Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.18K subscribers
10.4K photos
991 videos
54 files
2.18K links
Download Telegram
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Respublikadagi barcha ijod maktabi direktorlari, ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Ijodiy olimpiyada" ishtirokchilari O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan "Ulug‘imsan, Vatanim" nomli anjuman doirasida Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga sayohat tashkil etildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
🔥6👍1👏1🎉1
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Respublikadagi barcha ijod maktabi direktorlari, ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Ijodiy olimpiyada" ishtirokchilari O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan "Ulug‘imsan, Vatanim" nomli anjuman doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida kechki madaniy tadbir tashkil etildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
👍6🔥2🎉1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 70 yilligi Andijondagi mahallalar tizimida keng miqyosda nishonlash davom etmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
🔥5👌1
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

TANLOV NATIJALARI

Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tomonidan mahallalarda istiqomat qiluvchi 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan shoir muhlislari oʻrtasida videoroliklar tanlovini g‘oliblari aniqlandi.

1-o‘rin

Zarnigor Karimova,
Andijon tumani Zangibobo MFY.
Andijon tumani 11-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi.

2-o‘rin

Ergashxon Jo‘rayeva,
Marhamat tumani Shahriston MFY.
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi mas’ul xodimi.

2-o‘rin

Zuhraxon Qobulova,
Andijon tumani Zavroq MFY.
Andijon tumani 3-o‘rta ta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

3-o‘rin

Oybek Husanov va Gulchehra Nazarova xonadoni,
Shahrixon tumani Yuzlar MFY. Nafaqaxo‘r

3-o‘rin

Ra’noxon Xaydarova,
Baliqchi tumani To‘mor MFY.
Baliqchi tumani 56-maktab direktori.

3-o‘rin

Sirojiddin Dilshodov,
Andijon shaxar Cho‘lpon MFY.
Andijon shahar 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
🔥4👍2❤‍🔥1👏1🤩1
📆 26-APREL – MUHAMMAD YUSUF TAVALLUD TOPGAN KUN

Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatgach, Respublika Rus tili va adabiyoti institutida o‘qidi. Shoir “Toshkent oqshomi” gazetasida, G‘.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, “O‘zbekiston ovozi” gazetasida, O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishladi. Shoirning “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Iltijo”, “Uyqudagi qiz”, “Halima enam allalari”, “Ishq kemasi”, “Ko‘nglimda bir yor”, “Bevafo ko‘p ekan”, “Erka kiyik”, “Osmonimga olib ketaman”, “Kumush”, “Kokilingni kim kesdi”, “Aldov”, “Turkman qiz”, “Yur, Muhammad, ketdik bu yerdan”, “Yolg‘onchi yor”, “Qora quyosh” kitoblari dunyo yuzini ko‘rdi. Muhammad Yusuf 1998-yil O‘zbekiston xalq shoiri unvoni bilan taqdirlandi.
👍21🤩1👌1
📆 25-APREL – HAMID G‘ULOM TAVALLUD TOPGAN KUN

Hamid G‘ulom 1919-yil 25-aprelda Toshkent viloyatida musiqa muallimi oilasida tug‘ildi. U “Literaturnaya gazeta”ning O‘zbekistondagi maxsus muxbiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi, “Sharq yulduzi” jurnalining bosh muharriri va G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotining direktori lavozimlarida ishladi.
Hamid G‘ulom adabiyotga o‘ttizinchi yillarning boshlarida “Bizning lager”, “Odam”, “Quyosh kabi charog‘on” she’rlari bilan kirib keldi. U vatanparvarlik, dushmanga nafrat ruhi ifodalangan “Qasosim bor”, “Katerina”, “Ukraina yellari” kabi she’r va balladalarini urush yillarida yaratgan.
Hamid G‘ulomning keyinchalik yozilgan “Qo‘shiqlarim”, “Dnepr bo‘yida”, “G‘alaba yo‘lida” asarlarida xalqimizning fashizmga qarshi kurashidagi qahramonliklari tasvirlangan. U musiqali drama teatri uchun “Fargʻona hikoyasi”, ‘O‘g‘il uylantirish”, ”Dil ko‘zgusi”, “Toshbolta oshiq”, “Ajab savdolar”, “Muhabbat navosi”
pyesalarini yozdi.
👍3👎1🤩1👌1
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston  Yozuvchilar uyushmasi hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tomonidan O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Andijon shahridagi shoir nomi bilan ataluvchi hiyobonda adabiy-ma'rifiy, badiiy anjuman tashkil etildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
👍8👎1🔥1🤩1👌1