Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
882 subscribers
8.03K photos
858 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Bizni_shunday_ustozlarimiz_bor

🔷Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Dilfuzaxon Urmonova attestatsiya jarayonlari haqida o’z fikrini bildirdi.

👏 U malaka test sinovlarida 100 ballni qo‘lga kiritdi hamda oliy toifali malaka toifasiga ega bo’ldi.

👇Bizni kuzatishda davom etin!
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BU YILGI ATTESTATSIYADAN ILK 100 BALL ANDIJONDA QAYD ETILDI

"Bilimlilar ardoqlansa mana shunday yuksak natijalar boʻladi",- deya ta’kidlab, attestatsiya jarayonlarida 100 ballni egallagan Muhammad Yusuf ijod maktabi ona-tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Dilfuzaxon Urmonovaning fikrlari…

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi Marziya Bozorova o‘z oilasi bilan O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufni xotirlab, shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan she’rlarini ijro etdilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli ustozlar!

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Har kuni yuzlab ustozlarimiz oʻzi dars berayotgan fanlardan test topshirib, yanada yuqori malaka toifalarini egallashmoqda.

Bu yilgi malaka sinov jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan tizim asosida tashkil etilgan boʻlib, bu oʻz-oʻzidan jarayonlarning shaffof va adolatli oʻtkazish, inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

Hurmatli pedagoglar!

Attestatsiya sinovlarida malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirayotgan, buning uchun pul talab qilayotgan shaxslarning aldoviga uchmang va kasbiy obroʻyingizga xavf tugʻdirmang. Faqat oʻz bilimingizga tayaning, aziz ustozlar!

Shu oʻrinda yana bir maʼlumot!

Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa,yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 88-827-09-09 yoki quyidagi bot manzili (https://t.iss.one/uzedu_vazirbot)ga yuborishingizni soʻraymiz.

Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mazkur telefon raqami orqali sizning murojaatingiz yozib olinadi. Savollaringizga tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrnatilgan tartibda javob beriladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Turkman qiz

Aylanaman, Sharqni kezib aylanaman,
Iboli bir yor topolmay o’ylanaman.
O’z yurtimning suluvlari til uqmasa,
Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman…

Ko’zim tushsa yuzlarin lov-lov yonadi,
Yelkasida qirqta chaman tovlanadi,
Kesilmagan kokillari to’lg’onadi,
Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman…

U elining urflarini qilmaydi xor,
Beshigi hech allasiga bo’lmaydi zor,
Qoshida momosi qo’ygan o’smasi bor,
Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman…

U ajralib turar turfa gul ichida,
Oftob chiqib, oftob botar kulgichida,
O’z tilida gapirmaydi til uchida,
Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman…

Bir xil libos kiymish ko’rdim nechalari
Oybaldog’i yonib turar kechalari.
Yashnab ketar yursa Toshkent ko’chalar
Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman.

Go’shangaga kirganimda yorga yetib,
Menga o’lan so’ylab berar yodlar etib
Bobolarim ruhlarini shodlar etib,
Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Turkman qizga uylanaman
Oxunjon Madaliyev
#retro

🎼Turkman qiz
Muhammad Yusuf
🎙Oxunjon Madaliyev

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
#ijodiy_olimpiada
#1_kun

IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR OʻTKAZILAYOTGAN IJODIY OLIMPIADA JARAYONLARIDAN LAVHALAR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yo‘lga qo‘yilgan Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash to‘garagi a'zolari tomonidan O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufni xotirlab, shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan she’rlarini ijro etdilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
#Ijodiy_olimpiada
#taqdirlash_marosimi

IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR OʻTKAZILGAN IJODIY OLIMPIADA YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida ilk bor tashkil etilgan ikki bosqichli “Ijodiy olimpiada” yakunlandi.

Agentlik bosqichida ishtirokchilar ijodiy matn, monolog, bahribayt shartlari asosida oʻzaro kuch sinashdi. Yakuniy natijalar va hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra:

8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

1-o‘rinni – Nigina Rustamboyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi;

2-o‘rinni – Zilola G‘ofurjonova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

3-o‘rinni – Hojira Kamoliddinova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

1-o‘rinni – Rayyona Alijonova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

2-o‘rinni – Zulxayo Mingboyeva, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

3-o‘rinni – Shahlo Safarova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi egalladi.

Olimpiada gʻoliblari hamda ishtirokchilari munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube