Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
883 subscribers
8.01K photos
857 videos
49 files
1.82K links
Download Telegram
Forwarded from ANDIJON_TRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIXONLARI 05.07.2024 YIL

Telegram | Youtube | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#ijod_maktablari

📣📣📣📣📣

🔔 IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI.

✔️ Ushbu bosqichda jami 50 ta test savollari beriladi. Testning fanga doir har bir savolini yechish uchun 2 daqiqadan, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha savolga 1 daqiqadan vaqt ajratiladi.

Talabgorlarga ushbu topshiriqlarni bajarish uchun jami 85 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (85 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📨 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytidagi o‘z “Shaxsiy kabinet”iga kirishi kerak.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘quvchilar ijodidan

O‘rik

Jahli chiqib shamolni birdan,
Quvib keldi yaproqchalarni.
Do‘q- po‘pisa etib o‘rikka,
Meva qildi yo‘lakchalarni.

Ona daraxt boshlarin egib,
Yig‘lagudek tikildi yo‘lga.
Sizni shoxda pishiraman deb,
Bermagandim bahorda do‘lga.

Bizga lekin bayram bo‘ldi zo‘r.
O‘rik sayli boshlandi birdan.
Quvvat berdik yurakka shu kun,
O‘rikxo‘rlik qildik chin dildan.

Rahmat aytib keksa o‘rikka,
Tozaladim yo‘lakchalarni.
Qishda chaqib yeymanda, deya,
Yig‘ib qo‘ydim danakchalarni.

Qahramonjonova Ziyoda
Muhammad Yusuf nomidagi
ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#imtihon_manzillari
#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️MUHIM ESLATMA

📆 Shu yilning 9-, 10-iyul kunlari Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR ROʻYXATI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_manzillari
#imtihon_2024
#ijod_maktablari

❗️MUHIM ESLATMA

📆 Shu yilning 10-iyul kuni ijod maktablarining 3-bosqich kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR ROʻYXATI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_imtixon
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga 2024-2025 o‘quv yili uchun hujjat topshirgan talabgorlar uchun shu yilning 10-iyul kuni 3-bosqich kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

🔰Imtihonlar Andijon shahar Boburshox ko‘chasida joylashgan Andijon davlat chet tillar instituti (Inyaz) binosida bo‘lib o‘tadi.

📶 Yangi bozor hamda Klinika tomonlardan keluvchilar uchun 222 yo‘nalishidagi avtobuslar va engil avtomashinalar hamda eski shahar tomondan keluvchilar uchun "Inyaz-Narho‘z" yo‘nalishidagi engil avtomashinalar orqali kelinadi.

🔷Mo‘ljal: "Hamkorbank" ATB Respublika boshqaruvi binosi hamda Gidroliz(spirt zavod) binosi oralig‘ida.

🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihon bo‘lib o‘tadigan manzil joylashuvi quyida ko‘rsatib o‘tiladi.

👆Har bir talabgor tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining asli va imtihon ruxsatnoma varaqasi bilan kelishi shart.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#imtihon_2024
#Ijod_maktablari

⚡️IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH IMTIHONLARI BARCHA HUDUDLARDA BOʻLIB OʻTDI

Ijod maktablariga
(Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bundan mustasno) kirish imtihonlarining 3-bosqichida:

ona-tili va adabiyoti fanlaridan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha 15 ta topshiriq, jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkazildi.

📍Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga kirish imtihonlarining 3-bosqichida:

ingliz tilidan 20 ta topshiriq, ona tili va adabiyoti fanlaridan 15 ta topshiriq hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha 15 ta topshiriq, jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkazildi.

⌛️ Ijod maktablariga kirish imtihonlarining 3-bosqichida talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 85 daqiqa vaqt berildi.

📶 Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 5 512 tasi ijod maktablari hissasiga to‘g‘ri keladi.

🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGENTLIK TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLARGA 2024/2025-O‘QUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI O‘TKAZILDI

Bu yil Agentlik tizimidagi maktablarimizga oʻqish istagini bildirgan talabgorlar soni 244 378 nafarni tashkil etdi.

Maktablar kesimida aytadigan boʻlsak,
– Prezident maktablariga 62 062 nafar;
– Ijod maktablariga 5 512 nafar;
– Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 42 785 nafar;.
– Hududiy ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 134 019 nafar o‘g‘il-qizlarimiz hujjat topshirishgan.

Mazkur imtihon jarayonlariga Agentlik tizimidagi maktablardan jami 2 616 nafar pedagog jalb etildi.

Ushbu imtihonlarni shaffof, adolatli, xavfsiz oʻtkazishda yaqindan yordam bergan 14 ta hudud rahbarlariga, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar, Bilim va malakalarni baholash agentliga hamda ommaviy axborot vositalari xodimlariga yaqin hamkorlik uchun alohida rahmat aytmoqchiman.

Shuningdek, Call-markaz hamda Agentlik va joylarda tashkil etilgan shtab vakillariga, kuzatuvchi-nazoratchilarga, umuman olganda ushbu imtihonlarda xizmatda boʻlgan barcha-barchaga oʻz minnatdorligimni bildiraman!

Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan barcha o‘g‘il-qizlarimizga omad yor bo‘lsin!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal