Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
884 subscribers
8.01K photos
857 videos
49 files
1.82K links
Download Telegram
#imtihon
#ikkinchi_bosqich
#ikkinchi_kun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish bo‘yicha ikkinchi bosqich imtihon jarayonlarining ikkinchi kuni boshlandi

🔷Ijodiy imtihonning 7-sinflar uchun ijodiy suhbat jarayonidan lavhalar.

👉Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#imtihon
#ikkinchi_bosqich
#ikkinchi_kun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish bo‘yicha ikkinchi bosqich imtihon jarayonlarining ikkinchi kuni boshlandi

🔷Ijodiy imtihonning 7-sinflar uchun ijodiy suhbat jarayonidan lavhalar.

👉Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari!

Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman.

Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta.

Aziz yoshlar!

Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz.

Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Assalomu alaykum qadrli yoshlar, aziz o‘quvchilar!

Sizlarni 30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Ushbu qutlug’ ayyomda men yoshlik inson umrining naqadar go’zal va beg’ubor fasli, ulkan orzu-umidlar, beqiyos imkoniyatlar davri ekanini yanada chuqur his qilib, siz, bizning navqiron farzandlarimizga eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ertangi kunning egalari sizlardek tashabbuskor, isteʼdodli, ijodkor, bilimga chanqoq, izlanuvchan, masʼuliyatli, sogʻlom, barkamol yoshlardir. Siz, jondan aziz o’g’il-qizlarimizdan faqat bitta iltimosimiz, bitta tilagimiz bor: ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz, halqimizning sizlardan kutayotgan orzu-umidlarini amaliy ishlar bilan ro’yobga chiqarish yo’lida hormang, charchamang.

Sizlarga mamlakatimizning mustaqilligini mustahkamlashda, yurtimizga munosib farzand hamda jahon miqyosidagi raqobatbardosh, yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlaringizda zafarlar tilayman.

Shohistaxon NURMATOVA
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining direktori.
#imtihon
#uchinchi_bosqich

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish bo‘yicha ikkinchi bosqich imtihon jarayonlarining uchinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda

🔷Ijodiy imtihonning 9-10-sinflar uchun ijodiy suhbat jarayonidan lavhalar.

👉Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#imtihon
#uchinchi_bosqich

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish bo‘yicha ikkinchi bosqich imtihon jarayonlarining uchinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda

🔷Ijodiy imtihonning 9-10-sinflar uchun ijodiy suhbat jarayonidan lavhalar.

👉Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim