Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
889 subscribers
8.13K photos
860 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
O‘QUVCHILAR HISOBOTI

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 7-10 sinf o‘quvchilari tomonidan 2023-2024 o‘quv yili yuzasidan erishgan yutuqlari va o‘quv faoliyati yuzasidan hisobot topshirdilar.

Hisoboti davomida o‘quvchilar xalqaro va milliy sertifikatlari, ijodiy tanlovlardagi erishgan yutuqlari, o‘z iste'dodlari yuzasidan ma'lumot berdilar hamda kelgusi o‘quv yilida amalga oshirishi zarur bo‘lgan rejalarini ma'lum qildilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor

Agentlik tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari xalqaro sertifikatlarga ega bo'lishmoqda.

🔰Xususan ijod maktabining yana 5 nafar o‘quvchilari ingiliz tili fani bo‘yicha хalqaro til bilish darajasini qo‘lga kiritdi. Jumladan:

8-sinf o‘quvchilari

Akramova Sevara - B2
Norqulova Elnura - B2

10-sinf o‘quvchilari

Abdullajonova Halimaoy - B2
Yuldashev Bekmuhammad - B2

11-sinf o‘quvchisi

Jo‘rayeva Gulsanam - B2

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
👉@ima_myim
Botir Zokirovga

Qadim O‘zbekmomo kuyi yodimda,
Yodimda chechaklar kulgan Chambili.
Har gal konsertiga kirgan chog‘imda,
Yaltiroq choponli Yalla ansamblin,
Botir Zokirovni o‘ylayveraman.

Qizlar karsak chalar — taʼsir shunaqa,
Qizlar hushtak chalar – asr shunaqa.
Yalla zalga sochib sumalak isin
Kuylar boychechagim — boylandisini,
Botir Zokirovni o‘ylayveraman.

Goh chikib ketaman, sezmaydi birov,
Bu joylarda meni kim ham taniydi.
Ogaynilar, men ham dunyoda bir kun
Bitta qo‘shiq aytib o‘lsam mayliydi...
Botir Zokirovni o‘ylayveraman.

Ziyrak qorovul chol to‘sar yo‘limni,
Xo‘rsinar. Jim siqib qo‘yar ko‘limni.
Hech qanday ansambl ovuta olmas,
Bu kun rayhon hidli mayus ko‘nglimni,
Botir Zokirovni o‘ylayveraman.

Ketaman. Kelaman uni so‘roklab
Qo‘limda dehqon yurtning jambili, men.
U endi kuylamas bag‘rimni dog‘lab,
Sen kuylayver Yalla ansambli, men —
Botir Zokirovni o‘ylayveraman!

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri


👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Ra'no (nbkstudio.uz)
Botir Zokirov
#retro

🎧 Ra'no
🎤Botir Zokirov

Tuningiz osuda o‘tsin

@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ravshan Komilov va Farruh Komilov - Muqaddas ayol | Равшан ва Фаррух…
#retro

🎼Muqaddas ayol
Halima Xudoyberdiyeva
🎙Ravshan Komilov & Farruh Komilov

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
#Sport_bilan_hamnafas

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari dars mashg'ulotlaridan so'ng Jizzax shahridagi chavandozlar maktabida bo'lishdi.

O'quvchilar dastlab mutaxassislardan otlarning turlari haqida va ot minish tartib-qoidalari to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lib, otlarda sayr qildilar.

Sayt I Facebook I Telegram I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
O‘quvchilar almashinuvi

♻️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari o‘quvchilari almashinuvi dasturi asosida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Jizzax viloyatidagi Hamid Ilimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan almashinuvi dasturi davom etmoqda.

Andijonda mehmon bo‘lib turgan jizzaxlik yoshlar bugun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati Andijon filiyali hamda Bobur nomidagi viloyat axborot kutubxona markaziga sayohat uyushtirdilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim