Kimga qasr etmas
Kimga mol-dunyo,
Meng esa HAVO
Yetmaydi, xolos.
Tiriklar mudroqda,
O'liklar uyg'oq-
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.

Ko'ksim kuyib borar,
Ko'krak yonmoqda,
Ayting do'xtirlarga,
Yorishsa yorsin!
Jism o'z ulfati-
Jondan tonmoqda.
Bechora jon endi
Qayerga borsin.
Endi osmon yiroq,
Endi yer yumshoq-
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.

Buni hayot derlar,
Unutma aslo,
Bir kun ochilasan,
Bir kun so'lasan.
Qalbimda-ku faqat
Sen eding tanho,
Qabrim ustida ham
O'zing bo'lasan.
Sen bizning sevgidan
Xotira-bayroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.

Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G'am kelsa boshingdan
Hushing uchmasin.
Xudodan so'radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo'lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.

Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko'ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.

Jon so'nggi boshpana
Toparkan ongda,
U yurak ostida
Derdim men bo'lsam.
Ajablanma agar
Ertaga tongda
Seni o'pib, O'shni
Quchoqlab o'lsam!...
O'tinchim-tepamda
Yig'lama uzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri


👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/104105
#xorijiy_hamkorlik

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning fransuz tili oʻqituvchilari uchun bilim va malakalarini oshirish boʻyicha onlayn trening oʻtkazilmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi hamda Fransiyaning AGIRabcd xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda tizimdagi maktablarning fransuz tili oʻqituvchilari uchun malaka oshirish treninglari tashkil etilmoqda.

Treninglar davomida AGIRabcd professor-oʻqituvchilari pedagoglarimizga xorijiy tilni oʻqitishga oid metodik tavsiyalar bermoqda, yangi pedagogik koʻnikmalar bilan boʻlishmoqda.

Treningdan koʻzlangan maqsad, tizimdagi fransuz tili oʻqituvchilarini kasbiy rivojlanishlariga koʻmaklashish va maktablarda mazkur xorijiy tilni ikkinchi til sifatida oʻqitishda samaradorlikni oshirishdir.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Siyosiy qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish boʻyicha komissiya tuzildi

Har yili oktabr oyining birinchi haftasini mamlakatda Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi boʻladi.

Batafsil: jadid-media.uz
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz

RENESSANS OROMGOHI –  IQTIDORLI OQUVCHILAR DAM OLISH MASKANI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi “Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilar uchun kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.  

“Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan. 17,3 gektar maydonga ega maskanda o‘quvchilarning ta’til vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Quvvati 496 o‘rinli boʻlib, oromgohda madaniy, ta’lim markazlari, sport, faollar zallari, yopiq va ochiq suzish havzalari, 5 ta yotoqxona binosi, futbol, voleybol, basketbol maydonlari, yozgi amfiteatr, zoopark, kutubxona, tibbiyot bo‘limi, o‘yin maydonlari mavjud. Shuningdek, mevali va manzarali daraxtlarni o‘z ichiga olgan yashil hududga ega.

Ayni vaqtda oromgohda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablaridan kelgan 150 nafar o‘quvchi mazmunli hordiq chiqarmoqda. O‘g‘il-qizlarga malakali pedagog va murabbiylar bosh-qosh. STEM fanlari bo‘yicha kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari bilan bir qatorda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalri tashkil etilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
O‘quvchilar ijodidan

BOLALIK

Bolaligim qo‘lchalarin siltab menga,
Sho‘xliklarim asta ortda qolib borar.
Orzularim qanot qoqib o‘zi bilan,
Meni ulkan baxtlar sari olib borar.

Men tinglagan ertakdagi oymomojon,
Kelajakning yo‘llarini yoritmoqda.
Onajonim kaftidagi uzun duo,
Ko‘nglimdagi bor qo‘rquvni aritmoqda.

Do‘stlarimni o‘zgartirdim, ular endi,
Qo‘g‘irchoqmas shkaf to‘la kitob bo‘ldi.
Kelajagim yo‘llarini yoritguvchi,
Tunda oy-u, kunduzlari oftob bo‘ldi.

Endi mening yumushlarim juda ulkan,
El baxtiga himoyachi qiz bo‘laman.
Nodirai davron kabi she’rlar bitib,
Ustozimdek muallima qiz bo‘laman.

Lolaxon Kamoldinova
Muhammad Yusuf nomidagi
ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

ISTE'DOD | 20.07.2024 YIL

Zilola G‘ofurjonova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi

Telegram | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

📚Bilim bilan saodat yo‘li ochiladi, shunga ko‘ra, ilmli bo‘l, baxt yo‘lini izla.

✍️AHMAD YUGNAKIY

Rasmiy sahifalarimiz👇
👉@ima_myim