Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.03K subscribers
9.97K photos
963 videos
53 files
2.07K links
Download Telegram
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️

📣 BUGUN soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan quyidagi mavzularda jonli muloqot tashkil etiladi:

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari;

2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari.

✔️ Muloqot vazirlikning rasmiy telegram kanalida boʻlib oʻtadi.

EKSPERTLAR:

➡️Qahramon Almardonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;

➡️Inom Xoʻjamov, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ota-onalar, aziz oʻgʻil-qizlar!

Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimizda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarimizning safi yil sayin ortib borayotganligi bizni behad quvontiradi.

Bu yil mazkur maktablarda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar soni 244 378 nafarni tashkil etdi.

Bunda Respublika miqyosida Prezident maktablariga bir o‘quvchi oʻrniga oʻrtacha 185 nafar, ijod maktablariga 15 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 20 nafar, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarimizga 80 nafar, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga esa 145 nafar talabgor toʻgʻri keldi.

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli va imtihon jarayonlarini tashkil etish amaliyoti yildan yilga soddalashtirilib, takomillashtirilib borilmoqda.

Xususan, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonlar o‘z hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da o‘tkazildi. Bu orqali yurtdoshlarimizning vaqt va mablagʻlari tejaldi.

Hurmatli ota-onalar!

Farzandingizni ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlayotganingiz tahsinga loyiq. Uchinchi Renessans vakillari aynan sizning oʻgʻil-qizlaringiz boʻlishi shubhasiz.

Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon o‘g‘il-qizlarimiz!

Sizlar hayotingizdagi ilk masʼuliyatli va ayni damda juda hayajonli imtihonlarda oʻz bilimlaringizni sinovdan oʻtkazdingiz.

Har biringizni kelajakda dunyoning nufuzli universitetlari imtihonlarida ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonishingizga tilakdoshman.

Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, Siz ozod va farovon yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Hech qachon izlanishdan, intilishdan to‘xtamang!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️

Birozdan so’ng Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan jonli muloqot boshlanadi!

Unda:

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari;

2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari haqida so’z yuritiladi.

✔️ Savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤️‍🔥 DIQQAT! ❤️‍🔥

YOSh IJODKORLAR UCHUN YANA BIR TANLOV!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 02.02.2022 yildagi PQ-112-son qaroriga asosan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi yosh ijodkorlar o‘rtasida 🎨“Ranglar jilosida – ona diyor” rasmlar tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tasviriy sanʼat yo‘nalishi (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) bo‘yicha yaratilgan ijodiy ishlari bilan ishtirok etishi mumkin.

🗣Tanlov quyidagi yosh toifalari bo‘yicha o‘tkaziladi:

🗣 7 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar;

 🗣 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar;

🗣18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar.

✔️Tanlovga bitta ishtirokchi tomonidan yaratilgan 1 (bir) dona ijodiy ish taqdim etiladi.

✔️Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi:

✔️ birinchi bosqich - viloyat bosqichi: 1-avgustdan 20-avgustga qadar Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat bo‘limlari tomonidan tashkil etiladi;

✔️ ikkinchi bosqich - respublika bosqichi: sentabr oyida respublika Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi.

🫥 Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar arizalari 2024-yilning e’lon qilingan kunidan boshlab 1-avgustga qadar Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat bo‘limlari tomonidan qabul qilinadi.

🫥 Tanlovning respublika bosqichi uchun ijodiy ishlar tegishli hujjatlar bilan birgalikda joriy yilning 1-sentyabriga qadar Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 37/A-uy manzilida joylashgan Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyi binosida qabul qilinadi.

☎️ Telefon: (71) 252-74-73

↖️ Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefon: (+99871) 232-06-75

↖️Quyida  “Ranglar jilosida – ona diyor” rasmlar tanlovi Nizomi va Anketasi taqdim etilmoqda.

Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
#imtihon_2024

PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI?

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra:

Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Toshpo`lat Matkarimov - Oq tulpor | Тошпулат Маткаримов - Ок тулпор
#retro

🎼Oq tulpor
Muhammad Yusuf
🎙Toshpo‘lat Matkarimov

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
🟦🟦🟦🟦

📆 12-IYUL – ABDULLA AVLONIY TAVALLUD TOPGAN KUN

Abdulla Avloniy yangi maktablar uchun “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq” kabi bir qator kitoblar yozib, nashr ettirgan.

Batafsil: jadid-media.uz
Forwarded from Hilola Umarova
O‘z ustida tinimsiz ishlayotgan, yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotgan ustozlarimiz soni kundan-kunga oshib bormoqda va bu juda quvonarli holat.

Xususan, joriy yilda xalqaro sertifikatga ega ustozlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 8178 nafarga oshgani bunga yaqqol dalildir.

Bu — shunchaki raqamlar emas, ular ortida jonkuyar ustozlarimizning ulkan mehnati yotibdi.

Ishonamanki, ushbu statistika bundan keyin ham faqat yuqorilaydi, keyingi yilda bundan ham balandroq natijalar qayd etamiz.
🟦🟦🟦🟦

📆14-IYUL – NODAR DUMBADZE TAVALLUD TOPGAN KUN

Dumbadze Nodar Vladimirovich 1928-yil Gruziyada tug‘ilgan. “Abadiyat qonuni” asari asosida o‘zbek tilida telespektakl yaratilgan.

Batafsil: jadid-media.uz
Tug‘ilgan kun

ZULFIYA MO‘MINOVA 65 YOSHDA

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Zulfiya Mo‘minova tavallud topgan kun.
Zulfiya Mo‘minova 1959-yil 15-iyul kuni Samarqand viloyati Narpay tumanida tug‘ilgan. 1985-yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning Filologiya fakultetini tamomlagan.
Zulfiya Muminova taniqli shoira, o‘zbek xotin-qizlari va yoshlarining sevimli ijodkori. O‘z ovozi, o‘z muxlislariga ega shoira 11 ta nasriy va nasmiy kitob muallifi sanaladi. Taniqli bastakorlar uning yuzdan ortiq sheʼrlariga kuy bastalagan. Bu qo‘shiqlar Vatan, Istiqlol, Ona kabi eng muqaddas mavzularda bo‘lib, telekanal va radiokanallar orqali, shuningdek, Mustaqillik, Navro‘z umumxalq bayramlari dasturilarida el sevgan sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan.
U mustaqillik yillarida, ayniqsa, samarali ijod qildi. Ana shu yillar nashr qilingan “Samoga sochilgan yulduzlar” (1991), “Istiqlol – oltin gulim” (1991), “Qudratli yurtimga” (1994), “G‘ijduvon oboddir, G‘ijdivoniy hayot” (1999), “Nikoh shartnomasi”, “To‘ydan oldin tibbiy ko‘rik” (2006), “Surxonning muhtarama ayollari” (2009), “Birinchi o‘qituvchim” (2009), “Ayolga gul bering” (2017), “Bir kuni dars qoldirgan, bir umr pushaymondir” (2009), “Ayolga baxt bering” (2011), “Surxonning tadbirkor o‘g‘loni” (2019), “Buyuk uyg‘onish” (2019), “Ishq bog‘ida bor edim” (2019), “Assalom, saodat tongi” kabi sheʼriy, badiiy publitsistik kitoblari muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Shuningdek, shoiraning bolalar uchun yozgan “Xo‘roz nega ucholmaydi?” (1995), “Donishmand toshbaqaning ko‘zoynagi”, “Bolalarga kitob bering”, “Yumshog‘oy ismli tipratikoncha” (2019) kabi kitoblari ham o‘z o‘quvchilariga ega.
Zulfiya Muminova 1999-yilda “Ayollar yili” munosabati bilan o‘tkazilgan respublika ko‘rik-tanlovining “Yilning eng faol ijodkor ayoli” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan, 2018-yilda o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik-tanlovining adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin munosib ko‘rilgan.
Zulfiya Mo‘minovaning mehnatkashligi, jamoat ishlaridagi faolligi davlatimiz tomonidan munosib baholanib, 2001-yilda “Do‘stlik”, 2018-yil “Mehnat shuhrati” ordenlari, 2021-yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni, 2023-yilda “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni mukofotlangan.
🟦🟦🟦🟦

📆 16-IYUL – OMON MUXTOR TAVALLUD TOPGAN KUN

⚫️Uning “To‘rt tomon qibla” trilogiyasi yangicha uslubda yozilgan bo‘lib, kitobxon va adabiy jamoatchilik e’tiborini tortgan.

Batafsil: jadid-media.uz
#imtihon_2024

PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI?

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra:

Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
O‘quvchilar ijodidan

ASALARI

Uyimizda bor ari,
Oddiy emas bolari.

Qo‘nib toza gullarga,
Shifo berar dillarga.

Dadamga xo‘p o‘rgangan,
Halollikka o‘rangan.

Onamdayin mehnatkash,
Hisob berishar yakkash.

Quyoshni uyg‘otishar,
Gulzor tomon chopishar.

Jahli chiqsami yomon,
Qolmaysiz qochib omon!

Bir- biriga ish aytmas,
Rejasi bitmay qaytmas.

Bilganga muallimdir,
Bolaricha ta’limdir.

Bahor, kuzda shod qilgay,
Tanani obod qilgay.

Dadam rohat topadi,
Arilarni yopadi.

Shifo ber deb, kasalga,
Kelavering asalga.

Marziya Bozorova
Muhammad Yusuf nomidagi 
ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Marg'ilonda Kumushni ko'rdim [kmuzon.com]
Dadaxon Hasanov
#retro

🎼Kumush
Muhammad Yusuf
🎙Dadaxon Hasanov

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
🟦🟦🟦🟦

📆 17-IYUL – O‘ZBEKISTON XALQ YOZUVCHISI NE’MAT AMINOV TAVALLUD TOPGAN KUN

⚫️Adabiyotning umrboqiy janrlaridan biri satira hammaga ham nasib etavermaydi. Satira degani bu – juda og‘ir janr. Satirikning vijdoni hamisha uyg‘oq bo‘lishi kerak. Uning qulog‘i hamisha xalqning qalbida bo‘lishi kerak.

Batafsil: jadid-media.uz